I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining kommunikativ vosita sifatida rivojlanishi



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə47/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
болалар психологияси

Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining kommunikativ vosita sifatida rivojlanishi.

Bogcha yoshidagi bolalar nutkining rivojlanishi ularning faoliyati, mulokati bilan uzviy boglikdir. Bola suzlarning mazmuni va shaklidagi uzgarish, uning mulokat shakllari uzgarishi bilan bog’lik buladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutk ishchan mulokat shaklidan nosituativ bilishga yunaltirilgan va nosituativ – shaxsiy mulokat shakliga utilishi bolalar nutkiga ma’lum bir talablarni kuyadi. Bu talablar bola nutkining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni xal kilishi uchun zarur bulgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog’cha yoshidagi bolaning nutki sotsial kontaktlarni urnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutk tarkib topishi, monolgik xususiyat kasb etib borishi lozim buladi. Bogcha yoshida bola nutkining rivojlanishidagi muxim xususiyat nutk tafakkur kuroliga aylanishidan iborat. Bola so’z­ boyligining usishida 2 muxim tomon – mikdor va sifat tomonlari mavjud.

Lug‘at boyligining mikdoriy usishi D.B.El’koninning kursatishicha bevosita bolaning xayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga borlik sunggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutkning tarkibini urganishga bagishlangan tadkiqotlarda avvalgi tadkiqotlarga nisbatan yukoriroq mikdoriy kursatkichlar aniklandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko’ra 3 yoshga kelib, bola lug’atida 1200 ta suz mavjud bo’ladi. 6 yoshli bolaning aktiv lug’ati esa 3000-3500 suzni uz ichiga oladi. Vaxolanki, 40-60 yil oldin utkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug’ati 400-600 suzdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug’ati esa 2500-3000 suzdan iborat deb kursatilgan edi.

Situatsion – ishchan mulokot shaklidagi bolalar leksikasi (nutki) konkret predmetli vaziyat bilan bog’lik. Bu xolat shunda kurinadiki, bolaning nutkida ot so’z turkumiga oid suzlar kup buladi. Sifat turkumidagi suzlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlarning faqat tashki xususiyatlari: rangi, ulchami (barcha sifatlarning 96,4%) ni ifodalaydi. 98% fe’llar faqatgina konkret predmetli xarakatlarga nisbatan ishlatiladi.

Bolalarning nosituativ – bilishga yunaltirilgan (vaziyatga­situatsiyaga bogliq bulmagan) mulokotida ular kattalardan xar xil narsa va xodisalar xakida axborot olishga bogliklikdan ozod buladi. Asta ­sekin atrof-olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi suzlar zaxirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifat turkumiga oid suzlar (11,25%) va emotsional xususiyatlarni ko’rsatuvchi so’zlar (5%) paydo bo’ladi, irodaviy va intellektual xarakatlarni anglatuvchi fe’l turkumidagi so’zlar (6,24%) vujudga keladi.

Nosituativ – shaxsiy muloqotda, bola odamlar urtasidagi munosabatlar xakida axborot olishga, uzining fikrini kattalar fikri bilan takkoslashga xarakat qilar ekan, uning nutkida umumiy grammatik murakkablashish ro’y beradi. Sifat turkumidagi so’zlar quyidagi nisbatda bo’ladi: atributiv (tashki xususiyatlarini ifodalovchi) - 69,80%, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar­ 14,65%, axlokiy xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar - 9,3%. Irodaviy va intellektual xarakatlarni ifodalovchi fe’llar ancha ko’payib, nutkida ishlatilayotgan barcha fe’llarning 9,76% ni tashkil etadi.

Bolaning lug’at boyligi nafaqat mikdor jixatdan, balki sifat jixatdan xam o’sib boradi. Bu asosan bolalarning so’zlar mazmunini uzlashtirishi bilan kechadi. Lug’atni egallash jarayoni tushunchalarni egallab borish bilan uzviy bog’lik. L.S.Vigotskiy yozishicha, "Psixologik tomondan olib qaraganda, so’zlarning mazmuni va ma’nosi bu umumlashma yoki tushunchadan o’zga narsa emas. Biz so’zning ma’nosini bemalol tafakkur fenomeni deb xisoblashga xaklidirmiz".

Barcha yoshidagi bolalar eng avvalo kurgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlariga jalb etilgan predmetlar, xodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishi uzlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko’rgazmali xarakat va ko’rgazmali-obrazli xarakterda ekanligi bilan tushuntirish mumkin. Shu tufayli xam, barcha yoshidagi bolalar lug’atida abstrakt (mavxum) tushunchalar deyarli uchramaydi.

Agar, 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshirikda nutkiy faoliyatning elementi bulmish so’z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan, gap tarkibidan so’zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, S.N.Karpovaning tadkikoti ko’rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi. Berilgan gap tarkibida nechta so’z mavjud degan savolga bolalar gapni "boshdan oyok" kaytadan takrorlaydi. Masalan, "Koptok yumalab ketdi" degan gap berilsa, bola (5-9 yoshli) bu gapda bitta so’z "Koptok yumalab ketdi" degan suz borligini aytadi.

S.N.Karpovaning tadkikoti shuni isbotladiki, bolada gap tarkibidan barcha turdagi so’zlarni kunikmasini shakllantirish mumkin. Buning uchun so’zning barcha yoshidagi ajratib olish ularga mezonlarini, ya’ni so’z tovushlarining majmuasidan iboratliligini, so’z doim muayyan mazmunga egaligini anglashi lozim (albatta, bolalar yoshiga mos keluvchi usullar bilan) bo’ladi. Shunday kilinganda, yoshidan kat’iy nazar bolalarda so’z xakida adekvat va anglangan tasavvurlar paydo buladi.

Bu maksadda bolaga nutkning tushunarli mezonlarini o’rgatilmasdan, fakatgina astensiv ta’riflarni, ya’ni so’zlarni kurgazmali namoyish etish orkali ta’riflashni ishlatish mumkin. Ana shu asosda G.A.Belyakova bolalarda stixiyali ravishda shakllanib kolgan suz xakidagi tasavvur, "suz" suzining ma’nosi aniklashtirilib boradi.

Katta bogcha yoshi davrida suzlarning tuzatilishini stixiyali tarzda uzlashtirish natijasida bolalarda suzni tarkibi jixatdan taxlil etishning elementar shakllari yuzaga keladi.

Nutkning fonetik (tovush) sistemasini uzlashtirish jarayoni tovushlarni tugri talaffuz etish va fonematik eshitishning rivojlanishini o’z ichiga oladi.

Nutqning fonetik tarkibini o’zlashtirish 1 yoshning oxirlariga kelib boshlanadi. Bog’cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan ona tilining barcha tovushlarini egallab bo’ladilar. Birok shunday bog’cha yoshidagi bolalar xam uchraydiki, ularda ancha katta yoshda xam nutkiy nukson talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy sababi nutq apparati motorikasining sekin rivojlanishidir.

Ona tilidagi tovushlarni uzlashtirishda nutqning sensor asosi­fonematik eshitishning rivojlanishi xal qiluvchi axamiyatga ega buladi. Fonematik eshitish deganda, nutq tovushlarini idrok etish, suzlar tarkibida ularni xar xil ma’noli birliklar sifatida birlashtirish va ajratish tushuniladi.

N.X.Shvachkin bolalar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish bosqichlarida urganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shakllanib bulishini isbotladi. Bu davrga kelib, bola atrofdagi kattalar nutqining tarkibidagi barcha fonematik xususiyatlarni farqlab oladi. Shuning uchun atrofdagilarning to’g’ri va notug’ri talaffuzini farklay oladi. Bog’cha yoshidagi bola notug’ri talaffuz etilgan suzlarni asta-sekin farqlamay qo’yadi. Bolada so’zlar va tovushlarning fonetik obrazlari shakllanadi. Bu davrda bolalar nutkining fonetik tomoniga katta diqqat bilan karaydi.

L.E.Jurovaning fikricha, bolalarni til olamiga o’rta bog’cha yosh davrida ya’ni til xususiyatlarini ayniqsa, o’tkir xis etish davrida olib kirgan ma’kul. L.E.Jurovava N.V.Durovalarning eksperimental tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, 4 yoshda bolalar nafaqat so’z tarkibidagi tovushlarni intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va jarangsiz undoshlarni farqini, so’zdagi birinchi tovushni aytib berishni o’rgana oladilar. Bu esa 5 yoshli bo tovushlarni taxlil etish kunikmalari rivojlanishining muxim zaruratidir.

Nutq juda erta bolaning va atrofdagilarning amaliy faoliyati bilan bog’lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur vositasiga aylanadi. Boshqacha kilib aytganda, nutkning amaliy faoliyati bilan aloqadorlik shakllaridan biri bulajak xarakatlarni rejalashtirish, kechayotgan xarakatlarga nutkning yuldosh bulishi va xarakat natijalarini nutq vositasida ta’kidlab kuyishda namoyon buladi. Bularning bari esa aqliy faoliyatiing shakllanishi uchun juda zarur.

Bog’chagacha davrning oxiri kichik va urta bog’cha davrlarda nutq bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.

Bog’cha yosh davrda bola uzining xarakatlari, ularda ishlatayotgan buyumlari xaqida xech kimga murojaat kilmay aytib beradi, kelajakdagi xarakatlarini rejalashtiradi va natijalarni analiz qiladi. ("qo’g’irchoq uxlayapti", "Mashinani tuzatishsa, u yuradi ", "Odamcha yikilib ketdi, xozir men uni kutarib kuyaman"). Bunda nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje "egotsentrik nutq" deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq bola tafakkurining egotsentrik xarakteri, individual nutkning xali yetarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.

Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje aytganidek, ijtimoiylashgan nutqqa karama-karshi nutq emas, balki uz tabiatiga kura u xam ijtimoiy nutkdir. Uning paydo bulishiga sabab xali bolaning uziga va uzgalariga yo’naltirilgan nutkni uzaro farqlay olmasligidadir. Egotsentrik nutkning yuzaga kelishi kichik bog’cha yoshidagi bolalarning kattalar bilan xamkorlikda faoliyat qilishga moyil bulishlari bilan bog’liq. Bolaning mustakil faoliyat kursatishni kanchalik sust bo’lsa, ushbu moyillik yuqori bo’ladi. Egotsentrik nutq esa kattalar bilan xamkorlik qilishning urnini bosuvchi o’ziga xos nutkiy urinbosar vazifasini bajaradi.

Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatini rejalashtirish vazifasini xam bajarar ekan. Bola oldindan o’z faoliyatining maksadini og’zaki ifodalaydi. So’ngra faoliyatni bajarish davrida olingan natijalarni og’zaki qayd etadi,og’zaki ravishda yangi xarakatlarni rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi.

Bog’cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2 bosqichdan iborat bo’ladi:

1) og’zaki tarzda karor kilish va faoliyatni rejalashtirish;

2) tuzilgan reja va kabul kilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig’ilib, interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo’nalib) , 5-6 yoshli bolalarda ichki nutqqa aylanadi.

Bola faoliyati va mulokotidagi yangi-yangi extiyojlar nutqni intensiv ravishda uzlashtirishga sabab bo’ladi. Bola nutqi borgan sari mazmunliroq bo’lib boradi. Situativ nutq – kichik bog’cha yoshdagi bola nutqining asosiy shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot beruvchi nutqqa urnini bushatib beradi. Kontekst nutk bu nutkni suxbatdosh fakat til vositalari asosida, vaziyat (situatsiya) ga tayanmay turib tushuna olishi bilan xarakterlanadi.

Nutkning kontekst shakli fikrning tulaligicha, mantikiy tug’ri ketma-ketlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning qo’llanishini takozo kiladi. O’z tuzilishiga kura kontekst nutk yozma nutqqa yakinlashadi. Kontekst nutqning muxim xususiyati uning ixtiyoriyligidir.

Bog’cha yoshidagi bolalarni savodxonlikka urgatish bo’yicha olib boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chikilgan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Savodxonlikka urgatishning bog’cha yoshiga muljallangan shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan.

Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va xususiyatlarini urganishga xamda buning uchun eng optimal yosh davrini aniqlashga karatilgan maxsus tadqikotda NS.Voronsova 5-6 yoshli bolalar savodxonlikni o’rganishda tanlovchan tipdagi qabul kilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa o’qishga e’tiborli bulishini aniqladi. Shundan kelib chikib, N.S.Voronsova 5 yoshni tovushlarni analiz qilishga o’rgatishning eng optimal davri, bu yoshni esa uqishga urgatishga eng optimal (eng yaxshi va qulay) davr ekanligini ta’kidladi. Shunday kilib, bog’cha yosh davrining eng muxim xususiyatlaridan biri 4-5 yoshlarga kelib, nutqning rejalashtirish funksiyasi paydo bo’lishidan iborat. Dastlab rejalashtirish og’zaki tarzda amalga oshirilsa, keyinchalik bog’cha yoshining oxirlarida ichki nutk orkali rejalashtirish boshlanadi.


Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin