I nazariy materiallar


-jadval  Havo haroratining 1991-2010 va 1930-2010 yillardagi qiymatlari orasidagi farqlar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Maruza matn (1)

3-jadval 
Havo haroratining 1991-2010 va 1930-2010 yillardagi qiymatlari orasidagi farqlar 
(E.Soliev bo‘yicha) 
Stansiya
Qish
YOz 
Yil
Qo‘qon 
6,2 
6,4 
2,2 
Namangan 
4,2 
0,8 
0,4 
Farg‘ona 
4,0 
1,8 
0,9 
Pop 
3,3 
1,4 
0,7 
Fedchenko 
3,8 
0,3 
0,9 
 
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishdagi maksimal isish Qo‘qonda 6,2 ºS ga; 
Namanganda 4,2 ºS ga; Farg‘onada 4,0 ºS ga, vodiyning shimoli-g‘arbiy qismida 3,3 ºS ga; 
janubi-g‘arbiy qismida 3,8 ºS ga teng. 
Qo‘qon shahri va unga yaqin bo‘lgan hududlarda so‘nggi o‘n yillikda havo haroratining 
ortishi mazkur hududlar atmosfera havosida chang miqdorining me’yorga nisbatan 1,86 % ga 
oshganligi bilan bog‘liq ekan. 
O‘zbekiston Respublikasida global iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga doir bir qator 
tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, atmosfera havosidagi SO
2
miqdorini ikki baravar 
ko‘payganda mumkin bo‘lgan iqlim o‘zgarishi holatini to‘rtta modeli yaratildi. 
Bular SSSM (Kanada), GFDL va GLSS (AQSH), UKMO (Buyuk Britaniya)dan iboratdir. 
Kanada iqlim markazi modeliga muvofiq global isish davrida yillik haroratning 5,2 ºS ga ortishi 
sodir bo‘ladi. Buyuk Britaniya metsobyurosi (UKMO) modeli bo‘yicha esa 1ºS ga ortadi. AQSH 
geofizik-gidrodinamik laboratoriyasi va Goddart kosmik tadqiqot instituti (GFDL GLSS) 
modellari bo‘yicha respublikamizda yillik havo harorati o‘rtacha 2,9 ºS va 1,2 ºS ni tashkil etadi. 
Bu ko‘rsatkich esa 1951-1980 yillardagi ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri keladi. Agarda respublikamiz 
hududida bunday tendensiya kuzatiladigan bo‘lsa sovuqsiz kunlar miqdori 8-15 kunga 
ko‘payishi, beqaror vegetatsion qish rejimi yuzaga kelishi mumkin ekan. SHuningdek, tog‘oldi 
rayonlarida yog‘ingarchilikning ortishi tufayli sel hodisalarining ham keskin ortishi kuzatilishi 
mumkin. O‘tgan XX asrning ikkinchi yarmidagi iqlimiy o‘zgarishlar tahlil etilganda, 1961-1990 
yillarda respublikamizning deyarli barcha tekislik hududlarida yog‘in miqdorining ortib 
borganligi qayd etilgan. 1991-2000 yilgi ma’lumotlar esa tog‘ va tog‘oldi hududlarida ham 
yog‘in miqdorining ortganligini isbotlaydi. 
Farg‘ona vodiysida shamollar asosiy iqlim hosil qiluvchi omil sifatida atmosfera 
yog‘inlarining taqsimlanishiga, radiatsion-sirkulyasion jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
SHamolning kuchi va yo‘nalishida vodiyning orografik tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi. 
SHamollarning kuchi va davomliligi bo‘yicha Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismlari 
ajralib turadi. Bu erda yil davomida kuchli shamollar bo‘ladigan kunlar 65 kun, Qo‘qonda 23 
kun, Namanganda 7 kun, Andijonda 5 kunni tashkil etadi. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 
Farg‘ona vodiysining g‘arbidan sharqiga tomon shamolning kuchi pasayib boradi. Kuchli 
shamollarning esishi ko‘pincha aprel va may oylariga to‘g‘ri kelib, vodiyning g‘arbiy va 
markaziy Farg‘ona hududlarida deflyasiya jarayonlarini hosil qiladi. 
Farg‘ona vodiysida 15 m/sek va undan kuchli bo‘lgan shamollarning takrorlanishini 
quyidagi jadvaldan ko‘rinishimiz mumkin. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin