30
Yillik yog‘in sochin miqdori agroiqlimiy rayon hududida notekis taqsimlangan. Rayonning
shimoliy qismida yillik yog‘in-sochin miqdori 215-315 mm ni, janubiy qismida 160-200 mm ni
tashkil etadi. Aynan hududlar markaziy Farg‘onaga tutash hududlar hisoblanib, havo oqimining
sharqiy yo‘nalishidagi harakati doirasida joylashgan. Namlanish rejimiga ko‘ra Namangan
agroiqlimiy rayoni quruq va mutlaqo quruq zonaga kiradi. Hududning gidrotermik koeffitsenti
Selyaninov bo‘yicha 0,11 dan 0,3 gacha, qishloq xo‘jaligida agroiqlimiy rayonning asosiy
yo‘nalishi paxtachilik, donchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, pillachilik hisoblanadi. Mazkur
rayonning janubiy qismidagi agrotermik ko‘rsatkichlari ingichka tolali paxta etishtirish imkonini
beradi, lekin hozirgi vaqtda mazkur hududlarda bunday navli paxta etishtirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: