Oyim-Xo‘jaobod-Marhamat adir orti cho‘kmasi
Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida
eng katta maydonni egallaydi. Adir orti cho‘kmasining geologik zaminida Qoradaryo, Oqbo‘ra,
Aravansoy, Jingilsoy kabi soyliklarning keltirgan jinslari qalin yotqiziqlarni tashkil etadi.
Bunday yotqiziqlar konus yoyilmalarining periferik qismlarida qalinlashib boradi. Daryo va
soyliklar adirlar xalqasini kesib o‘tib bo‘ylama vodiylardan iborat qiya tekisliklarni hosil qilgan.
Bu tekisliklar Sirdaryo va Qoradaryo tomonga asta-sekin pasayib borib markaziy Farg‘ona
yo‘nalishida tutashib ketadi.
Adirlar relefi
Adirlar Farg‘ona vodiysi uchun o‘ziga xos gipsometrik hududlar bo‘lib, genetik jihatdan
yosh relef formalari hisoblanadi. Adirlar hosil bo‘lgunga qadar ularning o‘rnida birlamchi
denudatsion yuza hosil bo‘lgan edi. Denudatsion yuzaning birlamchi qoplama jinslari adirlarni
hosil bo‘lishiga olib keldi.
YAngi tektonik harakatlar tufayli adirlar hududi ko‘tarila boshladi. Denudatsion jarayonlar
adirlarning qisilishi va burmalanishi, adirlararo cho‘kmalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
YAngi tektonik harakatlar neogen-to‘rtlamchi davrlarga to‘g‘ri kelib adirlarni litologik tarkibini
17
tashkil qilgan konglomerat, shag‘al, gil, mergel, alevrolit, qumtosh, lyossli jinslar adirlarda turli
qalinliklarda yotqizilgan kontinental tipdagi subaeral va ko‘l fitsial jinslardan tashkil topgan.
Adirlarning geomorfologik tuzilishida erozion-tektonik, erozion-denudatsion, alyuvial-prolyuvial
korrelyativ konus yoyilmalari, quruq jilg‘alar, daryo va soyliklarning erozion vodiylari ishtirok
etadi. Adirlarni hosil qilgan jinslar stratigrafik jihatdan So‘x, Toshkent va Mirzacho‘l
majmualaridan tashkil topgan. Adirlarni hosil qilgan jinslarning qalinligi bo‘yicha Farg‘ona
vodiysining shimoliy qismida joylashgan adirlar eng qalin 2500-3000 m gacha etadi. Janubiy va
sharqiy qismida joylashgan adirlarda esa jinslar qalinligi birmuncha kamayib boradi. Hududiy
joylanishi jihatdan Farg‘ona vodiysining adirlari vodiyni o‘rab olgan tog‘lardan keyin ikkinchi
xalqani hosil qiladi va shunga ko‘ra tadqiqotchilar adirlarni Farg‘ona vodiysining borti deb
nomlaganlar.
Farg‘ona vodiysining janubiy qismida joylashgan adirlar guruhi goh bir tizimli, goh ikki
tizimli zanjirlarni hosil qiladi. Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahri yaqinidan boshlanib
to Isfayram daryosigacha bo‘lgan hududda Isfara-Xo‘jabaqirg‘on, Konibodom adirlari
joylashgan. Ulardan sharqda SHo‘rsuv va So‘x-Isfara adirlari joylashib, Farg‘ona vodiysida
janubi-g‘arbiy adirlarni tashkil etadi. So‘x-Isfara adirlari Farg‘ona vodiysida kenglik
yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, ularning mutloq balandligi 800-1000 m gacha etadi. Adirlarni
So‘x va Isfara daryolari janubdan shimoliy yo‘nalishda tor va chuqur vodiylar hosil qilib kesib
o‘tadi. Adirlarning shimoliy yonbag‘irlari bo‘ylab tog‘oldi qiya tekisliklari joylashgan bo‘lib,
So‘x va Isfara daryolarining konussimon yoyilmalari aynan shu hududda shakllangan va mutloq
balandlik 360 m dan 700 m gacha ko‘tariladi.
Isfara daryosi konussimon yoyilmalarining etak qismida, Sirdaryoning chap sohili bo‘ylab
emirilgan qoldiq ko‘tarilmalardan iborat Novkent adirlari joylashgan bo‘lib, mutloq balandliklari
415 m gacha etadi.
So‘x-Isfara adirlari murakkab antiklinal burmalardan iborat bo‘lib, Qoratog‘-Qorachatir
antiklinal tuzilmasining shimoliy davomi hisoblanadi. Bu adirlarning litologik tarkibida o‘rta va
quyi to‘rtlamchi davrning konglomeratli, shag‘alli, qumtoshli jinslari bilan birga yuza qismida
mayda donali shag‘allar aralashgan suglinkalar ishtirok etadi. Lyossli qatlamlar juda kam va
adirlarning bort qismida yupqa gorizontlar hosil qiladi. Bu erdagi konglomeratlar So‘x qatlamlari
hisoblanib Nanay kompleksi deb ham ataladi (N.P.Vasilkovskiy 1935).
Novkat adirlari litologik tarkibiga ko‘ra neogen davrining qumtosh, glina, mergel kabi
jinslaridan, janubi-sharqiy davomi Nanay kompleksining kuchsiz sementlashgan qumtosh,
ohaktosh va glinali jinslaridan tashkil topgan.
Keyingi tartibni ikkinchi tizimli Oltiariq-Qapchug‘ay-CHimyon adirlari tashkil etadi.
Undan sharqroqda Farg‘ona shahridan janubi-sharqqa tomon Quvasoy yo‘nalishi bo‘ylab
birmuncha yassi va kamroq parchalangan Arsif adirlari joylashgan. Bu adirlarni Isfayram va
Quvasoy soyliklari kesib o‘tadi. Arsif adirlari shimoliy etaklari Farg‘ona-Quva magistral
avtomobil yo‘liga tomon yassilanib asta-sekin to‘lqinsimon tepaliklarga aylanadi. Janubiy
Farg‘ona adirlarining litologik tarkibini konglomerat, shag‘alli jinslar va qumtoshlar tashkil etib
uning ustki qismini uncha qalin bo‘lmagan (0,2-0,5 m) mayda donali suglinkalar, quyi
qatlamlarda esa gipsli linzalar uchraydi. Ayniqsa, sho‘rsuv adirlarida gipsli qatlam qalinligi 5,5
m ga etadi. CHimyon va Arsif adirlarining yassi yonbag‘ir qismlarida uncha qalin bo‘lmagan
lyossli qatlamlar uchraydi. Neogen davrining alevrolitlari ham qoplama jinslar sifatida tarqalgan.
Janubiy Farg‘ona adirlari geologik-geomorfologik xususiyatlariga ko‘ra erozion-tektonik,
erozion-denudatsion, doimiy va vaqtincha oqar suvlar ta’sirida shakllangan allyuvial-prolyuvial
terrasalarga bo‘linadi. Geologik-geomorfologik jarayonlarning davomiyligiga mazkur adirlarda
yangi tektonik harakatlar bilan birga yonbag‘ir yuvilish jarayonlari bilan bog‘liqdir. Gipsli
qatlamlar va adirlar yuzasidagi skeletli bo‘z tuproqlar sug‘orish va atmosfera yog‘inlari tufayli
korroziya, suffoziya, yonbag‘ir nurashi va surilma jarayonlarni hosil qiladi.
Quva-Andijon adirlari Farg‘ona vodiysining janubi-sharqiy qismidagi adirlar tizimini
tashkil etadi. Mazkur adirlar janubi-g‘arbdan shimoli sharqqa tomon Qoradaryo vodiysigacha
bo‘lgan maydonlarni egallaydi.
18
Quva adirlari relefida yassi yuzalarning nisbatan ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Litologik
tarkibida gipsli linzalar yuzaga yaqin bo‘lgan konglomerat va shag‘alli jinslar asosiy o‘rinni
egallaydi. Lyossli jinslar va suglinkalar miqdori juda kam, alevrolitlar esa nisbatan ko‘proq
uchraydi. Gipsli qatlamlar tuproq osti qatlamida 20-50 sm gacha qalinlikni tashkil etadi. Uning
ostida esa biroz qum aralashgan shag‘alli qatlamlar katta qalinlikda yotadi. Quva adirlarida
lyossli qatlamlar juda kam uchraydi.
Farg‘ona vodiysidagi janubi-sharqiy adirlar tizimini Andijon viloyatining janubiy, janubi-
g‘arbiy va sharqiy qismlarini egallab olgan Nayman, Polvontosh (Qora adir), Asaka, Bo‘ston,
CHang‘irtosh va Janubiy Olamushuk adirlari tashkil etadi. Qoradaryoning konus yoyilmasi
yuqori qismidan janubi-sharqiy yo‘nalishda Sultonobod adirlari joylashgan. Janubi-sharqiy
yo‘nalishda joylashgan adirlarning ham relefi juda murakkab, ayniqsa, Andijon, Asaka adirlari
birmuncha baland bo‘lishiga qaramasdan qiya yonbag‘irlarga ega. Quruq jilg‘alar, soyliklar hosil
qilgan tor vodiylar adirlar relefida yaqqol ifodalanadi. Ularning litologik tarkibida konglomerat,
shag‘al, qumtosh, mergel kabi jinslar kuchsiz sementlashgan qalin qatlamlarni hosil qiladi.
Adirlarni baland qismlarida yirik jinslar er yuzasiga chiqib yotsa yonbag‘ir va etaklarida qalin
lyossli qatlamlar uchraydi.
Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan adirlar ma’muriy jihatdan Namangan
viloyatining katta hududlarini egallab, g‘arbdan sharqqa 118 km shimoldan janubga 23,3 km
masofaga cho‘zilgan.
SHimoliy Farg‘ona adirlari shimoliy va shimoli-g‘arbiy tomondan Qurama va CHotqol
tizmalariga yaqinlashadi sharqiy qismida Qirg‘iziston hududida Moylisoy adirlari sifatida davom
etadi. G‘arbiy qismida Tojikiston Respublikasi hududida Asht adirlari bilan tugallanadi, shimoliy
Farg‘ona adirlarini Sirdaryo janubiy tomondan chegaralab turadi.
SHimoliy Farg‘ona adirlari ham genetik jihatdan vodiyning boshqa hududlari adirlari bilan
bir xil kelib chiqish xususiyatiga va litologik tarkibga ega. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga
ko‘ra adirlarni tashkil qilgan jinslar neogen va to‘rtlamchi davrga mansub bo‘lib, neogen
yotqiziqlari alevrolit, gilli jinslar, lyoss, qum, qumtosh va konglomeratli tarkibga ega. Bunday
jinslar Uychi –CHortoq adirlarining yuqori qismlarida er yuzasiga chiqib yotadi. Ularning
etaklarida lyoss va lyossimon suglinkalardan iborat delyuvial jinslar joylashgan. CHust-Pop-
Kosonsoy adirlarining aksariyat qismini yuqori to‘rtlamchi davrning So‘x majmuasi
komplekslari delyuvial-prolyuvial jinslar sifatida qoplab olgan.
Toshkent majmuasi yotqiziqlari ko‘proq adirlarning qiya yonbag‘irlari etaklarida
lyossimon jinslar ko‘rinishida yotqizilgan. Ularning quyi qismida va shag‘alli jinslar oralig‘ida
gips qatlamlari hosil bo‘lgan. Bunday qatlamlar CHust-Pop-Kosonsoy, CHortoq adirlarida ham
uchraydi.
SHimoliy Farg‘ona adirlari antiklinal va sinklinal tuzilmalardan iborat bo‘lib, Kosonsoy,
CHortoq, Uychi, CHust-Pop antiklinallaridan va Abdusamad, CHust, Peshqo‘rg‘on sinklinal
bukilmalaridan tashkil topgan.
SHimoliy Farg‘ona adirlari ham geomorfologik xususiyatlariga ko‘ra erozion-tektonik,
erozion-denudatsion, allyuvial, prolyuvial va delyuvial relef turlariga ajratiladi.
Geomorfologik jihatdan qaralganda umuman Farg‘ona vodiysidagi adirlarni past va baland
adirlarga ajratiladi. Farg‘ona vodiysining past adirlarida yonbag‘ir uzunligi 500 metrdan
ortmaydi va qiyalik ko‘rsatkichi bo‘yicha 1-5 % dan 5-15 % gacha bo‘ladi. Baland adirlarda
yonbag‘ir uzunligi 500-1000 m va undan ham ortadi. Qiyalik ko‘rsatkichi 15 % dan 35 % gacha
etadi. Adirlar yonbag‘irlarining shakli bo‘yicha qiyaroq, botiq, to‘g‘ri, to‘lqinsimon, zinali
bo‘lib, tektonik yo‘l bilan hosil bo‘lgan va eroziya natijasida qaytadan shakllangan. Eroziya
intensivligi yangi tektonik harakatlar bilan birga yog‘in-sochinlar, sel oqimlari, soyliklar
faoliyati, shuningdek, inson xo‘jaligi faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, yangi tektonik
harakatlar adirlar relefining shakllanishida muhim omil hisoblanadi va ularga ham quyida
to‘xtalib o‘tamiz.
Farg‘ona vodiysi adirlarida yangi tektonik harakatlarning landshaft belgilari yaqqol
ifodalanadi. YAngi tektonik harakatlar va ularni adirlar hududida rivojlanishiga oid geologik-
19
geomorfologik tadqiqotlar tektonik harakatlar va ularning landshaft komponentlariga ta’siri
ma’lum darajada amalga oshishini va ularni o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib beradi.
Tektonik harakatlar hamma vaqt er yuzasini relefida aks etib kelgan. YAngi tektonik
harakatlar ham o‘z navbatida tarixan shakllangan landshaft tuzilmalarini o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi.
Adirlar hududi ayniqsa, yangi tektonik harakatlarning o‘zida yaqqol aks ettiruvchi plikativ
va dizyunktiv strukturalarda ifodalanadi. Bunday strukturalar adirlar hududida ko‘tarilma va
pastlama harakatlarni hosil qilib ularni landshaftlari qiyofasini o‘zgarishi indikatsion belgilar
orqali namoyon bo‘ladi.
YAngi tektonik harakatlar Farg‘ona vodiysini barcha qismini egallab olib, adirlar, tog‘li
hududlar, tog‘oldi tekisliklarini ham o‘zgarishiga olib keladi.
Adirlararo pastqamliklar yangi tektonik harakatlarning plikativ turiga tortilgan bo‘lib,
ularning o‘zgarishida daryo va soyliklar to‘rining olgan shakllari uncha chuqur bo‘lmagan
o‘zanlar va daryo vodiylari qiyofalarini olgan. YAngi tektonik harakatlarning uncha faol
bo‘lmagan holatida erozion vodiylar ham shakllanib bo‘ylama chuqurlatish jarayonlari adirlar
hududiga nisbatan sust kechadi. Bunday bo‘ylama vodiylar yangi tektonik harakatlarning hosil
qilgan tektonik yoriqlarida joylashgan va ularning indikator belgilari yaqqol ifodalanadi.
Bo‘ylama vodiylar adirlararo va adir orti pastqamliklarni tashkil etib aksariyat holatlarda
quruq o‘zanlar shaklini egallaydi. Quruq o‘zanlardagi geomorfologik jarayonlar sel va jala
yog‘inlari yoqqan paytida faollashadi, loyqali, shag‘alli yotqiziqlar quruq o‘zanlarni to‘ldirib
yuboradi va shunga ko‘ra bunday strukturalarni ikkita guruhga: “hosil qiluvchi” va “namoyon
bo‘luvchi” plikativ strukturalarga ajratiladi.
Birinchi strukturalar shundoqqina adirlarni etagida joylashadi. Bu esa ularni ko‘tarilish va
pasayish zonasini chegarasida joylashganligini bildiradi. Bu hududda monoklinal strukturalar
shakllanadi va ularning shakllari huddi juyak olingan ariqlar singari ko‘zga tashlanadi.
Adirlar etagidagi yangi tektonik harakatlarning aks ettiruvchi strukturalar birmuncha
kattaroq va chuqurroq vodiylarni hosil qiladi. Quruq o‘zanlar va yassi vodiylarni tashkil etgan
shag‘alli va konglomeratli jinslar biroz egilgan strukturalarni hosil qiladi. Adirlar hududi
bo‘ylab cho‘zilgan bu vodiylarni hosil bo‘lishi ham antiklinal strukturalarga bog‘liq bo‘lib ular,
ayniqsa, janubiy Farg‘ona adirlarida yaqqol ifodalanadi.
Bundan tashqari Farg‘ona vodiysidagi deyarli barcha hududlarda yo‘naltiruvchi tektonik
strukturalar ham o‘ziga xos ko‘rinish hosil qiladi. Ularning qiyofasida adirlar ko‘tarilmalari va
ular o‘rtasida bo‘ylama va biroz bukilgan strukturalar yaqqol ifodalanadi. Ko‘p holatlarda
bo‘ylama strukturalar adirlar etaklarida o‘zaro kesishadi. Bunday strukturalar, ayniqsa, quruq
o‘zanlarni hosil qiladi. Bundan tashqari So‘x-Isfayram, SHohimardonsoy kabi soyliklarning
o‘zanlari esa qattiq jinslar orasidan o‘ziga xos o‘zanlar hosil qilib oqib o‘tadi va o‘zan
jarayonlari yangi tektonik harakatlarning chuqurlama eroziya hosil qilishiga sharoit yaratib
beradi. SHu sababli daryo va soyliklar o‘zanlarini qattiq jinslargacha bo‘lgan chuqurliklarga
etkazib o‘yib yuborgan. Bu holat esa yangi tektonik harakatlarning adirlar hududida davom
etayotganidan dalolat beradi. Aynan adirlar hududining ko‘tarilishi o‘zanda chuqurlama eroziya
hosil bo‘lishiga olib keladi.
Kesib o‘tuvchi strukturalar ham adirlar hududida yangi tektonik harakatlarni yaqqol
ifodalanishini ko‘rsatadi. Bunday holatda yangi tektonik jarayonlar adirlarni antiklinal
strukturasini o‘zanlar bo‘ylab ochilib ketishiga sabab bo‘ladi. YAngi tektonik harakatlar
natijasida daryo o‘zanlari adirlar hududi bo‘ylab egri va to‘g‘ri o‘zanlarni va terrasalarni hosil
qilgan. Daryo vodiylari bortidan qaralganda uning o‘ziga xos dislokatsiyaga ega ekanligini
ko‘ramiz.
Adirlar hududida shuning bilan birga yangi tektonik harakatlarga uncha berilmaydigan
strukturalarni ham ko‘rishimiz mumkin. Bunday strukturalarni daryo o‘zani va vodiylarining
ko‘ndalang kesmasiga qarab ajratib olish mumkin. Ularda chuqur o‘yilgan joylar va qayirlar
hududida qoldik tepaliklarining joylashganligi bilan boshqa tektonik strukturalardan ajralib
turadi. Bu strukturalarda ayniqsa adashuvchi meandralar deb nomlanuvchi va anamal
20
xususiyatga ega bo‘lgan holatlar namoyon bo‘ladi. Adirlar hududidan o‘tadigan daryo vodiylari
assimetrik ko‘rinishga ega va uning asosiy ko‘rsatkichi sifatida yangi tektonik harakatlarni bir
tekisda sodir bo‘lmaganligi ko‘rinib turadi.
Adirlar hududida daryo vodiylarining assimetrik tizimi yangi tektonik harakatlarning
notekis rivojlanishi natijasi bo‘lib, adirlarda turlicha balandlik, qiyalik va yonbag‘irlarni hosil
qilgan. Buning asosiy sababi birlamchi tektonik harakatlardan tashqari suv havzalarining
faoliyatiga ham bog‘liqdir.
YAngi tektonik harakatlar hosil qilgan plikativ strukturalarning yana bir ko‘rinishi adirlar
hududida terrasa urochishalarining yuqori anamaliyasi hisoblanadi. Terrasa urochishalarining
deformatsiyasi yangi tektonik harakatlarning indikatsion belgilari hisoblanadi. Adirlar hududidan
boshlab soyliklarning yuqori oqimigacha urochishalar hosil qilgan terrasalar anamal ravishda
ko‘tarilib boradi. Barcha hududlarda o‘zan bo‘ylab hosil bo‘lgan terrasalar bir xil yoshga va
litologik tarkibga ega. Bunday balandlik anamaliyalari Farg‘ona vodiysi hududida joylashgan
barcha adirlar va ularni kesib o‘tgan daryo, soylik o‘zan va terrasalar uchun xosdir. SHuning
bilan birga adirlar hududidagi yangi tektonik harakatlarning rivojlanishi antiklinal strukturalarni
daryo vodiylarini ko‘tarib qo‘yishi tufayli yuzaga kelgan va o‘zanda hosil bo‘lgan do‘ngliklar –
ya’ni yashil ko‘priklar ham o‘ziga xos relef shakllarini hosil qiladi. Bunday yashil ko‘priklar,
ayniqsa, So‘x daryosi vodiysida antiklinal strukturalarni kesib o‘tish joyida (Oqtuproq, G‘alcha,
CHo‘ng‘ora, Sekitma adirlari) yaqqol ifodalanadi.
Adirlar hududida yangi tektonik harakatlarni sodir bo‘lishi va uni relefda ifodalanishi,
ayniqsa, adirlarning ko‘tarilma qismlarida, ya’ni suv ayrg‘ichlarida ham yaqqol ifodalanadi. Suv
ayrg‘ich ko‘tarilmalarining tashqi qiyofasida yangi tektonik harakatlar yaqqol ifodalanadi. Bu
erdagi tog‘ jinslarining xususiyatidan kelib chiqib qatlamlar notekis dislokatsiyalanganligini,
daryo o‘zanlarining kuchsiz meandralashuvi, adirlarning vodiy bo‘ylab ko‘tarilgan yonbag‘ir
qismlarida jinslarning ochilib qolishi ko‘zga tashlanadi.
Anamal qoyalar urochishasi yangi tektonik harakatlar tufayli ko‘tarilishi bilan birga jarliq-
balqa relefi ko‘rinishlarining rivojlanishi bilan ajralib turadi. SHuningdek, yonbag‘irlar bo‘ylab
tektonik harakatlarning intensivligi antiklinal strukturalarning bort zonalaridagi qatlamlarning
ochilib qolishi bilan boshlanadi. YAngi tektonik harakatlar adirlarning antiklinal burmalarida
mahalliy harakatlarga ega bo‘lganligi bu hududlarda ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Adirlar hududida shakllanadigan dizyunktiv strukturalar va ularning indikatsion
xususiyatlarini ochib berishda Viktorov, Vostokova 1961, Vinogradov 1955, Mirashnichenko
1958 va boshqalar olib borgan tadqiqotlarning ahamiyati katta hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |