I nazariy materiallar


Iqlimiy va gidrologik omillar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Maruza matn (1)

Iqlimiy va gidrologik omillar 
Tuproqlarni hosil bo‘lishi va hududiy tarqalishida geologik-geomorfologik omillar asosiy 
o‘rinni egallasa-da zonal komponent sifatida iqlimiy va gidrologik omillar ham etarlicha 
ahamiyatga egadir.
Eng avvalo iqlimning roliga etarlicha baho berishimiz zarur. Farg‘ona vodiysida ham bu 
ikki zonal omillar tufayli tuproqlarning zonal tiplari hosil bo‘lgan. Iqlimiy omillar tufayli tuproq 
hosil bo‘lish jarayoni faollashuvi yoki sustlashuvi kuzatiladi. Farg‘ona vodiysining iqlimi 
mo‘‘tadil cho‘l va subtropiklar iqlimiga o‘xshab ketadi. Bunday sharoitda yil davomida havo 
haroratining mavsumiy o‘zgarishi bilan sutkalik tebranishlar ham kuzatiladi. Buning natijasida 
esa nurash jarayonlari tezlashib, tuproqning onalik jinsi hosil bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida 
muayyan tabiiy geografik sharoitda iqlimiy omillar tuproq hosil qiluvchi faol komponent sifatida 
ishtirok etadi. Tekisliklar, konus yoyilmalari, adirlar, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda iqlimiy 
kontrastlilik tufayli tuproqlarni zonal va mintaqaviy joylanishi kuzatiladi. Bunday mintaqaviy 
joylanish G‘arbdan SHarqqa va vodiy markazidan atrofga, ya’ni tog‘larga tomon zonal va 
intrazonal tuproqlarni hosil qiladi. 
Iqlimiy xususiyatlariga ko‘ra Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismi quruqligi bilan yaqqol 
ajralib turadi. Bu hududda yillik yog‘in miqdori 94-148 mm gacha etadi. Oktyabr-noyabr 
oylarida 19 %, dekabr-fevral -30 %, mart-may – 40 %, may-sentyabr – 11 % ga teng. 
YOg‘inlarning vertikal gradienti har 100 m da – 5-8 mm, iyul oyi o‘rtacha 26°ga, absolyut 
maksimum - 34° ga teng. Qish esa kam qorli, yanvar o‘rtacha 7° ni tashkil etadi. Vegetatsiya 
davridagi aktiv haroratlar yig‘indisi 4000° ga teng. Daryo turi unchalik yaxshi rivojlanmagan va 
Xo‘jabaqirg‘on soyligi chuqur vodiylarni hosil qilib oqadi. O‘rtacha suv sarfi 10 m
3
/sek.ga teng. 
Sizot suvlari tog‘ oldi tekisliklarida 2-5 m chuqurlikda sug‘oriladigan tekislik hududlarda 
esa 2 m atrofida joylashadi. Sug‘orish ta’sirida tuproq meliorativ sharoitning og‘irlashib borishi 
va sho‘rlanish kuzatiladi.
Tuproq onalik jinsining dag‘alligi ham quruq iqlimiy sharoit tufayli yuzaga keladi.
Asosiy tuproq tiplari och tusli bo‘z tuproqlar hisoblanadi. Ayrim maydonlarda bo‘z 
tuproqlar gipslashgan va sho‘rlashgan. Quruq va issiq iqlimiy sharoitda bunday hudud 
tuproqlarida chirindi miqdori 1,5 % ga etadi. Karbonatlar tarkibi esa – 6-7 % ga teng. Birmuncha 
baland qismlarida tuproq tarkibida shag‘alli jinslar ko‘proq uchraydi va ular tuproqlarni og‘ir 
mexanik tarkibini hosil qiladi. 
Ayniqsa, 800-1300 m balandliklarda tuproqlar biroz namchil sharoitda rivojlanadi, bu erda 
tipik yoki oddiy bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, bu tuproqlar ham bevosita iqlimiy va gidrologik 
omillar ta’sirida bo‘ladi. Daryo vodiylarida allyuvial, loyli-qumoq va qisman botqoqlashgan 
tuproqlar hosil bo‘lgan. Bu tuproqlarning hosil bo‘lishi va rivojlanishida esa gidrogeologik 
sharoit muhim o‘rin egallaydi. Sizot suvlarning er sathiga yaqinligi sharoitida mutlaqo 
gidromorfologik tuproqlar hosil bo‘ladi. Bu erda tuproq hosil bo‘lishi va rivojlanishida 
gidrogeologik sharoit etakchi omil hisoblanadi. Allyuvial tuproqlar chirindiga nisbatan boyroq 
va bu o‘simlik qoplami bilan bog‘liqdir. 
Tog‘ oldi hududlari Farg‘ona vodiysida birmuncha katta maydonlarni egallab, tuproqlarni 
hosil bo‘lishi va joylanishida iqlimiy omillar faollashadi. Bu holat esa yog‘in-sochin miqdorining
nisbatan ortib borishi bilan bog‘liqdir. Tog‘ oldi hududlarining iqlimi bevosita markaziy 
tekisliklar ta’sirida va tog‘li hududlar ta’siri ostida hosil bo‘ladi. Bu o‘tuvchi zonada ham 
tuproqlarning hosil bo‘lishida iqlimiy va gidrologik omillar ishtirok etadi. 
Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi hududlarining ham birmuncha tafovutlari kuzatiladi. 
Masalan, g‘arbiy va sharqiy qismlari iqlimiy tafovutlarda yaqqol ajralib turadi. G‘arbiy va 
janubiy tog‘ oldi qismi sharqiy va shimoliy tog‘ oldi hududlaridan yog‘in-sochin miqdoridagi 
tafovutlarga ega. Ayniqsa, sharqiy tog‘ oldi hududlarida yog‘in miqdori 500-600 mm ga etadi va 
nisbatan etarli namlanishga ega. Tuproqlarni hosil bo‘lish jarayonida iqlimiy omillar katta 


41 
ahamiyatga egadir. Haroratni tebranishi kuchli va ayniqsa, sutkalik o‘zgarishi katta bo‘lib, 500-
800 m balandliklarda vegetatsiya davridagi faol haroratlar yig‘indisi 4300° bo‘lsa, 800 m 
balandliklarda 4000° ga teng. 
Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi hududlari gidrografik jihatdan birmuncha zich hudud 
hisoblanadi. Daryo va soyliklar ushbu hududlarni kesib o‘tib, chuqur vodiylarni hosil qiladi, 
shuning bilan birga delyuvial va allyuvial jinslar daryolar oqizib tushgan onalik jinslar 
hisoblanadi. Ularning katta qismlari esa konus yoyilmalarining yuqori qismlarini egallab, tuproq 
hosil bo‘lish sharoiti juda murakkabdir. Bu avvalo jinslarning keltirilishi va yotqizilishi bilan 
birga nurash jarayonlariga ham bog‘liqdir. Konus yoyilmalarining yuqori va o‘rta qismlari ham 
sug‘orishga tortilgan va sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar mintaqasini hosil qiladi. Ularning litologik 
tarkibi elyuvial yotqiziqlardan iborat. Konus yoyilmalarining yuqori qismida dag‘al skeletli, 
o‘rta va quyi qismlarida mayin donali, loyli, qumoq va qumloq jinslar gidrologik jarayonlarni 
hosilasi sifatida tuproqlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Konus yoyilmalarining quyi va periferik 
qismlarida tuproqlarni hosil bo‘lishi va o‘zgarishida gidrogeologik omil etakchi hisoblanadi. 
Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarining tuproqlarini hosil bo‘lishi va hududiy joylanishida 
ularning geologik tuzilishi relefi bilan birga iqlimiy xususiyatlari, suv ob’ektlarining ahamiyati 
kattadir. Turkiston-Oloy, CHotqol-Qurama, Oto‘ynoq-Farg‘ona tizmalari orografik jihatdan bir 
xil bo‘lsa-da, tog‘ tizmalarining joylanishi, ekspozitsiya, ularda yog‘in-sochin va haroratning 
ma’lum farqlari yuzaga keladi. Bu hududlarda Farg‘ona vodiysining asosiy suv manbalari hosil 
bo‘ladi va vodiy markazi qismiga yo‘naladi. Ayniqsa, suv oqimlari bilan bog‘liq yonbag‘ir 
jarayonlari surilma, o‘pirilma, jarlanish, karst, suffoziya kabi holatlarni keltirib chiqaradi. 
Buning natijasida tuproqlarning emirilishi, yuvilishi tufayli millionlab tonna jinslar tekislik 
qismiga olib ketiladi. Bunday jarayonlar bevosita atmosfera yog‘inlari, daryo va soylarning suv 
oqimi bilan bog‘liq bo‘lib V.L.SHulsning ma’lumotlariga ko‘ra Farg‘ona vodiysining shimoliy 
hududlaridagi tog‘liklar yonbag‘irlaridan 210 t/km
2
yilni, janubiy yonbag‘irlardan esa 900 t/km
2
yilni tashkil etadi. Bunday intensiv yuvilish jarayonlari albatta, tog‘ jinslarining litologik tarkibi, 
o‘simlik qoplamining qalinlik darajasi, qiyalik farqi va nihoyat atmosfera yog‘inlarining 
intensivligiga bog‘liqdir. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin