22
Antropogen relef shakllarining hosil bo‘lishi va ularning dinamikasi turli geomorfologik va
iqlimiy mintaqalarda bir xilda sodir bo‘lmaydi. Relefning o‘zi dinamik xususiyatiga ega bo‘lib,
uning rivojlanishida turli omillar ishtirok etadi. Mazkur bog‘liqlik ya’ni jarayonlarni yuzaga
keltiradi. Antropogen jarayonlar tufayli hosil bo‘lgan relef shakllari maqsadli o‘zlashtirish
jarayonida ijobiy va salbiy ko‘rinishlar hosil qiladi. bunday relef shakllari terrasalar, dambalar,
ko‘tarilmalar, qum tepalarini o‘rnida hosil bo‘lgan tekis maydonlar, rekultivatsiya qilingan
karerlar, jarliklar va boshqa antropogen formalaridan iborat bo‘ladi. SHuning bilan birga aytish
joizki, relef va tog‘ jinslari tuproq hosil qiluvchi omil sifatida ishtirok etib, o‘z navbatida o‘zi
ham dinamik jarayonlarga tortiladi. O‘z vaqtida V.V.Dokuchaev, S.S.Neustruevlar ham relefning
bu jihatlariga baho bergan va ayniqsa, tuproqlarning hosil bo‘lishi, rivojlanishida relefning
o‘rnini etarlicha ta’riflaganlar.
Farg‘ona vodiysidagi antropogen relef formalari va ularning dinamikasi relefning
antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi va uning ahamiyatini YU.F.CHemekov (1972),
F.N.Milkov (1973), G.Minashina (1974), L.I.Kurakova (1976, 1983), I.S.Zonn (1981)lar
tomonidan atroflicha o‘rganilgan.
YU.F.CHemekov (1972)ning fikriga ko‘ra inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida relefning turli
formalari hosil bo‘ladi. Bunday formalarni antropogen relef shakllari deb nomlab, texnogen
ko‘rinishdagi er usti va er osti formalari mavjudligini e’tirof etadi.
Qishloq xo‘jaligi maydonlarida erlarni loyqali suvlar bilan sug‘orish ta’sirida ko‘p
miqdorda loyqalar to‘planadi va loyqa yotqiziqlarning differensiyasasi yuzaga keladi. ayniqsa,
ariq va kanallarga yaqin joylarda bunday loyqalar ko‘proq to‘planib, relef balandlashadi. Bu
holatni irrigatsion relef deb aytiladi. Bunday relef shakllari xatto 5-6 m gacha etishi mumkin va
I.S.Zoni (1981) Irrigatsion erozion yoki akkumulyativ makrorelef shakllari deb nomlaydi.
Antropogen relef shakllari deganda sug‘orish va texnika vositalari, mexanizmlar ta’sirida
hosil bo‘lgan relef shakllarini e’tirof etish mumkin.
Farg‘ona vodiysida ham antropogen relef formalarining turli xo‘jalik faoliyati bilan
shakllangan ko‘rinishlari keng tarqalgan. Antropogen relef shakllari o‘zgarish darajasiga ko‘ra
juda kuchsiz o‘zgargan (20 %) gacha , kuchsiz o‘zgargan (20 40 %), o‘rtacha o‘zgargan (40-60
%), kuchli o‘zgargan (60 80 %), juda kuchli o‘zgargan (80-100 %) hududlarga ajratiladi.
Farg‘ona vodiysi hududidagi antropogen relef shakllarini A.Maqsudov (1990) tomonidan
klassifikatsiya qilingan va u quyidagi jadvalda ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: