I nazariy materiallar


Farg‘ona vodiysining hayvonot dunyosi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Maruza matn (1)

Farg‘ona vodiysining hayvonot dunyosi 
Farg‘ona vodiysining hayvonot dunyosi ham o‘simliklari kabi mintaqaviy joylanish 
xususiyatiga ega. Tabiiy sharoitning o‘zgarishi, inson xo‘jalik faoliyatining landshaftlarga ta’siri 
tufayli ko‘plab hayvon turlari qirilib ketdi va ayrimlari madaniy landshaftlarga moslashib hayot 
kechirmoqda. 
Farg‘ona vodiysida sut emizuvchilarning 25 turi, suvda va quruqda yashovchilarning 2 
turi, sudralib yuruvchilarning 30 ga yaqin turi, qushlarning 182 turi aniqlangan. 
Hayvonot dunyosining mintaqaviy joylanishiga ko‘ra daryolar pastqam qirg‘oqlaridagi 
to‘qayzorlarda in qurib yashovchi qushlarning 25 %, qumli va gilli cho‘llardan iborat 
tekisliklarda qushlarning 22 %, tog‘oldi va tog‘ o‘rmonlarida 15 %, tog‘ o‘tloq mintaqasida 10 
%, baland tog‘li va qoyali hududlarda 22 % uchraydi. 
Farg‘ona vodiysining Sirdaryoga qarashli qayir to‘qayzorlarida XVIII asrgacha yashab 
kelgan yo‘lbarslar, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida yashagan qulon, tog‘ o‘rmonlarida yashagan 
jayron, yovvoyi qo‘y kabi ko‘plab hayvon turlari insonlar tomonidan qirib yuborilgan. 


50 
Farg‘ona vodiysining tekislik va adirlar qismi cho‘l mintaqasiga kirib uning tabiiy 
landshaftlar birmuncha saqlanib qolgan Markaziy Farg‘onadagi do‘ng marza qumlar hududida 
sudralib yuruvchilarning 23 turi uchrab, ular qumli, gilli cho‘llarda yozning yuqori haroratiga 
moslashgan holda yashaydilar. Sudralib yuruvchilarning eng katta turi – kulrang echkemar 
(varon) bo‘lib uzunligi 1 m. va undan ham ortadi. Echkemar yuqori havo haroratida faol hayot 
kechirib, mayda sudralib yuruvchilar, hasharotlar bilan oziqlanadi. 
Qumli hududlarda birmuncha kichikroq bo‘lgan sudralib yuruvchilarning gekkon, cho‘l 
agamasi, shtraux qurbaqaboshi, ildam kaltakesakcha kabi vakillari yashaydi. Ularning gavda 
tuzilishi, rangi va harakatlanishi jihatdan qumli cho‘llarga nihoyatda moslashgan. Qumli 
cho‘llarda toshbaqalar uchrab, ular ham yilning issiq fasllarida faol hayot kechiradi. 
Qumli va gilli cho‘llar sudralib yuruvchilarning eng ko‘p tarqalgan turlari ilonlar 
hisoblanadi. Farg‘ona vodiysining cho‘l mintaqasida uchraydigan o‘q ilon, ko‘rma ilon, xoldor 
chipor ilon, ko‘ndalang yo‘lli chipor ilon, suv iloni kabi vakillari zaharli ilonlarga kirmaydi. Ular 
zararli hasharotlarni eb tirikchilik qiladilar. Ilonlar ichida ko‘rma ilonning tur sifatida keskin 
kamayib ketishi kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi uning aholi tomonidan ovlanishi va davo 
sifatida iste’mol qilinishidir. 
Farg‘ona vodiysining qumli va gilli cho‘llarida uchraydigan sudralib yuruvchilardan 
shtraux tugarakboshi, silliq, gekkongcha, kulrang echkemar, qalqonli gekkoncha respublikamiz 
“Qizil kitobi”ga kiritilgan. 
Farg‘ona vodiysining qumli va gilli cho‘llarida va ular atrofidagi dala maydonlarida qizil 
dumli qumsichqon, dala qumsichqoni, katta qumsichqon, uy sichqoni, tipratikan kabi 
kemiruvchilarning vakillari yashaydilar. Ular donli ekinzorlar va poliz maydonlariga katta zarar 
etkazadilar. Kemiruvchilarning suvda yashaydigan vakillaridan ondatra vodiyning tekislik 
qismidagi barcha ariq va zovur suvlarida, to‘qayzorlarda uchraydi.
Farg‘ona vodiysining qumli cho‘llarida yirtqich hayvonlarning vakillaridan bo‘ri, 
chiyabo‘ri, tulki, dala mushugi, olako‘zan, ariq sichqoni (laska) yashaydi. Ular Markaziy
Farg‘onada tashkil etilgan tabiat yodgorligi hududida birmuncha ko‘payib bormoqda. 
Qumli cho‘llar hududi qushlarga kambag‘aldir. Bu erda uchraydigan Turkiston oq laylagi 
“Qizil kitob”ga kiritilgan. Ola qanot, afg‘on maynasi, hakka, qora qarg‘a, so‘fito‘rg‘ay, sariq 
chumchuq, moyqut, yilqichi, jo‘rchi qush, yapaloqqush, xo‘jasavdogar, bedana kabi qushlar 
nafaqat qumli va gilli cho‘llarda, balki ular atrofidagi dala bog‘larda, aholi yashaydigan 
hududlarda ham yashashga moslashib ketgan.
Bahor oylarida qaldirg‘och, mayna, g‘urrak kabi qushlar uchib kelib in quradilar va sovuq 
tushgach boshqa issiq o‘lkalarga uchib ketadi. 
Farg‘ona vodiysining cho‘l mintaqasiga kiruvchi hududlarining suv havzalarida, daryo 
soyliklarida, zovur va kollektorlarda amfibiyalar va baliqlarning ko‘plab turlari uchraydi. Daryo, 
soyliklar va ayniqsa, Sirdaryoda ship, usach, qizilko‘z, turkiston ko‘k bo‘yini, cho‘rtan, xumbosh 
(tolstolobik) sirdaryo kurakburuni, sazan, ilonbosh, cho‘rtansifat oqqiyroq, oq sazan, oq amur, 
karp, olaxumbosh, qizillab kabi baliqlar uchraydi. Baliqlarning sazan, karp, oq amur, xumbosh, 
ilonbaliq, laqqa baliq kabi turlari baliqchilik fermer xo‘jaliklarida boqilib, aholini baliq go‘shti 
bilan ta’minlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Sirdaryo va yirik soyliklarda uchrovchi baliq turlaridan Sirdaryo kurakburuni, 
cho‘rtansifat, oqqayroq, oq sazan, Turkiston mo‘ylovdori kamayib borayotganligi tufayli “Qizil 
kitob”ga kiritilgan. 
Adirlar mintaqasining landshaft-ekologik sharoiti cho‘l mintaqasining tekisliklaridan 
birmuncha farqlanadi. Havo haroratining birmuncha mo‘‘tadilligi, namlikning nisbatan ko‘pligi, 
o‘tchil o‘simliklar o‘sadigan muhitda Farg‘ona vodiysining adirlarida sudralib yuruvchilarning 
11 ta vakili: kulrang echkemar, shirilloq, kaltakesak, rang-barang kaltakesakcha, taqir 
kaltakesakcha, chipor ilon, cho‘l agamasi, ko‘ndalang yo‘lli chipor ilon, ildam kaltakesakcha,, 
sharqiy qum ilon, toshbaqa, nikolskiy kaltakesakchasi yashaydi. 
Adirlarda qushlarning 19 turi: oq bovur, ko‘k qo‘pak, ko‘k qarg‘a, so‘fito‘rg‘ay, kichik 
to‘rg‘ay, jo‘rchi, o‘ynoqi toshsir chumchuq, hind chumchug‘i, boy o‘g‘li, soch, sariq sor, miqqiy, 


51 
yovvoyi kaptar, g‘urrak, qorabosh sirchumchuq, sariq chumchuq, bo‘ktarchi kabilari yashaydi. 
Sut emizuvchi hayvonlardan qumquyon, seversov qo‘shoyog‘i, kichik qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir 
olaxurjuncha, qizil dumli qumsichqon, ariq sichqoni, dala mushugi, tulki, ko‘rshapalaklar 
yashaydi. 
Adir erlarni o‘zlashtirish, ekin maydonlarining hosil qilinishi, yo‘llar, kanallar va boshqa 
inshootlarning qurilishi, adirlardan karer sifatida va bahorgi yaylov sifatida foydalanilishi tufayli 
hayvonot dunyosining turi va son ko‘rsatkichlari ham kamayib bormoqda. 
Tog‘ mintaqasi Farg‘ona vodiysida cho‘l va adirlar mintaqasiga ko‘ra hayvonot dunyosi 
uchun ekologik sharoitning qulayligi, inson aralashuvining nisbatan kamligi bilan ajralib turadi. 
SHunga ko‘ra bu mintaqada cho‘l va adir mintaqalari uchun xos bo‘lgan hayvon turlarini ham 
uchratish mumkin. 
Tog‘ mintaqasida sudralib yuruvchilar ichida zaharli bo‘lgan qalqontumshuq ilon (kobra) 
chinqiroq zaharli ilonlar oilasining yagona vakilidir. Uning uzunligi 60-80 sm. ga etadi, dum 
qismi 7-8 sm, bosh qismi yassi bo‘lib, tog‘ archazorlari ostida hayot kechiradi. 
Sudralib yuruvchilardan Turkiston va Ximolay agamasi, tog‘ bilakuzugi, nikolskiy 
kaltakesagi kabi vakillari yashaydi. 
Qushlar tog‘ mintaqasida boshqa mintaqalarga nisbatan tur va son ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
ustun turadi. CHumchuqsimonlar oilasining vakillari sariqchumchuq, qorabosh sirchumchuq, 
o‘ynoqi toshsirchumchuq, tog‘ chumchug‘i shuningdek, yapaloqqush, jig‘iltoy, qarqunoq, 
olato‘g‘anoq, sava, bulbul, jiblajibon, uzun quyruq, tog‘ zag‘chasi, kaklik, boltayutar, archazor 
boltatumshug‘i, burgut, Turkiston ulori kabi qushlar yashaydi. 
Sut emizuvchi hayvonlardan tipratikan, jayra, qizil sug‘ur, relikt yumronqoziq, oddiy 
o‘rmon kalamushi, o‘rmon olmaxoni, Turkiston kalamushi, ko‘rshapalaklar, yirtqich 
hayvonlardan bo‘ri, tulki, yovvoyi to‘ng‘iz, tuyoqlilardan tog‘ takasi, arxarlar juda kamayib 
ketgan. Tog‘ daryolarida marinka, turkiston laqqa balig‘i yashaydi. Tog‘lardagi ko‘l, daryo va 
soyliklar havzasida baliqxo‘r qushlar: baliqchi, qoravoy, ko‘lbuqa, xovdush, birqozon, qizil 
qo‘ton kabilar hayot kechiradilar. 
Turkiston oq laylagi, burgut, boltayutar kabi qushlar “Qizil kitob”ga kiritilgan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin