I nazariy materiallar


-mavzu: Farg‘ona vodiysining tuproqlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Maruza matn (1)

6-mavzu: Farg‘ona vodiysining tuproqlari 
 
Tuproq landshaftning ko‘zgusi sifatida undagi ko‘p xususiyatlarni yuzaga chiqaradi. 
SHuning bilan birga tuproqlarning hosil bo‘lishida tabiiy-geografik jarayonlar va omillar muhim 
o‘rin egallaydi. Ayniqsa onalik jins tuproqlarning genezisini belgilab beradi. Relef esa 
tuproqlarning hududiy joylanishida etakchi omildir. Iqlimiy va gidrologik omillar tuproqlarning 
asosiy xususiyatlarini yuzaga keltiradi. Turli hududlarni tuproqlarini tadqiq etishda yuqorida 
keltirib o‘tilgan omillarni hisobga olish doimo tadqiqotchilarni diqqat e’tiborida bo‘lgan. 
Farg‘ona vodiysi tuproqlarining o‘rganilganligi 
Farg‘ona vodiysining tuproqlari, ularni hosil bo‘lishi rivojlanishi, geografik joylanishi, 
unumdorlik darajasi kabi xususiyatlari juda qadim zamondan boshlab tadqiqotchilarning 
diqqatini o‘ziga tortib kelgan, chunki vodiyning katta qismi bir necha ming yillik sug‘orish 
tarixiga egadir. 
Dastlabki va mukammal tadqiqotlardan biri (1882) A.F.Middendorfga tegishli bo‘lib, 
Farg‘ona vodiysining ocherklari (Ocherki Ferganskoy dolini) nomli asarida tuproqlarni shag‘alli, 
sho‘rxokli, qumli cho‘llar hududiga tabaqalashtirib, ularning genezisi, biologik mahsuldorligi va 
sho‘rlanish xususiyatlarini ko‘rsatib berdi. 
Birmuncha keyinroq (1899) S.A.Melik-Sarkisyans Markaziy Farg‘onaning sharqiy 
hududlarida olib borgan tadqiqotlari asosida “Farg‘ona vodiysining Bo‘z urochishesi” nomli 
asarini yozadi. Bu asarida muallif Markaziy Farg‘onadagi o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlarini 
sho‘rlanishi va bu holatni sizot suvlar bilan bevosita bog‘liqligini isbotlab berdi. 
Farg‘ona vodiysining tuproqlarini o‘tgan asr boshlarida tadqiq etish ishlari S.S.Neustruev 
(1912-1913), V.N.Tagansev (1913), K.M.Klavdienko, A.A.Mensi, G.V.Popov va boshqalar 
tomonidan amalga oshirildi. O‘tgan asrning dastlabki choragidagi tadqiqotlar asosida Farg‘ona 
vodiysining 1:100000 masshtabli tuproq kartasi yaratildi. 1930-1950 yillardagi tuproqlarni 
o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar asosan Farg‘ona vodiysining paxta etishtiruvchi xo‘jaliklari 
tuproqlarini 1:10000, 1:25000 masshtabli agrokimyoviy kartalarini tuzishga qaratildi. Bu davr 
ichida N.V.Kimberg, M.A.Pankov, B.V.Gorbunov, A.N.Rozanov, S.A.SHuvalov kabi tajribali 
olimlar Farg‘ona vodiysi tuproqlarini o‘rganish bo‘yicha muhim ilmiy tadqiqotlarni olib bordilar. 
Jumladan, A.N.Rozanov (1934) tomonidan Farg‘ona vodiysi Sirdaryoning chap sohilidagi 
sho‘rxok tuproqlarning tadqiq etilishi va kartalashtirilishi amalga oshirildi. 
1931-1933 yillarda Farg‘ona vodiysiga uyushtirilgan ekspeditsiyaning natijasi sifatida 
Pankov va Rozanovlar tomonidan 1:100000 masshtabli tuproq kartasi tuzildi va tuproqlar 
tarkibidagi tuzlar miqdori ham o‘rganildi. S.A.SHuvalov (1941) tomonidan Markaziy 
Farg‘onaning gipslashgan sho‘rxok tuproqlarida beda ekish orqali tuz tarkibini o‘zgartirish va 
meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tajribalar amalga oshirildi. V.A.Kovda 
tomonidan 1946, 1947 yillarda Markaziy Farg‘onada o‘tkazilgan tadqiqotlar tuproqlarni 
sho‘rlanish jarayonini xlorid-sulfatli tuzlarni to‘planish provinsiyasi db nomlaydi. Olimlarning 
ko‘p yillik tadqiqotlari natijasi bo‘lgan. O‘zbekistonning tuproqlari (“Pochvi” Uzbekskoy SSR, 
1957) monografiyasida ham Farg‘ona vodiysidagi, xususan, Markaziy Farg‘onadagi sho‘rxok 


37 
tuproqlarni tuz rejimi, minerologik xususiyatlarini va turli tarkibdagi tuproqlarni sho‘rlanish 
jarayonlarini o‘rganib chiqildi. 
1960-1963 yillardagi “Uzgiprozem” ilmiy tadqiqot instituti ekspeditsiyasi S.P.Suchkov, 
M.I.Kochubeylar rahbarligida tuproq kartalashtirish ishlarini amalga oshirdilar. 1960-80 yillarda 
Nerozin, Kalyujiy, Rasulov, Kuznetsov, Bekmatov, Umarov, Kryuger, Maqsudov, YUldashev, 
Isaqov, Mirzajonov, Gussak kabi tadqiqotchilar tomonidan Farg‘ona vodiysidagi tuproqlarni 
kompleks yoki komponentli o‘rganish, tuproq meliorativ holatiga baho berishga qaratilgan ilmiy 
tadqiqotlar olib borildi. 
Tuproqlarning sho‘rlanish va sho‘rsizlanish jarayonidan keyingi yillarda qanchalik bu 
muammo o‘rganilgan bo‘lishiga qaramasdan dolzarbligicha qolib ketmoqda. A.Z.Genusov, 
B.N.Gorbunov va N.V.Kimberglarning (1960) O‘zbekistonni tuproq iqlimiy rayonlashtirish 
nomli kitobida Farg‘ona vodiysini tuproq-iqlimiy rayonlashtirishga katta e’tibor qaratildi. 
Bu davrdagi tadqiqotlar Farg‘ona vodiysida sho‘rxok va qo‘riq erlarni o‘zlashtirish, 
sug‘orish ta’sirida erlarni meliorativ holatini o‘zgarish jarayonlarini o‘rganish bilan bevosita 
bog‘liq holda amalga oshirildi. K.M.Mirzajonov (1970, 1973)ning tadqiqotlari Farg‘ona vodiysi 
tuproqlarining shamol eroziyasiga tortilishi va uni oldini olishga qaratilgan. 
Keyingi tadqiqotlar A.Maqsudov (1972, 1979, 1990) tomonidan Farg‘ona vodiysi 
tuproqlarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi, V.Isakov (1985) tomonidan Markaziy 
Farg‘onaning arzik tuproqlarining xususiyatlari, A.Qozoqov (1983) tomonidan Namangan 
viloyati tuproqlarining eroziyaga tortilish jihatlari G‘.YUldashev (1980) tomonidan esa Farg‘ona 
vodiysi tuproq meliorativ holati va uni o‘zgarishi, ulardagi elementlar migratsiyasiga 
bag‘ishlangan muhim tadqiqotlardan hisoblanadi. 
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatimizda er resurslaridan foydalanishning 
yangicha tizimlari ishlab chiqildi. Respublikamizda va xususan, Farg‘ona vodiysidagi 
sug‘oriladigan erlarning kadastr tizimi ishlab chiqildi. Tuproqlarning unumdorlik darajasiga 
ko‘ra bonitet ko‘rsatkichlari aniqlanib, ularni yaxshilash, sug‘oriladigan tuproqlarning 
hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi texnologiyalar, ilmiy loyihalar qo‘llanila boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, Geodeziya, Kartografiya va Davlat Kadastri Davlat 
Qo‘mitasi tomonidan 2010 yilda chop etilgan “O‘zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari 
Atlasi” respublikamiz, xususan, Farg‘ona vodiysining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari 
tuproqlarini o‘rganishga bag‘ishlangan muhim qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qo‘llanmada 
keltirilgan 
O‘zbekiston Respublikasining tuproq-geografik rayonlashtirish sxemasida 
respublikamiz hududi 4 ta tabiiy iqlimiy zonaga: 1. Mo‘‘tadil cho‘l zonasi; 2. Subtropik cho‘l
zonasi; 3. Subtropik tog‘ oldi tog‘ osti yarim cho‘l zonasi; 4. O‘rta Osiyo tog‘ zonasiga 
ajratildi. 
Farg‘ona vodiysi hududining O‘zbekistonga qarashli qismida Markaziy provinsiyasida 
Markaziy Farg‘ona okrugi, O‘rta Osiyo tog‘ tog‘ osti yarim cho‘l provinsiyachasida SHimoliy 
Farg‘ona va sharqiy Farg‘ona tuproq-geografik okruglari ajratiladi. O‘zbekistonning tuproq 
geografik rayonlashtirish sxemasida Farg‘ona vodiysining o‘rni quyidagi jadvalda ifodalanadi. 
Farg‘ona vodiysi tuproqlarining genezisi, geokimyoviy xususiyatlari, sho‘rlanish 
xususiyatlari, eroziyasi, tuproq meliorativ holatining o‘zgarishiga bag‘ishlangan ilmiy 
tadqiqotlar bugungi kunda FarDu professori G‘.YUldashev, V.Isaqov va ularning qator 
shogirdlari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin