I nazariy materiallar


-jadval  Farg‘ona vodiysidagi antropogen relef formalari klassifikatsiyasi (A.Maqsudov



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Maruza matn (1)

2-jadval 
Farg‘ona vodiysidagi antropogen relef formalari klassifikatsiyasi (A.Maqsudov 
bo‘yicha) 
Genetik 
kategoriya 
Maqsadga 
yo‘naltirilish 
Antropogen relef 
tiplari 
Antropogen relef 
formalari 
Mutloq antropogen 
Ko‘zda tutilgan 
Meliorativ 
Drenaj quduqlari, sug‘orish 
kanallari, suv omborlari, 
hovuz, sholipoyalar 
Antropogen 
degradatsiyalangan
, irrigatsion
Ko‘zda 
tutilmagan 
Antropogen jarlik 
Aeerodromlar, yo‘llar, 
posyolkalar, shaharlar, sel 
tutish dambalari Qumlarni 
himoya qiluvchi to‘siqlar 
GES plotinalari, to‘g‘onlar, 
antropogen jarlik
Antropogen qoldiq 
Ko‘zda 
tutilmagan 
Diffuziya, karst 
irrigatsion erozion 
irrigatsion 
akkumulyativ 
Qoldiq pedimentlar 
(tepaliklar) 
YUvilgan shleyf, 
chashkasimon o‘yilgan 
Alohida va guruh tuzilishida 


23 
 
Farg‘ona vodiysida inson xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq relef formalarining er usti 
ko‘rinishlari katta maydonlar hosil qilmaydi. 
Farg‘ona vodiysida tarqalgan antropogen relef tiplarini alohida tahlil qilamiz. 
1.
Meliorativ relef. Farg‘ona vodiysida erlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 
olib borilgan qurilish melioratsiyasi tadbirlari er yuzasi relefini kuchli parchalab yuborgan. Ular 
asosan kollektor va zovur tipidagi qurilmalar bo‘lib, chuqurligi 3-5 ba’zan 6 m gacha, kengligi 5 
m dan 10-15 m gacha boradi. Farg‘ona vodiysidagi bunday zovurlarning uzunligi o‘rtacha 69,3 
pogon metr gektar bo‘lib, Farg‘ona viloyatida 100 pog/m gektar, Andijon viloyatida 66,3 pog/m 
gektar va Namangan viloyatida 42 pog/m gektarga teng. 
Sug‘orish kanallarining kengligi o‘rtacha 12 m ga teng. Katta Farg‘ona kanali esa 15-20 m 
ga teng bo‘lib, o‘rtacha chuqurligi 2,5-4 m ga etadi. 
Farg‘ona vodiysida olib borilgan meliorativ sug‘orish tadbirlari demak sug‘oriladigan 
maydonlarda relefning kuchli parchalanishiga va o‘ziga xos meliorativ relef ko‘rinishlarini hosil 
bo‘lishiga olib keladi. Kanal va zovur chetlarida ham balandligi 5-6 m eni ham 6-8 m li 
tepaliklar hosil bo‘ladi. Keyingi yillarda bunday do‘nglarni katta qismini g‘isht quyuvchilar 
tomonidan o‘zlashtirib yuborilmoqda. Meliorativ tadbirlar tufayli juda katta miqdorda tuproq 
grunt hosil qilinmoqda va ularning umumiy massasi 200 mln.t. dan ham ortib ketadi. 
Sug‘orish tizimlari tufayli hosil bo‘lgan relef shakllari meliorativ relef ko‘rinishlari bo‘lib, 
vaqtlar o‘tishi bilan bunday hududlarda ham dinamik jarayonlar sodir bo‘ladi. Zovur va tashlama 
ariqlar qirg‘oqlarining o‘pirilishi, emirilishi, tashlama suvlar tufayli o‘pirilishi, kollektor va 
zovurlarni vaqt o‘tishi bilan loyqaga to‘lib qolishi kabi holatlar salbiy dinamik jarayonlarni 
keltirib chiqaradi. Meliorativ relef formalari Farg‘ona vodiysining markaziy tekislik qismida 
katta maydonlarni egallaydi. Ayniqsa, markaziy Farg‘onada kollektor – zovur tarmoqlarining 
zich tizimi joylashgan va relefni sun’iy parchalanganlik darajasi yuqoridir. 
2.
Karer relef tipi. Bunday relef tipi Farg‘ona vodiysida adirlar hududida keng tarqalgan. 
Bunday joylar qurilish karerlari bo‘lib, qurilish materiali sifatida tosh shag‘al, qum va soz 
tuproqni olib ketilishi tufayli hosil bo‘ladi. Ayniqsa, tosh shag‘alli adirlar hududida, keng 
soylarning o‘zanlari va qayirlarida katta-katta karerlar hosil qilinmoqda. Bunday relef tiplarini 
F.N.Milkov (1973), karer otval tipdagi landshaftlar deb nomlaydi. Karer relefi keyingi yillarda 
shaharlar yaqinidagi adirlar hududida ham hosil bo‘lmoqda. Masalan, Farg‘ona shahri yaqinidagi 
Satkak, Oqbilol, Qo‘rg‘ontepa, Oltiariq adirlari, Qo‘chqorchi adirlari, Namangan shahri 
yaqinidagi adirlar Andijon shahri yaqinida joylashgan adirlar ham tuproq – shag‘al karerlariga 
aylantirilgan va ularni rekultivatsiya qilish esa amalga oshirilgani yo‘q. 
Karer relef tipi texnogen tusdagi salbiy relef turlarini hosil qiladi va uning qazilmalar turi 
bilan bog‘liq bir qancha ko‘rinishlar ifodalanadi. Bunday relef tiplari lokal holatda tarqalganligi 
bilan ajralib turadi. 
3.
Terrasalangan relef. Bunday antropogen relef ko‘rinishlari Farg‘ona vodiysida adirlar va 
tog‘ oldi hududlarida assoan o‘zlashtirish va sug‘orib dehqonchilik qilish uchun sun’iy tarzda 
hosil qilingandir. Adirlar yonbag‘ri bo‘ylab yassi cho‘zilgan zinapoyasimon terrasalar hosil 
qilinadi va ekinlar ekiladi. Dastlabki bunday terrasalarni 1891 yillarda So‘x daryosi vodiysidagi 
xushyor massivida va SHohimardon qishlog‘i atroflarida qurilganligini Dunin Barkovskiy (1976) 
ham ta’kidlab o‘tgan. Terrasalangan relefli hududlarning relefidagi keyingi o‘zgarishlar ekinlar 
turiga va sug‘orish uslubiga bog‘liq bo‘ladi. Asosan mevachilik, bog‘dorchilik xo‘jaligi tashkil 
etiladi va ekinlar suvga nisbatan kam talab qilishi ko‘zda tutiladi. Bunday terrasalangan relef 
ko‘rinishlarini Arsif adirlarida, Marhamat-Polvontosh adirlarida, Andijon adirlarida Bog‘ishamol 
oromgohida, Namangan shahri yaqinida Mingchinor massivida, CHortoq adirlarida uchratamiz. 
Terrasalangan relefli hududlarini adirlar zonasini o‘zlashtirib tashkil etish va rekratsion hududlar 
yaratish tajribasi Farg‘ona vodiysida ko‘payib bormoqda. Avval, Arsif, Satkak, Bog‘ishamol, 
CHimyon, CHortoq oromgohlari shunday relef ko‘rinishlari asosida yaratilgan. 
Terrasalangan relefli hududlarni hosil qilish baland dovonli, adirli va katta tepaliklar
tog‘liklar bor bo‘lgan joylardan avtomobil yo‘llarini o‘tkazishda ham amalga oshirilmoqda. 


24 
Farg‘onadan to Toshkent shahriga o‘tkazilgan dovon orqali o‘tgan yo‘lning baland qismlarida 
terrasalar, tunellar, sun’iy ko‘tarilmalar, ko‘priklar hosil qilinib, aylanma yo‘llar qurilgan va 
bunday hududlar transport qatnovida muhim ahamiyatga ega. Agarda terrasalangan hududlardan 
qurilishda sug‘orib dehqonchilik qilishda noto‘g‘ri foydalanilsa, yonbag‘ir bo‘ylab o‘pirilmalar, 
surilmalar, karst, o‘pqonlar hosil bo‘lishi mumkin va bu albatta sug‘oriladigan hududlarda 
suvdan foydalanish uslublariga bog‘liq bo‘lsa, yo‘llarda esa avtomobil hosil qilgan texnogen 
yuklama va tuproq gruntning zichlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
4.
Tekislangan relef. Erlarni tekislash, do‘ng qumlarni surish, relefni barqarorlashtirish 
tadbirlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi. Erlarni tekislash jarayonida relefning 
mikroformalari o‘zgaradi, tekislanadi va foydalanish uchun optimal holatga etkazadi. Jarlik 
relefining hosil bo‘lishi o‘ta tez sodir bo‘luvchi dinamik jarayon hisoblanib, qiyalik ortishi bilan 
yanada tezroq yuzaga kelishi mumkin. 
Suffozion karst (o‘pqon) relefi. Bunday relef shakllarining hosil bo‘lishida ham antropogen 
omillar sabab bo‘ladi. Ayniqsa, adirlar hududida o‘zlashtirilgan erlardagi sug‘oriladigan 
maydonlarda engil va yuviluvchi tuzli qatlamlar sug‘orish uchun keltirilgan suvlar orqai erib, 
pastga tusha boshlaydi va yuza qatlam o‘pirilib, karst hosil bo‘ladi. Karst (o‘pqon)ning diametri 
1,52 m dan 5-6 m gacha, chuqurligi 1 m 4-5 m ga etadi. 
5.
Qoldiq (pedament) relef shakllari. Bunday relef shakllari Farg‘ona vodiysida qadimdan 
aholi yashab kelgan hududlar, arxeologik yodgorliklar, qadimgi inshootlar xarobalar
(tepaliklar)dan iborat bo‘lib, inson tomonadan yaratilgan relefning qoldiq ko‘rinishlari 
hisoblanadi. Bunday qoldiq antropogen relef shakllari Farg‘ona vodiysida qadimgi shaharlar, 
o‘rinlarida hosil bo‘lgan. Marhamatdagi (Erish) Quva, Axsikent, Mo‘nchoqtepa, Qoravultepa, 
Mingtepa, Oqtepa, Zindontepa kabi qadimgi aholi manzilgohlari va ularning vayron bo‘lgan 
qismlarida bunday pediment relef shakllari uchraydi. Bunday hududlar bir necha ming yillik 
tarixga ega bo‘lgan madaniy qatlamlarning borligi bilan ajralib turadi. 
Farg‘ona vodiysidagi relef hosil bo‘lish jarayonlarini tahlil qilish tufayli aytish joizki
relefning hosil bo‘lishi va o‘zgarishida antropogen faoliyat bilan tabiiy geografik jarayonlar 
mutanosibligi yuzaga keladi. Bunga adirlar va tog‘oldi hududlarida sodir bo‘layotgan yonbag‘ir 
dinamik jarayonlarini misol qilishimiz mumkin. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin