I nazariy materiallar


III. Qo‘qon agroiqlimiy rayoni



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Maruza matn (1)

III. Qo‘qon agroiqlimiy rayoni. 
Ushbu rayonning shimoliy chegarasi Sirdaryo va Qoradaryo bo‘ylab o‘tadi. G‘arbiy 
chegara Qayroqqum suv omboriga etib boradi. Rayonning janubiy chegarasi katta Farg‘ona 
kanali bo‘ylab o‘tadi. SHarq tomonda esa Andijon agroiqlimiy rayoni bilan chegaralanadi. 
Qo‘qon agroiqlimiy rayonining termik resurslari juda yuqori. 10° dan yuqori bo‘lgan aktiv 
haroratlar yig‘indisi 4400-4700° ga teng. Bu rayonda yuqori yozgi haroratlar kuzatiladi. Mutloq 
maksimum 44-46° ga teng. SHu sababli rayon issiq zonaga kiritiladi. 
Qish oylari yumshoq va mo‘‘tadil sovuqlar kuzatiladi, haroratning qish oylaridagi minimal 
ko‘rsatkichi -30° dan -26° gacha pasayadi va o‘rtacha absolyut minimum 19-16° ga teng. Qor 
qoplami saqlanadigan kunlar miqdori ko‘p emas va Qo‘qon shahrida 17 kunga teng. Barqaror 
qor qoplami yo‘q. Sovuqsiz kunlar miqdori 206-218 kunga teng. Namlanish sharoitiga ko‘ra bu 
rayon quruq va mutloqo quruq rayonga ajratiladi. Selyaninov shkalasi bo‘yicha gidrotermik 
koeffitsent 0,08-0,18 ga teng. Ayniqsa, rayonning janubi-g‘arbiy qismi birmuncha quruq. Yillik 
yog‘in-sochin miqdori Ultarmada 85 mm. Rayonning shimoliy qismida yog‘inlarning yillik 
miqdori 144-166 mm ga teng. Bu rayonning yana bir xususiyati kuchli shamol ta’siridagi hudud 
ekanligidir. Ayniqsa, bahorgi oylarda tez-tez kuchli shamollar bo‘lib turadi. Yil davomida sodir 
bo‘lgan kuchli shamollar miqdori Qo‘qon shahrida 53 martadan ortadi. Qurg‘oqchil rayon 
ekanligi tufayli mutloqo sug‘orma dehqonchilik qilish mumkin. qishloq xo‘jaligining 
dehqonchilik tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyati bor. 


31 
IV. Farg‘ona agroiqlimiy rayoni. 
Ushbu rayonning shimoliy chegarasi katta Farg‘ona kanali hisoblanadi. SHarqiy chegarasi 
esa Farg‘ona viloyati chegarasiga mos keladi. Janubiy va g‘arbiy chegaralar Qirg‘iziston va 
Tojikiston respublikalari bilan chegaraga to‘g‘ri keladi. Bu chegara tabiiy jihatdan Oloy 
tog‘larining shimoliy etaklaridan o‘tadi. Termik resurslariga ko‘ra issiq zonaga kirib faol 
haroratlar yig‘indisi 4400° ga teng. 
Qish juda yumshoq, mo‘‘tadil sovuqlar bo‘lib turadi. Mutloq minimum -28° -30° ga teng. 
Absolyut minimumlar o‘rtacha ko‘rsatkichi 17° -19° ga teng. Qor qoplami hosil qiladigan kunlar 
miqdori Qo‘qon agroiqlimiy rayoniga nisbatan ancha ko‘p va 28-30 kunga teng. Barqaror qor 
qoplami faqat mutloq balandligi 1500-200 m baland bo‘lgan hududlar uchun tegishlidir. 
SHohimardon qishlog‘i shunday zonada joylashgan. Sovuqsiz kunlar miqdori 200-227 kunga 
teng. Namlanish sharoiti boshqa rayonlarga nisbatan birmuncha ko‘proq. Yiliga o‘rtacha 172-
196 mm yog‘in yog‘adi. SHunga ko‘ra bu rayon quruq va qurg‘oqchil zonaga kiradi. 
Selyaninovning gidrotermik koeffitsent shkalasi bo‘yicha, 0,18-0,37 koeffitsentga ega. 
Agroiqlimiy jihatdan bu rayon dehqonchilik uchun juda qulay. Paxtachilik, donli ekinlar
meva va sabzavotchilik, bog‘dorchilik va boshqa barcha tarmoqlar uchun qulaydir. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin