I nazariy materiallar


Cuoriladigan o‘tloq va botqoq-o‘tloq tuproqlarda madaniy o‘simliklar rivojlangan



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Maruza matn (1)

Cuoriladigan o‘tloq va botqoq-o‘tloq tuproqlarda madaniy o‘simliklar rivojlangan 
quruq deltalardagi vohalar
 
asosan So‘x daryosi va qisman Isfara daryosining (sharqiy 
sektoridagi) konussimon yoyilmalarida rivojlangan. Ular uchun er yuzasining nishabligi 
yoyilmaning yuqori qismidan chekkasiga tomon elpiichsimon shaklda tarqalishi xosdir. Viloyat 
hududida So‘x yoyilmasining yuqori, o‘rta va quyi qismlari to‘liq rivojlangan. YOyilmalar 
V.I.Eliseev [51] bo‘yicha yuqori qismida oqim fatsiyasining shag‘allar va shag‘alli qumlaridan, 
o‘rta qismida veer fatsiyasining qumoq va qumloqlaridan, chekka qismida turun fatsiyasini gil, 
mergel va qumoqlaridan iborat. YOyilmalarda gidrologik jihatdan suv shimiladigan, suv 
oqadigan va yuqoriga ko‘tariladigan qismlar ajratiladi.
Birinchisi yoyilmaning yuqori qismining shag‘al va shag‘alli-qum yotqiziqlarini o‘z 
ichiga oladi. Bu erda yuza suvlari va atmosfera yoinlari shimiladi. So‘x daryosining o‘rtacha 
yillik suv sarfi 41,5 m
3
/sek bo‘lsa, V.A.Geyns [46] bo‘yicha shimilishga 25 m
3
/sek, yahni yillik 
oqimning 60% ga yaqini sarflanadi. Mayda zarrali jinslarda er osti suvlarning oqimi sekinlashib, 
yoyilmaning o‘rta qismida yuqoriga ko‘tarilishi yuz beradi. Natijada buloqlar va botqoqlashgan 
tuproqlarni xosil qiladi. YOyilmaning yuqori qismida 11 km masofada er osti suvlari 100 m 
chuqurlikda, 17-18 km masofada 50-70 m chuqurlikda kuzatiladi. Quyi qismida nishablik keskin 
kamayadi va mayda zarrali qatlam qalinlashadi. Natijada er osti suvlarining oqimi sekinlashadi 
va ularning chuqurligi 1-10 metrga boradi va minerallashish darajasi ortadi [29; 115]. 
Er osti suvlarining yuqoriga ko‘tarilishi veer fatsiyasining yuqori qismida kengligi 8-8,5 
km bo‘lgan hududda yuz beradi. V.A.Geyns [46] bu zonani ikkiga, yahni intensiv va kuchsiz suv 
ko‘tariladigan qismlarga ajratadi. Birinchisi (kengligi 3-3.5 km) veer fatsiyasining yuqorisidan to 
Katta Farg‘ona kanaligacha, ikkinchisi kengligi 5 km gacha bo‘lgan quyi hududda rivojlangan. 
Birinchi qismda ko‘plab qaynar va oqar buloqlar kuzatiladi. Ikkinchi qismda esa er osti suvlari 
faqat oqimli o‘zanlarda kichik buloqlarni xosil qiladi. 
Hozirgi kunda sug‘oriladigan o‘tloq va botqoq-o‘tloq tuproqlarda
 
tuproq 
deflyasiyasi yildan-yilga ortib bormoqda. Viloyatda Qo‘qon guruhi tumanlari va Markaziy 
Farg‘ona erlaridagi ekin dalalari kuchli shamol, garmsel va havo quroqchiligiga tez-tez uchrab 
turadi. SHamol tahsirida tuproqning yuza qismining qurib qolishi va unumdor qatlamni 
deflyasiyasiga uchrashi ro‘y beradi. YUqoridagi muammolarni hal etishda ihotazorlar tizimi 
muhim ahamiyatga ega. SHamol tezligi 15 m/s dan yuqori bo‘lsa, ihotazorlarni yangi 
o‘zlashtirilgan qumli erlarda 80-100 m, engil qumoqli tuproqlarda 150-170 m, mexanik tarkibiga 
ko‘ra oir qumoq erlarda 250-300 m uzoqlikda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin