Maktabgacha davrdagi bolalarda idrok. Idrok qilishda narsa va hodisalar yaxshi tarzda aks ettiriladi. Idrok qilish turmush tajribasiga bog‘liq. Shuning uchun bolalarga narsaning nomini va yana uning belgilarini xususiyatlarini ham aytib berish ahamiyatlidir. Ekskursiyalar, xayvonot va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda bolalar idrokida sistemasining rolini oshirish kerak. Bu ularda tasavvurni shakllantiradi. Shakllarni idrok qilish rivojlanadi. Makon va zamonni idrok etish qiyinchilik bilan kechadi. Ularga narsa qanchalik o‘zoqlashsa ushuncha kichik tuyuladi. Maktabga chiqkanda makon o‘lchovlari metr, santimetr, kilometr kabi tushunchalarni o‘zlashtiradi. Kecha, bugun, ertaga, indinga, avval, keyinoy, yil, ertalab, kun, tun, kechasi peshin kabi tushunchalarni idrok qilishda, tushunishda va aytishda qiynalishadi. Turmush tajribalari ortishi bilan, bog‘chada mashg‘ulotlar o‘tishi orqali makon va zamonni idrok qilish shakllanadi.