I nazariy materiallar


Iqlimning asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Maruza matn (1)

Iqlimning asosiy xususiyatlari 
Farg‘ona vodiysi iqlimiy xususiyatlariga va ayniqsa, harorat ko‘rsatkichlariga ko‘ra 
SHimoliy, SHarqiy va Janubiy qismlariga ajratiladi. SHimoliy Farg‘onada yillik o‘rtacha harorat 
450-500 m balandliklarda 13,5º S, 600 m balandliklarda 12-12,5ºS, 1500 m balandliklarda 7,5 º 
S ga teng. 
Qish oylarida harorat inversiyasi kuzatiladi. 1500 m balandliklarda may va sentyabr 
oylarida havo harorati +10 º S dan pastga tushmaydi, yanvar-fevral oylarida -4 - 5 º S ga 
pasayadi. Mutloq yuqori harorat + 33 ºS, minus harorat -27 º S ga pasayadi. 
Namangan shahrida yillik o‘rtacha harorat 13,6 º ga yanvar oyining o‘rtacha harorati -2,1 º 
ni, iyulning 27,3 ni tashkil etadi. 
Popda yanvar oyining o‘rtacha haroratini iyulning esa 27,2 º ni tashkil etadi. 
Uchqo‘rg‘onda yanvar o‘rtacha – ga, iyul o‘rtacha – ga teng. 
Yillik yog‘in miqdori 450-500 m balandliklarda 200 mm 500-600 m m hududlarda 250 
mm, 1000 m li hududlarga 600 mm ga teng. Farg‘ona vodiysining sharqiy qismi yog‘inlar 
miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu esa Farg‘ona vodiysiga kirib kelgan havo oqimlari 
harakatining susayishi va Farg‘ona tizmasining havo oqimlarini to‘sib qolishi bilan bog‘liqdir. 
Yillik o‘rtacha harorat Andijonda - 13ºS, Kampirovotda -12ºS, Jalolobodda -12,9ºS ga teng. 
Yillik yog‘in miqdori 800-1000 m balandlikda 500 mm, 1800-2000 m da 650-700 mm ga 
teng. 2014 yilda Andijonda yillik yog‘in miqdori 255,7 mm ga Jalolobodda yillik yog‘in miqdori 
502 mm ga teng. 
Farg‘ona vodiysining janubiy qismi tog‘li, tog‘ oldi va adirlar hududini, shuningdek, adir 
orti tekisliklarini egallab, Isfara daryosidan to janubi-sharqda O‘sh shahriga bo‘lgan maydonlar 
iqlimiy xususiyatlariga ko‘ra chala cho‘l, cho‘l-dasht mintaqalarini hosil qiladi. Bu erda harorat 
va yog‘inlar ko‘rsatkichi janubi-g‘arbdan janubi-sharqqa tomon va gipsometrik balandliklar 
bo‘yicha o‘zgarib boradi. 800-1000 m balandliklarda yanvar oyining o‘rtacha harorati -3,3º S, 
SHohimardonda – 4,1ºS, Haydarkonda -6,5 ºS, O‘shda -3,4 ºS ga teng. 
YAnvar oyidagi eng past harorat O‘shda -27 ºS ga va Haydarkonda -20 ºS ga teng bo‘ladi. 
Farg‘ona shahrida yanvar oyining o‘rtacha harorati 2014 ma’lumotiga ko‘ra 1 ºS ga teng 
bo‘lgan. Yillik o‘rtacha harorat esa 14,6 ºS ni tashkil etgan. Iyul oyining o‘rtacha harorati 28,3 ºS 
ga teng bo‘lgan. 
Keyingi yillarda Farg‘ona vodiysining iqlimiga doir ma’lumotlar tahlil qilinganda global 
iqlim o‘zgarishi davrida havoning harorati, yog‘inlar miqdori va uning yillik, shuningdek ko‘p 
yillik rejimida jiddiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. 
Olingan ma’lumotlar Farg‘ona vodiysida iqlimning butun vodiy hududida isishi yoki 
sovushi tendensiyasi haqidagi ma’lum to‘xtamga kelish uchun asos bo‘la olmaydi va bizningcha 
XXI asrning birinchi choragida ro‘y berayotgan iqlimiy anamaliyalarning holatini ko‘rsatib 
beradi. 
Bunday ma’lumotlar SHohimardonsoy havzasida olib borilgan gidrometerologik 
kuzatishlarda (Qodirova S.P.) ham statistik jihatdan tahlil qilib berilgan. 
Farg‘ona va SHohimardon meteostansiyalarida 1970-2011 yillarda olib borilgan 
kuzatishlarga ko‘ra atmosfera yog‘inlari yiliga 0,47 % va 0,74 % o‘sishni tashkil etgan. 
Jumladan, qishki yog‘inlar Farg‘ona meteostansiyasida yiliga 0, 15 % ni, SHohimardonda 0,39 
% ni tashkil etgan va bu holatda yozgi yog‘inlarning o‘sish miqdori qishki yog‘inlarga nisbatan 
ko‘proq bo‘lgan. 
Soliev E.ning Farg‘ona vodiysining turli hududlarida joylashgan ayrim meterologik 
stansiyalarda kuzatilgan havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichi 1930-2010 yillardagi ma’lumotlari 


27 
asosida tahlil qilishicha qish va yoz oylarida ham havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichlari bir 
muncha ortgan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin