I nazariy materiallar


Farg‘ona vodiysi iqlimidagi ayrim o‘zgarishlar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Maruza matn (1)

 
Farg‘ona vodiysi iqlimidagi ayrim o‘zgarishlar 
Hozirgi kunga kelib dunyo bo‘yicha global muammolardan biri iqlim o‘zgarishlari 
hisoblanadi. Atmosfera havosida SO
2
konsentratsiyasining ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur 
muammo respublikamiz va xususan Farg‘ona vodiysini ham chetlab o‘tgani yo‘q. 
O‘tgan asrda qilingan hisob kitoblar 100 yil ichida havoning o‘rtacha harorati dunyo 
bo‘yicha +0,2-0,6°S ga ko‘tarilganligi isbotlab berdi. Lekin shuni aytish joizki, o‘rganilgan 
muddat davomida havo haroratining dinamik o‘zgarishi muttasil jarayonlarni tashkil qilmagan va 
bir qancha iqlimiy anamaliya (tebranish) lar ro‘y bergan. Masalan, 1910-1945 yillarda iqlimning 
isishi, 1946-1975 yillardagi havo haroratining biroz pasayishi, 1976 yillardan boshlab esa isib 
borishi kuzatilgan. 
Farg‘ona vodiysi bo‘yicha o‘rganilgan ma’lumotlarga qaraganda o‘tgan asrga nisbatan 
1970-2000 yillarda iqlimiy anamaliyalar kuzatilgan. Qo‘qon va Farg‘ona meteostansiyalarida 
havo haroratining ko‘tarilishi va Andijon, Quva, Namangan, Pop meteorologik stansiyalarida 
mart, may, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr oylarida o‘rtacha oylik havo haroratlarining pasayishi 
kuzatilgan. Noyabr, yanvar oylarida aksincha ko‘tarilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona vodiysida yillik o‘rtacha oylik havo 
harorati biroz ko‘tarilgan. 
O‘rtacha maksimal va minimal havo haroratlarida ham ayrim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan.
O‘rtacha maksimal oylik havo harorati 1881-1980 yillarga nisbatan 1971-2000 yillarda 
Qo‘qon meteorologik stansiyasida noyabr-fevraldan tashqari barcha oylarda pasaygan. Farg‘ona 
meteostansiyasida oktyabr oyidan tashqari barcha oylarda ko‘tarilish kuzatilgan. Qo‘qon va 
Andijon meteorologik stansiyalarida maksimal oylik havo harorati -0,1 va -1°S miqdorda 
pasayish kuzatilgan. SHuningdek, Popda – 0,6, Namanganda -0,2, Quvada -0,2°S miqdorida 
ko‘tarilishi kuzatilgan. 
O‘rtacha minimal yillik haroratlar ko‘rsatkichlari esa barcha meteorologik stansiyalarda 
ko‘tarilgan. 
Global iqlim isishining Farg‘ona vodiysidagi yog‘inlar miqdoriga ta’siri uning barcha 
hududlarida bir xilda bo‘lmaganligini ko‘rsatib beradi. 1891-1980 yillarga nisbatan 1971-2000 
yilda yillik yog‘in miqdoridagi farq Farg‘onada -0,6, Quvada – 0,5 mm ga ortganligi holda 
Andijonda 27,9, Namanganda 4,8 mm ga kamayganligi kuzatildi. Umuman Farg‘ona 
vodiysining janubiy hududlari uchun yog‘in miqdorining kam o‘zgarganligi, shimoliy 
hududlarda biroz kamroq va sharqiy hududlarida sezilarli darajada kamayganligi qayd etilgan. 
YUqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona vodiysida global isish 
davrida sodir bo‘ladigan iqlimiy o‘zgarishlar regional qonuniyatlarga nisbatan mahalliy 
omillarga qarab rivojlanib boradi. 


32 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin