I nazariy materiallar


Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloq va o‘tloq tuproqlarda madaniy o‘simliklar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Maruza matn (1)

 Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloq va o‘tloq tuproqlarda madaniy o‘simliklar 
rivojlangan quruq deltalardagi vohalar
SHohimardon va Isfayram daryolari yoyilmalarining 
o‘rta va quyi qismlarini egallaydi. Bu daryolar tog‘lardan vodiyga chiqish vaqtida Oloy 
tog‘larining etaklari doirasida bir qancha kichik soylarga ajraladi. Adirlarning sirtqi chekkasida 
va tekisliklarda ular tutash yoyilmalarni xosil qiladi. SHu bilan birga SHohimardon va Isfayram 
daryolari suvlarida loyqalikning kamligi ham kuzatiladi (3.2.3-jadval).
SHohimardon irmoqlaridan Oltiariqsoy, Fayziobodsoy va Marilonsoy yoyilmalari ana 
shunday yoyilmalar qatoriga kiradi. Marilonsoyning sharqida Isfayramsoyning Beshalisoy 
(Naymansoy), Akbarobodsoy, Quvasoy kabi yoyilmalari joylashgan. Bu yoyilmalarning So‘x va 
Isfara yoyilmalaridan farqi shundaki, bu landshaft hududida kichikroq yoyilmalar juda ko‘p va 
ular bir-biri bilan qo‘shilib ketgan. SHu sababli ularning toshloq qismi u qadar katta emas. 
YOyilmalar, yuqori qismidan boshlab, mayda tosh zarrali tuproq bilan qoplangan. Bu tuproqlar 
gumusga nisbatan boy va botqoqlashgan bo‘lib, qadimdan sug‘orilib kelinayotgan o‘tloq va bo‘z 
tuproqlardir. Tuproq qoplamida asosan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloq va o‘tloq tuproqlar 
rivojlangan. Lekin tuproqlar qadimdan buyon sug‘orilayotganligiga qaramasdan, agroirrigatsion 
qatlamlarini aniq ajratish qiyin. Bunga sabab daryolardagi loyqalikning kamligidir [73].


57 
o‘tloq-sho‘rxok, botqoq-sho‘rxok tuproqlar va sho‘rxoklar birga uchraydigan, 
madaniy o‘simlikli ko‘l-sho‘rxokli tekisliklardagi vohalar
yoyilmalarning oir mexanik tarkibli 
yotqiziqlaridan tashkil topgan chekka qismlarida, qadimgi ko‘llar o‘rnidagi oir gilli
yoyilmalararo pastqamliklarda hamda Sirdaryoning qadimgi vodiysi o‘rnidagi allyuvial 
tekisliklarda rivojlangan. Relefi yassi, ayrim joylarda keng yassi pastqamliklar va ko‘tarilmalar 
uchraydi. Er osti suvlarining chuqurligi 0.5-3 metrgacha bo‘lib, minerallashganlik darajasi 
yuqori. Hududning mikrorelefi, grunti va er osti suvlarining chuqurligiga mos ravishda xilma-xil 
tuproqlar shakllangan. Hozirgi vaqtda vohalarning maydoni ortib bormoqda. Ekinzorlar yaqinida 
sho‘rxoklar, kichik do‘ng-marza qumlar ham uchraydi.
Qoldirilgan daryo o‘zanlari va qayirlaridagi allyuvial qumlar shamol tahsiridan 
to‘zitilgan va uchirilgan, qumlarning akkumulyasiyasidan do‘ng-marza qumlar hamda ular 
orasidagi 
pastqamliklar 
xosil 
bo‘lgan. Hozirgi vaqtda qumlar o‘simliklar bilan 
mustahkamlanganligi sababli, ular shamol tahsirida siljimaydi. Bu erda qum, o‘tloq-botqoq, 
o‘tloq-sho‘rxok va sho‘rxoklar rivojlangan bo‘lib, eng qimmatli o‘simligi turonillardir. Ular 
qadimgi tuqayzorlarning guvohidir. Ularning soni 70 ming tupdan ortiq. o‘simliklar orasida bir 
muncha keng tarqalgan va formatsiya xosil qiladigan o‘simliklardan qora saksovul, qandim, 
qamish, sho‘rajriq, yantoq, oqboshlar ham kuzatiladi [134]. 
Qumlarning hayvonot dunyosi ancha xilma-xil. Bu erda «Qizil kitob» ga kiritilgan 
Farg‘ona chipor kaltakesagi, SHtraux qurbaqaboshi, echkiemar hamda soni kamayib borayotgan 
o‘qilon, ko‘rmailon, tustovuq, to‘nizlar va boshqalar muhofazaga olingan. Undan ilmiy, o‘quv-
mahrifiy, estetik va turizm maqsadlarida foydalanilmoqda.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin