Maktabgacha davrdagi bolalarda xotira. Idrok qilingan narsa va hodisalarni, kechirilish tuyg‘u, o‘ylagan fikr, qilingan harakatlarni esda qoldirish, esda saqlash va keyin esga tushirishdan iborat bo‘lgan psixik protsessdir. Xotira jarayoni O.N.F. bilan bog‘liq. Nerv sistemalari juda egiluvchan va tassurotlarga beriluvchandir. Shuning uchun bolalarda vaqtli bog‘linishlar xosil bo‘ladi. Ashula ritmli she’r, qiziqarli xolatlar chuqur tasir etadigan narsalar beixtiyor esda qolaveradi. Nerv sistemasini yangi qo‘zg‘aluvchan bo‘lgani uchun vaqtli bog‘lanishlar beqaror bo‘ladi, ya’ni mustaxkam bo‘lmaydi. Shuning uchun tez unutadilar. Bolalar katta bo‘lishgan sari, nutqlari rivojlangan sari ular o‘zlariga kerakli narsalarnigina esda olib qoladigan bo‘ladi.
Ularda mexanik esda saqlab qolish, manitqiy esda saqlab qolish maktab davri yakinlashgan sari ko‘rinadi.
Bogcha yoshidagi bolalar (xususan kichik gurux bolalari) uzlarining faoliyatlari uchun qandaydir axamiyatga ega bulgan, ularda kuchli taassurot koldirgan va ularni kiziktirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib kolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib qolishni uz oldilariga maksad kilib quymaydilar va xali maksad qo’yishni uddasidan xam chikaolmaydilar.
Bogcha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib kolishning xukmron bulishi tasodifiy bir xil emas. Buning uz sabablari bor. Xar bir tarbiyachi – pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlarni yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini tugri rivojlantirish mumkin. Bogcha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farki, avvalo ular oliy nerv faoliyatining uziga xos xususiyatlari bilan bogliqligidadir. Bir kator psixologlar tomonidan utkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining kursatishicha, bogcha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi maxsus xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bogcha yoshidagi bolalarning nerv sistemasi xuddi ilk bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakterga egadir, ya’ni ularning nerv sistemalari xaddan tashkari egiluvchan, ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun xam bu yoshdagi bolalarda vaktli boglanishlar (assotsiatsiyalar) juda yengillik bilan xosil buladi. Bolalar nerv sistemasini xususiyati ularning esda olib kolish kobiliyatlariga xam ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli bogcha yoshidagi bolalar ashula ritmli she’r qiziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalarni beixtiyor xamda juda tez eslarida saklab qolaveradilar.
Ikkinchidan bogcha yoshidagi bolalar nerv sistemasi yengil kuzgaluvchan bulishi bilan birga yuzaga keladigan vaqtli boglanishlar (assotsiatsiyalar) hum beqaror buladi, ya’ni mustaxkam bulmaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli narsa va xodisalar ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qolmaydi . Ular tez esga olishlari bilan birga tez unutib xam yuboradilar. Ko’pincha narsa va xodisalarning bog’cha yoshidagi bolalar xotiralarida mustaxkam saklanib kolishi shu narsa va xodisalarning bolaga qanchalik emotsional ta’sir qilishiga bog’liq buladi.
Uchinchidan, bogcha yoshidagi bolalar nerv sistemasida kuzgalish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust bulganligi tufayli ular uxshash va birdaniga ya’ni bir vaqtning uzida juda kup idrok qilingan narsalarining farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular birdaniga idrok qilgan juda kup narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar. Agar bogcha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bulgan, ya’ni idrok kilgan narsalarini bir boshidan suzlab berish iltimos kilinsa, u ma’noli va sistemali qilib suzlab berolmaydi. Bola bunday xolda gapni tasodifiy esiga tushib qolgan narsalarni boshlab ketaveradi. Chunki birdaniga kurgan juda kup narsalarini bola tamoman aralashtirib yuborgan buladi. .
Bola esida olib qolgan narsalarida xali sistema yuq. Shuning uchun bola dastavval chuqur taassurot koldirgan, ya’ni esida chuqur urnashib kolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa chikarish mumkin. Agar bogcha yoshidagi bolaga bir vaktning uzida xaddan tashkari kup narsalar kursatilsa, ular xamma narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar va birontasini xam puxtarok esda olib kololmaydilar.
O’tkazilgan tajribalarning kursatishicha kichik bogcha yoshidagi bolalarga nisbatan urta va katta yoshdagi bogcha bolalarida ixtiyorsiz va mexanik ravishda esda olib kolish xamda esga tushirish kobiliyati biroz susayadi. Ammo bundan, bolalar ulg’aygani sari ularning xotirasi kuchsizlanadi degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki, bolalar usib, turmush tajribasi ortgan va nutki usgan sari, ular narsa va xodisalar surunkasiga, ya’ni tugri kelganicha emas, balki tanlab ya’ni uzlariga kerakligini esda olib qoladigan bula boshlaydilar.
Shuni xam aloxida ta’kidlab utish lozimki, keyingi yillar mobaynida bogcha yoshidagi bolalarda mantikiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda olib qolishga nisbatan mexanik esda olib qolish ustun uladi, degan fikr mavjud bulib, shu bilan birga mexanik esda olib qolish mantiqiy esda olib kolishga qarama-karshi kuyilar edi. Sunggi yillarda o’tkazilgan eksperimental tekshirishlar natijalarining kursatishicha, bog’cha yoshidagi bolalarda xam narsa va suzlarning ma’nosiga tushunib esda qoldirish samarali ekani aniqlangan. Lekin bog’cha yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari ularga tula tushuniladigan material berilganda yaqqol kurinadi.
Bog’cha yoshidagi kichik bolalarda kuprok obrazli xotira rivojlangan buladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan kurgan narsalarini yaxshi eslarida olib qoladilar. Uning asosiy sababi, birinchidan, bogcha yoshidagi bolalarning idroklari, konkret obrazli xarakterga ega. Ikkinchidan, ularda xali nutk tula tukis shakllanmagan. Bolalar yukori guruxlarda nutkni anchagina egalla bolganlaridan keyingina suz bilan ifodalab olingan narsalarni esda yaxshi olib qoladigan buladilar. Bolalar juda kup narsalarni asosan turli uyin faoliyatlari davomida eslarida olib qoladilar. Shuning uchun ularning esda olib qolishlari kupincha epizodik va tasodifiy xarakterga ega buladi. Bu esa eslarida olib qolingan narsalarni ma’lum bir sistemaga solishni qiyinlashtiradi. Shu tufayli bolalarning xotiralaridagi narsalar tartibsiz bir-biri bilan aralashib ketadi. Natijada biron narsani esga tushirishlari kiyin buladi. Bogcha yoshidagi bolalar xotirasiga xos bulgan tartibsizlikni yukotish va xotirasini ustirish juda kup jixatdan tarbiyachilarga boglikdir. Tarbiyachi bolalarni esda olib kolishlari lozim bulgan materialni ularning yosh xususiyatlariga mos qilib tanlashi kerak. Bolalar xotirasini mashk kildirishda turli mazmunli uyinlardan foydalanish maksadga muvofikdir. Umuman, bolaning materialni esda olib kolishini va qayta esga tushirishini tarbiyachi doimo boshqarib borishi zarur. Chunki bogcha yoshidagi bola xotirasining barcha tiplari usa boshlaydi. Birok, shu narsa xarakterliki, xotiraning asosiy turlari orasida (masalan, obrazli, mexanik, mantiqiy kabi) xarakat xotirasi nisbatan kuchliroq rivojlanadi. Shuning uchun xam turli xarakatlarni xamda musiqa ostida uynashni bu yoshdagi bolalar osonlik bilan uzlashtiradilar. Mexanik tarzda uzlashtiriladigan nutk materialni xam kisman xarakat xotirasiga kiritadi. Shu sababli bogcha yoshidagi bolalar tez aytiladigan turli ritmdagi she’rlarni bir-ikki kaytarishdayoq yodlab oladilar. Masalan, bekinmachok, uyin o’ynash oldidan aytiladigan "sanash"lar. Bekinmachoq uyinining sanashlarida xech kanday ma’no yuk. Lekin juda ifodali va jarangli ritmika bor.
Bogcha yoshidagi bolalarda emotsional xotira yaxshi bulsa xam, lekin xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda kuchlirok buladi. Katta odamlar kuchli emotsional ta’sir kilgan ba’zi narsa va xodisalarni xech vakt eslaridan chikarmaydilar. Bogcha yoshidagi bolalar esa kuchli emotsional ta’sirqilgan narsalarni xam ba’zan eslaridan chiqarib kuyishlari mumkin. Bolalar xotirasini ustirishda tarbiyachi va ota-onalarning nutki xam nixoyatda katta rol uynaydi. Bola bilan gaplashilganda nutk sodda, talaffuz anik va tushunarli bulishi kerak. Xotiraning tarakkiyoti bolaning bogcha yoshi davrida tugallanmay, bolaning bundan keyingi tarakkiyotida, ya’ni ta’lim tarbiya va turmush tarziga karab uzgarib usib boradi.
Dostları ilə paylaş: |