I oliy va o`rta


- asosiy savolning bayoni



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
1- asosiy savolning bayoni: 
O`rta Osiyoning eng qadimiy Xalqlaridan bulgan uzbek Xalqi ma‘naviy 
madaniyati tarixida suz san‘ati va uning eng qadimgi turi hisoblangan Xalq ijodi
ayniksa, uning epik janri dostonlar goyat faxrli urin tutgan, mexnatkash Xalq 
ommasining goyaviy, axloqiy, ma‘rifiy, ma‘naviy va estetik takomilida Xalqning asrlar 
davomidagi xayotiy tajribalari, ozod va farovon hayotga intilishlari, adolatsizlik va 
xaqsizlikka karshi kurashlari uz ifodasini topgan. Shu ma‘nolarida asrlar davomida 
saykal topib, avloddan-avlodga utib kelayotgan uzbek Xalq dostonlari ijtimoiy 
tarakkiyot bilan boglik bulib, Xalq turli davrlarda sodir bulgan iktisodiy-ijtimoiy 
uzgarishlarni, insoniy, ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarni, marosim va urf-odatlarni 
uzida qamrab kelgan boy va mukammmal bir manbadir. Binobarin, bu manbani xar 
jixatdan urganib, ularda ifodalangan an‘anaviy qadriyatlarini, muxim goyalarni 
umumlashtirib va ulardan yosh avlodni tarbiyalashda ular orqali yuqolib borayotgan, 
insoniy qadriyatlarni tiklashda samarali foydalanish Xalq ta‘limi oldida turgan, xozirgi 
qayta kurishga va jumxiriyatimiz istikloliga xizmat qiladigan dolzarb vazifalardandir. 


55 
Buni biz uzbek Xalq eposining faxri, Xalqimizning yagona qaxramonlik eposi 
«Alpomish» dostoni misolida kurishimiz mumkin. «Alpomish» dostoni juda qadim 
zamonlardayok uzbek Xalqi urtasida keng tarkalgan bulib, Xalq shoiri va baxshilari 
tomonidan uni kuylash katta san‘at, iste‘dod va maxorat hisoblangan, uni kuylaganda 
esa aloxida xurmat –e‘tiborga va nufuzga ega bulganlar. Shu sababli, «Alpomish» 
dostonining variantlari xam kup.Chunonchi, xozirgi kungacha jumxiriyatimiz xududida 
bu dostonning uttizga yakin variyantlari yozib olingan bulib, ular ichida eng 
mukammmali, goyaviy-badiiy jixatdan eng yuksagi Fozil Yuldosh uglidan 1928 yilda 
yozib olingan variantidir. Shuning uchun xam dostonning shu varianti uzbek va rus 
tillarida kuplab marta nashr etilib, keng kitobxonlar ommasi tomonidan sevib ukilib 
kelinmoqda. Chunki «Alpomish» dostonida Xalqimizning kaxramonona utmishi, 
yanada aniqroq aytadigan bulsak, urugchilikning yemirilishi davrida chorvador 
Xalqimiz xayotida davlatchilikning paydo bulishi davrining munosabatlari, ijtimoiy-
siyosiy xayoti, udumlari axloq-odobi, qardoshlik tuygulari, kurashi, uy-fikrlari, orzu 
xavaslari yorqin ifodalangan.«Alpomish» dostoni ikki qismdan iborat bulib, unda uzbek 
Xalqimizning qabilachilikdan feodalizmga kuchish, feodalizmning dastlabki kunlari 
tas‘virlangan.
Dostonning mazmunidan ma‘lum buladiki, uning birinchi qismida oila uchun 
kurash g`oyasi, ikkinchi qismida esa urug birligi uchun, uz elining or-nomusi uchun 
kurash g`oyasi ilgari surilgan. Doston syujeti un olti urug Kung`irot elida Alpinbiyning
ugillari Boyburi va Boysarilarning farzandsizlik dogida iztirob chekib yurishi va 
dostondagi an‘anaviy motivga kura, xudo Boyburiga egiz bilan boshlanadi. Mana shu 
farzand kurish voqrasidayoq Xalqimizning an‘anaviy udumlari suyunchi olish, tuyga 
tayyorgarlik, maslaxat oshi va tuy utkazish udumlari yorqin ifodalanganini kuramiz. 
Chunonchi: «Boylar shul vaktda ovdan kaytdi :bu yokdan shul vaktda farzandlar yer 
yuziga tushdi. Bir nechalar boylarning oldiga chikib, suyunchi oldi: Biylar vakti ziyoda 
xush bulib, manzilga kelib joy olib, xar tarafga xabar yuborib, tuy- tomosha kilmoqchi 
bulib, choglanib, sozlanib, un olti urug Kung`irot elining katta kichik biylarini, oksokol 
arboblarini yig`dirib, tuy qilamiz deb maslaxat qildi. Xamma mamlakatda ovoza bulib,
eling-yurting katta-kichiklari kulluk bulsinga kelib, dustlari shodmon bulib, 
dushmanlari g`amgin bulib, ilojini topolmay, g`amgin bulsa xam, xech kim (yuragini) 
yorolmay, bular xam kulluk bulsinga kelaverdi,. Un olti urug Kung`irot urugining 
odamlari, eshitgan xaloiqlar gurros-gurros bo`lib kelaberdi. Katta-kichik kelib, tuyni 
asboblarini tuzatib, kancha sukim mollar suyib, osh-palovni damlab, fukarolar tuyib, 
shu asnoda kirk kecha-yu,kunduz tuylab yotdi. Shu kichik parchada keltirilgan 
an‘anaviy udumining ne xayotiyligi, Xalqimiz onggi va odati chuqur singib ketganligini 
ularning xozirgi davrining yashab, davom etib kelayotganligidan xam anglash mumkin.
Xalq dostonlarida milliy an‘analar, urf-odatlar, insoniy kadriyatlar doim ijobiy 
obrazlar xatti-xarakat bilan bog`lab tasvirlanadi, ular timsolida mardlik, tugrilik, 
adolatparvarlik, vafodorlik, xalollik birinchi uringa kuyiladi. Qaysi davr dostoni, qissasi 
yoki yozma adabiyoti na‘munasi bulmasin, ulardan insoniy qadriyatlar ulug`lanadi. 
Masalan: »Alpomish» dostonida sevimli yor, oila va urug` birligi yuli kursatilgan 
mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, turli ellar va Xalqlar birdamligi, dustlik va samimiyat 
uluglangan. Xalqning qaxramonlik va mardlik xaqidagi ideallari sodiq do`st, vafoli yor, 
oqibatli jon-jigar to`g`risidagi orzu-umidlari dostonining asosiy ijobiy qaxramonlari 
Alpomish, Barchin, Qorajon, Qultoy, Yodgorlar timsolida tas‘virlanadi. Xalq ularni o`z 


56 
dushmanlariga qarshi kurashda har ishga qodir, jismoniy baquvvat, ma‘naviy yetuk 
qaxramonlar qilib yaratgan. Masalan: Qo`ng`irot urug`i boshliqlari Boybo`ri va 
Boysarining bolalari Xakimibek va Barchin ajoyib, g`aroyib sharoitlarda tugiladi va 
yoshligidayoq Shoxmardon pirim tomonidan unashtirildi. Xakimbek yoshligidanoq 
bahodirona ishlarga qodir bo`lib, o`sdi va yetti yoshdayoq bobosi Alpinboydan qolgan
o`q kamonli sari yoydan otib, Askar tog`ining chuqqisini uchirib yuborggani uchun 
Alpomish nomini oladi va tuqson alpning biri bo`lib qoladi. 
Alpomishning asosiy jasorati, qaxramonlik zakot talab qilganligi uchun akasi 
Boyburidan arazlab, o`n besh kunlik masofada Qalmoq yurtiga, Kashal yurtiga kuchib 
ketgan.
Dostonning xam birinchi va xam ikkinchi qismidagi Qalmoq lashkariga 
qarshi kurashda Alpomishning adolatparvar, oddiy odamlarga jonkuyar va 
xayrixox, bechoralarga madadkor ekanini kuramiz. Zero, Alpomish qalmoq yurtiga 
boskinchilik kilish uchun emas, balki Qalmoq shoxi tomonidan mol-mulkni tortib 
olinib, uzi xizmatkor kilingan Boysariga madad berish va uni Boysunga olib kelish 
uchun boradi. Xar ikki xolda xam Qalmoqshox lashkari unga xujum kilgani uchun 
dushmanga karshi jangga otlanadi. Demak, adolatga qarshi kurashadi. 
Ikkinchi jixatdan bu kurashda Alpomish shu yerdagi progressiv kuchlarga 
tayanadi. Bular Qalmoq yurtining malikasi tovka va oddiy chupon Kaykubot. Ular 
Alpomish zindonda yotganda va undan kutulib chikishida katta yordam beradilar. 
Bunda odamga odam dust bulib, yaxshilik kilishi, sadokat va muruvvat kur satishi 
kerakligi targib kilinadi. Bu ulug insoniy fazilat Alpomish Toychaxonni 
mag`lubiyatga uchratgach, Kaykubotni uning urniga podshox kilib tayinlaydi va 
taxtni egallaganini konunlashtirish uchun Toychaxon kizi Tovkani Kaykubotga 
xotinlikka olib beradi. Demak, Kaykubotning Qalmoq eliga shox kilib 
tayinlanishida shu ulkaning Alpomish boshliq Qung`irotliklarga tobe kilinishi va 
shu yusinda markazlashgan Qung`irot davlatining tashkil topayotganini kurish 
mumkin. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin