46
jinslarini tashkil etib, tuproqlarning mexanik tarkibi ushbu jinslarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Adirlar antklinal burmalar bo‘lib, ular yaqin geologik o‘tmishda, ya’ni to‘rtlamchi davr oxiri va
to‘rtlamchi davrda hosil bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysi adirlarining relefi va iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqib turli tipdagi
tuproqlar hosil bo‘lgan. Adirlarning gips qatlamiga ega bo‘lgan qismlarida gipsli bo‘z tuproqlar
tarqalgan. Bunday tuproqlar N.G.Minashina (1978) tomonidan o‘rganilgan. Uning pastki
gorizontlari sur-qo‘ng‘ir tuproqlarga o‘xshab ketadi. YUqoriga ko‘tarilgan
sari esa gipsli
qatlamlar ko‘payib boradi.
Gipsometrik, iqlimiy, litologik holatlaridan kelib chiqib adirlarning mutloq balandligi
450-500 m qismlaridan boshlanuvchi hududlaridan to 800-1000 m balandliklargacha zonal
tuproqlar bo‘z tuproqlar, gipsli bo‘z tuproqlar, gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bo‘z
tuproqlar balanlik mintaqalariga xos tuproqlar bo‘lib, asosan adirlar va tog‘ yonbag‘irlarida
tarqalgan. SHuningdek, Farg‘ona vodiysining adirlar hududida gipsli tuproqlar ham keng
tarqalgan bo‘lib, ularning kesmasidagi gipsli qatlamning joylanishiga,
chuqurligiga, qalinligiga
ko‘ra va miqdoriga ko‘ra turlichadir. Adirlar hududida yuqoriga ko‘tarilgan sari gipsli qatlam er
yuzasiga ko‘tarilib boradi. Bunday holatda gipsli qatlamlarning ko‘tarilishiga atmosfera
yog‘inlari ta’sir ko‘rsatadi. Gipsli qatlamlar sug‘orish va atmosfera yog‘inlari tufayli yuvilib
boradi. Natijada adirlar yonbag‘rida gipsli qatlamlar oppoq qatlamlarni hosil qiladi. Ayniqsa,
sug‘orish ta’sirida bunday jarayon jadalroq amalga oshadi.
Adirlarning yuqori qismlarida va ayniqsa, baland adirlarda yuvilgan shag‘alli bo‘z
tuproqlarning yupqa gorizontlari uchraydi. Bunday tuproqlarning yuvilishi atmosfera yog‘inlari
tufayli sodir bo‘ladi. Bunday tuproqlarda chirindili qatlam deyarli hosil bo‘lmaydi. Efimer
o‘simliklari ham juda siyrak o‘sadi va tuproqlar yuvilish jarayonlari
tufayli doimiy chirindili
yoki chimli qatlam hosil qilmaydi.
Bunday holat, ayniqsa, SHimoliy va Janubiy Farg‘ona adirlarida kuzatiladi. Farg‘ona
vodiysining g‘arbiy qismida birmuncha qurg‘oqchil sharoitda joylashgan Isfara-So‘x-Rishton
guruhi adirlarida gipsli sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan bo‘lib, relefning notekisligi va surilma
jarayonlari tosh-shag‘alli jinslarning ochilib qolishiga va nihoyat jo‘yakli surilmalarni hosil
bo‘lishiga olib keladi. Tosh-shag‘alli tuproqlar unumsizligi tufayli tabiiy o‘simliklar ham siyrak
o‘sadi. Aslida ushbu adirlar bo‘z tuproqlar mintaqasida joylashgandir. Lekin iqlimiy omillar
ya’ni doimiy esib turuvchi g‘arbiy shamollar, yuqori harorat, namlikning beqarorligi tufayli bo‘z
tuproqlar hosil bo‘lishi uchun sharoit etarli emas. CHunki, mayin jinsli tuproq qatlami mavjud
emas yoki juda kamdir.
Adirlarda shakllangan tuproqlarning onalik jinsi sifatida ishtirok etuvchi mayda jinslar,
sertosh bo‘lib, uning qatlamlaridagi gipsli qatlam
yuqori gorizontlarda kamroq, quyi
gorizontlarda kuchli sementlashgan. Adirlar tuprog‘idagi suvli so‘rim tarkibida SO
4
miqdori
ko‘p. Kationlar orasida Sa
2
K asosiy o‘rinni egallaydi. Gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlarning
chirindiga o‘ta kambag‘alligi, gipsning yuza qatlamlarga yaqin joylashganligi bu erlarni
o‘zlashtirishda bir qator ilmiy asoslangan meliorativ tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
Ayniqsa, adirlarning yangi o‘zlashtirilgan gipsli tuproqlarida gipsning yuvilishi juda tez kechadi
hamda ko‘plab karst o‘pqonlari hosil bo‘ladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, adirlarning o‘zida ham tuproqlarning tarqalishida vertikal
mintaqalanish hosil bo‘ladi. Bunga sabab
esa adirlarning litologik, geomorfologik, gipsometrik
xususiyatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Adirlarning eng yuqori qismida yuvilgan shag‘alli bo‘z
tuproqlar hosil bo‘lgan hudud balandligi ortib borgan sari gipsli qatlam er yuzasiga yaqinlashib
boradi. Bunga asosiy sabab esa yog‘inlar ta’sirida yuqoridagi gipsli qatlamlarning yuvilib
ketishidir.
Adirlarning o‘rtacha qismida gipslashgan bo‘z-sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bu
tuproqlarni guruhlarga ajratishda quyidagi holatlar hisobga olinadi:
1. Adirlarning intensiv yuvilish tufayli birmuncha tekislanib ketgan yuzasi mikro va mezo
relef shakllaridan iborat bo‘lib, chaqiq ba’zan yirik toshlar bilan qoplangan;
47
2. Gipsli sur qo‘ng‘ir tuproqlar yuzasi qatqaloq bilan gipsli bo‘z tuproqlar chimli qatlam
bilan ajralib turadi. Ular chirindi miqdori va qatlam qalinligi bilan ham farqlanadi.
3. Sur qo‘ng‘ir tuproqlar uchun xos bo‘lgan zich qo‘ng‘ir rangli saz qatlam uchramaydi.
Gipslashgan bo‘z-sur qo‘ng‘ir tuproqlarning kesmasi 2 ta yarusdan iborat.
Birinchi yarus
chimli va chim osti qatlamlaridan iborat bo‘lib, saz mexanik tarkibli, chirindiga boy,
sho‘rlanmagan. Tuproqning yuza qismida gips yo‘q hisobida, gipsli qatlamda esa uning miqdori
40-70 % ni ba’zan 90 % ni tashkil qiladi. Gips qatlamlari relefga bog‘liq holda adir tepalari va
yonbag‘irlarda 30-40 sm dan, yonbag‘ir etaklarida 60-80 sm dagi chuqurlikdan boshlanadi
(jadvalga qaralsin).
Adirlar tuproqlarining skeletlik darajasini yuqoriligi, mayin jinslar qatlamini 20-35 sm
qalinlikda ekanigi, karbonatlar va gipsning er yuzasiga yaqinligi, tosh va shag‘allarning ko‘pligi
hamda suv eroziyasiga mayinligi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: