Farg‘ona vodiysining tekislik – cho‘l zonasida tarqalgan tuproqlar va ularning
xususiyatlari
Farg‘ona vodiysi hududining deyarli barcha qismi cho‘l mintaqasida joylashgan. Ayniqsa,
tekislik qismida eng yosh yotqiziqlardan tashkil topgan Sirdaryo yotqiziqlari tuproqlarni hosil
bo‘lishida onalik jins vazifasini bajaradi. Tekislik cho‘l hududlarining boshqa mintaqalarga
nisbatan o‘ziga xos xususiyatlaridan biri iqlimning birmuncha quruqligi va yog‘inlar
miqdorining kamligidir. (80-100 mm). YAnvar oyining o‘rtacha harorati -4-8° ga etadi. Iyul
oyida esa +35+35° ga ko‘tariladi. Iqlimiy omillardan tashqari tuproqlarni hosil bo‘lishida er osti
suvlarining ham ta’siri kattadir. SHuning bilan birga shamollar ham tuproqlarni shakllanishiga
ta’sir etuvchi omillar qatoriga kiradi. Mazkur hududlar tuproqlarining asosiy xususiyati
sho‘rlanish jarayonlarining sug‘orish ta’sirida bevosita tezlashib borayotganligi hisoblanadi.
Tuproqdagi suvda eruvchi tuzlarning umumiy miqdori 0,3 % dan yuqori bo‘lsa, bunday
tuproqlarga sho‘r tuproqlar deyiladi. Bunday tuproqlarda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi
susayadi. Teksilik cho‘l zonasi tuproqlari tarkibida suvda eruvchi zararli tuzlar ayni vaqtda
xloridli, sulfatli, karbonatli, gidrokarbonatli va nitratli guruhlarga bo‘linadi.
Xloridli – NaCl, MgCl
2
, KCl. Sulfat va gidrosulfatli Na
2
SO
4
, MgSO
4
, CaSO
4
, K
2
SO
4
,
NaHSO
4
, Mg(HSO
4
)
2
, KHSO
4.
Karbonatli va gidrokarbonatli: Na
2
CO
3
, Mg(HCO
3
)
2
, (NH
4
)
2
CO
3
,
NH
4
HCO
3
, NaNO
3
, NH
4
NO
3
, NaNO
2
, NH
4
NO
2.
guruhlar tuzlari keng tarqalgan.
Farg‘ona vodiysining tekislik cho‘l zonasida sho‘r tuproqlarni hosil qiluvchi asosiy omillar
quyidagilar hisoblanadi: iqlim, geologik tuzilishi, geomorfologik holati, gidrogeologik rejimi,
erdan foydalanish xarakteri. YUqorida keltirilgan omillar tuproqlarni sho‘rlanishiga bir xilda
ta’sir ko‘rsatmaydi. Ularning ta’sir darajasi landshaft omillariga bog‘liq bo‘ladi.
42
Farg‘ona vodiysining tekislik qismida, ayniqsa, Markaziy Farg‘onada yuvilmaydigan yoki
kam yuviladigan suv tartiboti bilan bug‘lanuvchi sharoit mavjud bo‘ladi. SHuning bilan birga
tuproq genetik qatlamlarining davriy ravishda namlanishi, sizot suvlarning, ayniqsa,
minerallashgan sizot suvlarning vaqti-vaqti bilan ko‘tarilishi, pasayishi tuproqlarni
sho‘rlanishiga, sho‘r toblanishiga va sho‘rxok tuproqlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunga
asosiy sabab yog‘in-sochinning ta’sirida tuproqning yuza qatlamlari yuvilib ketgandir.
SHuningdek, shamolning ta’siri ham katta bo‘lib, unga ro‘para yonbag‘irlarda tuproq qatlami
yupqa qarama-qarshi tomonda esa qalinroq. Adirlarning eng yuqori qismida yuvilgan shag‘alli
bo‘z tuproqlar hosil bo‘lgan. Quva, Arsif, Qapchug‘ay va CHimyon adirlarida gipslashgan bo‘z-
sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 1.
Adirlarning birmuncha tekislanib ketgan yuzasi mikro va mezo relef shakllaridan iborat bo‘lib,
chaqiq ba’zan yirik toshlar bilan qoplangan;
2. Gipsli sur-qo‘ng‘ir tuproqlar yuzasi qatqaloq bilan, gipsli bo‘z tuproqlar chimli qatlam
bilan xarakterlanadi. Ular chirindi miqdori va qatlam qalinligi bilan ham farq qiladi;
3. Sur qo‘ng‘ir tuproqlar uchun xos bo‘lgan zich qo‘ng‘ir rangli soz qatlam uchramaydi.
Gipslashgan bo‘z-sur-qo‘ng‘ir tuproqlarning kesmasi 2 ta yarusdan iborat. Birinchi yarus
chimli va chim osti qatlamlaridan iborat bo‘lib, soz mexanik tarkibli, chirindiga boy va
sho‘rlanmagan. Tuproqning yuza qismida gips qatlami yo‘q, gipsli qatlam esa 40-70 % va ba’zan
90 % ga etadi. Gips qatlamlari relefga bog‘liq holda adir tepalari va yonbag‘irlarida 30-40 sm
dan, yonbag‘ir etaklarida 60-80 sm dan boshlanadi. Gips qatlamining qalinligi 20-50 sm ga teng.
Qo‘qon guruhi adirlarida gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Aslida bu zona
gipsometrik darajasiga ko‘ra bo‘z tuproqlar mintaqasida joylashgan. Lekin mazkur hududda ob-
havoning quruqligi, yog‘in-sochin miqdorining kamligi, doimiy esib turuvchi g‘arbiy shamollar
ta’sirida tuproq paydo bo‘lish jarayonlari birmuncha murakkablashadi. O‘simliklar ham juda
siyrak tarqalgan. Lyossli tuproqlar juda kam tuproqlarning yuqori qismi toshli, shag‘alli, quyi
qismi esa sementlashgan. Pastga tushgan sari gipsning qalinligi ortib, rangi tiniqlashib boradi.
Gips mahsulotlari ignasimon kristallarni ham hosil qiladi. Gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlar
biroz sho‘rlangan. Gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlar chirindiga o‘ta kambag‘al bo‘lib, adirlarni
o‘zlashtirishda bir qator ilmiy meliorativ tadbirlarni amalga oshirishni taqazo etadi.
Bu tuproqlar chirindili qatlamning yupqaligi, chirindi miqdorining kamligi, R
2
O
5
gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlarda 0,10 %, gipslashgan och tusli bo‘z tuproqlarda 0,17 %,
gipsli bo‘z tuproqlarda 0,19 % K
2
O miqdori ham 0,90, 0,14, 1,29 %.
Farg‘ona vodiysining Markaziy Farg‘onaga qarashli qismida minerallashgan sizot
suvlarning sathi pastga tushgani holda tuproqlarning sho‘rlanganlik darajasi yuqoriligicha qoladi,
sababi yog‘in-sochin miqdorining kamligi tuzlarni yuvilishi uchun qulay sharoit yaratmaydi.
SHuning bilan birga atmosferadagi nisbiy namlik miqdori ham tuproqlarning sho‘rlanishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Bu erda tuproq yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish nisbiy namlikka bog‘liq holda
o‘zgarib turadi. Nisbiy namlik miqdori cho‘l hududlariga nisbatan Markaziy Farg‘onada kam
bo‘lib, tuproq yuzasida tuzlarni qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday jarayonlarda iqlimiy
omillar ichida shamolning ahamiyati kattadir. SHamollarning, ayniqsa, o‘simliklar tuproq
yuzasini qoplab olmagan paytdagi tuproq namligi tas’iri sezilarli bo‘ladi. SHuning bilan birga
tuproqlardagi yuza qatlamlarda hosil bo‘lgan tuzlarni ham uchirib, shamol eroziyasi yuzaga
keladi. SHuningdek, tuproq tarkibidagi gumus va karbonatlarni ham uchirib ketadi.
Farg‘ona vodiysining sug‘oriladigan hududlarida tarqalgan tuproqlarning asosiy qismida
sho‘rlanish past. Ularning tarqalish ko‘lami quyidagicha: sho‘rlanish darajasi 0-4 % bo‘lgan
tuproqlar Farg‘ona tumani hududida tarqalgan. Bu ko‘rsatkich umumiy sho‘rlanish darajasidan
ham ancha past hisoblanadi. SHo‘rlanish darajasi 4-15 % gacha bo‘lgan tuproqlar Quva,
Qo‘shtepa, Buvayda, Rishton, O‘zbekiston, Beshariq tumanlaridagi konus yoyilmalari etaklarida
tarqalgan. SHo‘rlanish darajasi 15-25 % gacha bo‘lgan tuproqlar Dang‘ara, So‘x, Oltiariq,
toshloq tumanlari hududini tashkil etadi. SHo‘rlanish darajasi 25-35 % bo‘lgan tuproqlar
YOzyovon, Bog‘dod, Uchko‘prik tumanlarida tarqalgan. SHo‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan
43
tuproqlar Beshariq, O‘zbekiston, Oltiariq tumanining Markaziy Farg‘onaga qarashli qismida,
Rishton tumani qo‘riq erlarida tarqalgan.
Farg‘ona viloyatining tekislik –cho‘l zonasida allyuvial yotqiziqlar ustida hosil bo‘lgan
o‘tloqi tuproqlarda esa er yuzasidan 2 m pastda joylashgan sizot suvlari sathidan bug‘lanish
to‘xtamaydi. Qumli tuproqlarda esa 0,6-0,8 m chuqurliklarda ham bug‘lanish kuchsiz amalga
oshadi. 1-1,2 m chuqurliklarda esa bug‘lanish to‘xtab qoladi. Bug‘lanish kattaligi o‘simlik turi,
o‘simlik bilan tuproq yuzasining qoplanganlik darajasi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan beda o‘simligi sizot suvlar 1 m chuqurlikda bo‘lgan holatda 20000 m
3
gektar, g‘o‘za
6155 m
3
gektar suvni bug‘latadi. Bug‘lanish jarayonlari sug‘orish rejimidan kichik bo‘lsa
tuproqlarning yuza yuvilishi sodir bo‘ladi. SHu sababli g‘o‘za ekilgan joylarda sho‘rlanish beda
maydonlariga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Farg‘ona viloyatining tuproqlarini sho‘rlanish darajasi va sho‘rlanish tarkibi cho‘l tekislik
hududlarida xloridli, sulfatli va aralash tarkibli bo‘ladi. Bu holatni quyidagi jadvaldan
ko‘rishimiz mumkin.
Markaziy Farg‘onaning tuproqlari o‘zlashtirish boshlangunga qadar turlicha darajada
sho‘rlangan sho‘rxok va qumliklardan iborat bo‘lgan. Ularning tarkibini o‘tloqi-botqoq, o‘tloq,
o‘tloq-taqir tuproqlari tashkil etgan. Uncha katta bo‘lmagan hududlarni o‘tloq voha tuproqlari
tashkil etgan.
Markaziy
Farg‘ona tuproqlarini o‘rganisha A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov va
N.V.Kimberglarning hissasi katta bo‘lgan. M.A.Pankov (1957)ning tadqiqotlarida Markaziy
Farg‘ona tuproqlari quyidagi tuproq komplekslarini tashkil etadi:
1.
Konus yoyilmasi etaklaridagi sho‘rxok tuproqlar.
2.
Konuslararo pastqamliklardagi sho‘rxok tuproqlar.
3.
Sirdaryo terassasidagi sho‘rxok tuproqlar.
Tuproq meliorativ holatining keyingi o‘zgarishi Markaziy Farg‘onani o‘zlashtirilishi bilan
bog‘liqdir. O‘tgan 50-60 yil ichida bu erdagi o‘zlashtirish bilan bog‘liq meliorativ tadbirlar
tuproqlarning madaniylashuviga asos bo‘ldi.
Tabiiy xususiyatlariga ko‘ra Markaziy Farg‘onaning tuproqlarini 6 ta tipga ajratiladi:
1-tip. CHo‘l zonasining o‘tloq tuproqlari.
1-kichik tip: o‘tloq tuproqlari.
Tur: o‘tloq allyuvial tuproqlar.
o‘tloq saz tuproqlar.
2-kichik tip: CHo‘l zonasining botqoq-o‘tloq tuproqlari.
Tur: botqoq-o‘tloq allyuvial tuproqlar.
botqoq-o‘tloq saz tuproqlar.
2-tip. CHo‘l zonasining botqoq tuproqlari.
Kichik tip: botqoq allyuvial tuproqlar.
Tur: botqoq allyuvial tuproqlar.
Tur: botqoq saz tuproqlar.
3-tip. CHo‘l zonasining sho‘rxoklari.
1-kichik tip: CHo‘l zonasining tipik sho‘rxoklari.
Tur: tipik allyuvial sho‘rxoklar.
Tur: tipik saz sho‘rxoklar.
2-kichik tip: CHo‘l zonasining o‘tloq sho‘rxoklari.
Tur: o‘tloq allyuvial sho‘rxoklar.
Tur: o‘tloq saz sho‘rxoklar.
4-tip: Taqir tuproqlar.
Kichik tip: o‘tloq taqir tuproqlar.
5-tip: CHo‘l qumli tuproqlari.
1-kichik tip: O‘tloq cho‘l tuproqlari.
6-tip: CHo‘l zonasining o‘tloq voha tuproqlari.
1-kichik tip: Sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar.
44
Tur: Sug‘oriladigan o‘tloq allyuvial tuproqlar.
Tur: Sug‘oriladigan o‘tloq saz tuproqlar.
2-kichik tip: O‘tloq voha tuproqlari.
Tur: o‘tloq voha allyuvial o‘rtacha qalinlikdagi tuproqlar.
Tur: o‘tloq voha botqoq o‘tloq tuproqlar.
3-kichik tip: Sug‘oriladigan botqoq o‘tloq tuproqlar.
Tur: Sug‘oriladigan botqoq o‘tloq allyuvial tuproqlar.
Tur: Sug‘oriladigan botqoq o‘tloq saz tuproqlar.
N.V.Kimberg (1974) ta’kidlab o‘tganidek, Markaziy Farg‘ona hududida o‘tloqi tuproqlar
eng yosh va allyuvial yotqiziqlarda hosil bo‘lgan tuproqlar hisoblanadi. Bu erdagi tuproq hosil
bo‘lish jarayoni sizot suvlarning er yuzasiga yaqin bo‘lgan sharoitida kechadi. Agar sizot
suvlarning sathi chuqurlashib borsa, bu tuproqlar o‘tloq taqir va taqir tuproqlarga aylanadi.
YUqorida keltirilgan Markaziy Farg‘onaga tuproq tiplariga alohida tasnif beramiz.
1. O‘tloq tuproqlari.
Markaziy Farg‘onada tarqalgan o‘tloq tuproqlar allyuvial yotqiziqlar ustida hosil bo‘lgan
yosh tuproqlar bo‘lib, yosh daryo yotqiziqlari ustida qayir allyuvial o‘tloq tuproqlari hosil
bo‘ladi. Bu tuproqlar keyingi rivojlanish davomida o‘tloq allyuvial tuproqlarga aylanadi.
Agarda bu tuproqlar ostidagi sizot suvlarning sathi pasaya boshlasa o‘tloq tuproqlar o‘tloq-
taqir, taqir tuproqlarga va taqirlarga aylanadi.
Markaziy Farg‘onaning o‘tloq saz tuproqlari prolyuvial yotqiziqlar ustida hosil bo‘ladi. Bu
tuproqlar hozirgi vaqtda sug‘oriladigan hududlar oralig‘ida alohida-alohida kichik miqdorda
So‘x va Marg‘ilon-Isfayram konus yoyilmalarining periferik qismlarida saqlanib qolgan. Bu
tuproqlarning mexanik tarkibini og‘ir suglinka va glina (loy)li jinslar tashkil etadi. Markaziy
Farg‘ona sharoitida o‘tloq tuproqlarda sizot suvlarning 1,5-2 m chuqurligi holatida
bug‘lanishning faolligi tufayli sho‘rlanish jarayoni yuz beradi. Tuproqning yuza qatlamiga
ko‘tarilayotgan sizot suvlar tuzni ko‘tarib olib chiqadi va bu jarayon sho‘rlanishni yuzaga
keltiradi.
O‘tloq allyuvial tuproqlar.
Bu tuproqlar ayni vaqtda o‘zlashtirishga to‘liq uchragan va kamdan-kam holatlarda
Sirdaryo terassalarida kichik-kichik hududlarni egallab yotadi. Ko‘pincha ularni mexanik
tarkibida qumli yotqiziqlar bilan birga gilli jinslar ham tashkil etadi. Bu tuproqlar daryo
suvining rejimi bilan bog‘liq beqaror rivojlanish rejimiga ega. Namlik ortiqchaligi sharoitida
achg‘ish-bijg‘ish jarayonlari kechib, allyuvial va temir saqlovchi birikmalar hosil bo‘ladi.
O‘tloq allyuvial tuproqlarning saz tuproqlardan morfologik farqi gilli qatlamning aniq
ifodalanganligi hisoblanadi, gilli qatlam och rangli, aniq ifodalanmagan. Bu tuproqlar tarkibida
chirindi miqdorini kam saqlashi bilan ajralib turadi.
Karbonatlar miqdori (SO
2
) 0-20 sm qatlamda 6,6-7,5 %, pastroqda esa 11 % ga teng
mexanik tarkibi va grunt tarkibida tuzlar kamligi tufayli o‘zlashtirishga qulay.
Botqoq-o‘tloq allyuvial sho‘rxok tuproqlar.
Bu tuproqlar o‘tloq tuproqlardan oxra-gleyli qatlamining qalinligi (30-40 sm gacha) bilan
farqlanib turadi. Tabiiy glinaning bu tuproqdagi miqdori 30-68 % gacha etadi. SHo‘rlanganlik
darajasi bo‘yicha esa o‘tloq sho‘rxok tuproqlardan kam farq qiladi. Gumus miqdori tuproqning
mexanik tarkibi engil bo‘lgan haydalma qatlamida 1,36 % ga teng.
Botqoq tuproqlar.
Botqoq allyuvial tuproqlar Sariqsuv pastligida, shimoldan g‘arbga tomon Damko‘l va
Achchiqko‘l pastqam qoldiq ko‘llari atrofida joylashgan. Bu tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra
engil suglinkali uning pastki qatlamida esa qumloqli mexanik tarkibga ega. Damko‘l pastqamligi
esa botqoq tuproqlarning mexanik tarkibini og‘ir glinali grunt tashkil qilib, uning ostki qismi
juda jipslashgan. Achchiqko‘l massivida ham tuproqning yuza gorizontlarini engil gilli jinslar
tashkil qilsa-da, uning ostki qismi qalinlashib, zichlashib, og‘ir tarkibli, glina, suglinkalardan
tashkil topgan. YUqori qatlamlarning hosil bo‘lishi, shamol faoliyati tufayli keltirilib yotqizilgan
jinslarga bog‘liqdir. Bu pastqamliklarda sizot suvlarning sathi 1-1,5 m gacha joylashgan bo‘lib,
45
turli darajada minerallashgan. O‘zlashtirilmagan hududlarda qilish, qo‘g‘a, yovvoyi jiyda,
sho‘radoshlar oilasiga mansub o‘t-o‘simliklari o‘sadi.
Taqir tuproqlar.
Bu tuproqlar genezisiga ko‘ra o‘tloq taqir tuproqlar hisoblanib, Isfaramsoy konus
yoyilmalari etaklarining periferik qismlarida, yaxlit bo‘lmagan holatda va Qoraqalpoq cho‘lida
tipik sho‘rxoklar tarkibiga kirgan holatda uchraydi. Konus yoyilmalar etaklarining periferik
qismlarida bu tuproqlarning mexanik tarkibini bo‘z qo‘ng‘ir, botqoqlashgan glinalar tashkil
qiladi. Sirdaryo terassasida esa qatlami allyuviylar taqir tuproqlarning asosini tashkil qiladi. Sizot
suvlari sathi 2,5-4 m ga teng va o‘rtacha kuchsiz minerallashgan. Bu tuproqlar M.A.Pankovning
fikriga ko‘ra sizot suvlarni sathini pasayishi tufayli gidromorf tuproqlardan hosil bo‘lgan,
shuningdek, o‘tloq-sho‘rxok tuproqlarning ham o‘zgarishidan hosil bo‘lgan, uning yuqori qismi
g‘ovakli, yoriqlar hosil qiluvchi, plastinkali qatlamlardan iborat.
Bu holat esa ularning mexanik tarkibida loylashgan, changli mexanik tarkibga ega bo‘lgan
jinslar ko‘pligini asoslab beradi. Sirdaryo terassasida ham yuqori qismi loylashgan va quyi
qatlamlari qumoq va qumoqli mexanik tarkibga ega.
Dostları ilə paylaş: |