I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsining rivojlanishi



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə48/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
болалар психологияси

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsining rivojlanishi.

Oila bolani urab turgan ijtimoiy muxitning eng muxim buginidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri benixoyat kattadir, Bolaning mustakilligi nisbiy bo’lib, u ko’p jixatdan kattalar karamog’i va yordamiga muxtoj bo’ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo’ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bulib xizmat kiladi.

Psixiatrlarning ta’kidlashicha, bolani xaddan tashqari kattiqqo’llik bilan tarbiyalash unda nevrozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillaridan biridir.

Albatta, xar bir oiladagi munosabatlar o’ziga xos xamda takrorlanmasdir. Birok ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jixatlari xam mavjuddir. Ota onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga kura urtadagi munosabatlar ko’pincha "demokratik" va "avtoritar" nazorat kiluvchi kabilarga ajratiladi.

Bolalarga oilaviy ta’sir etishning "demokratik" shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko’p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko’p kontakt qilandi, unda ishonch va xurmat bilan munasabatda bulinadi, ota-onalar bo’lar-bo’lmas ta’qiblarini ko’ymaslikka xarakat qiladilar, buning o’rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning kizikuvchanliklarini qondirishga xarakat qiladilar.

Oiladagi "avtoritar" muxit bolalarga nisbatan xaddan tashqari ta’qiqlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. "Xukmron" ota-onalar boladan tuliq buysunishini talab kiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o’tkaziladi.

Shu narsa aniklanganki, "avtoritar" va "demokratik" oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo’ladi. ."Demokratik" oilalarning farzandlari ijodkorlikka mayil tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (gurux; fikrga tobe bulishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida ko’proq emotsiyalarni xis etuvchi bo’ladilar.

Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo’lishicha, oiladagi muxit iliq ota-ona va bola urtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo’lsa, bola uz tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog’lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavkega ega buladilar. Shu narsa aniklanganki, bola kanchalik ko’p mexr-muxabbat kursa, shaxs sifatida anchagina sekin yetiladi, u passivlikka va apatiyaga moil bo’ladilar, extimol, keyinchalik ulardan kuchsiz xarakter shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo’lgan muloqat xarakteri, ularga mexr-muxabbat bilan, diqqat­e’tibor bilan munosabatda bulishi usib kelayotgan inson axlokiy qiyofasining shakllaiishida o’ta muxim rol o’ynaydi. Shuning uchun xam barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muxitning sog’lom bo’lishini taqozo qiladi.

Bog’cha yoshidagi bolalarning oila a’zolariga bulgan munosabatlari o’g’il va qiz bolalarda farklanadi. Masalan, o’g’il bolalar qizlarga nisbatan ko’proq o’z jinsidagi oila a’zolari -otasi, akasi, bobosiga o’zini yakin tutadi .

Oilaning bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishidagi o’rni beqiyos ekan, oila a’zolari bolalarining psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog’lom munosabatlar muxitini yaratishlari lozim, tarbiyachilarning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.

Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo’ladigan muloqati muxim axamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo’lgan kizikishlari bolada kattalarga bo’lgan kizikishidan biroz keyinrok 1 yoshning oxirlarida paydo bo’ladi. Biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog’cha yoshi davrida mustaxkamlanib boradi.

4-5, yoshli bola uchun eng og’ir jazo – bu uni o’z tengdoshlari bilan muloqotda bulishidan maxrum etishdir. Bolalar guruxiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishi uning "bolalar jamiyati" a’zolari bilan bulgan munosabatlarini xisobga olmay kurib chikish va o’rganish mumkin emas.

Ya.A.Komenskiy bog’cha yoshidagi bolalar guruxini odamlari jtimoiy birligining ilk pog’onasi, "kurtagi" deb xisoblaydi.

Bolalar o’z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq xar doim xam ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o’rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruxda ancha faol bulib, uzlarini go’yo "suvdagi baliqday" xis etadilar. Ayrimlari anchagina nokulaylikni, o’zlariga nisbatan ishonchsizlikni, boshkalarga tobelikni xis etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo’lgan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik xissini kuchaytirib, uning guruxga qattiq bog’lanib qolishiga sabab bo’ladi. Biroq ijobiy munosabatlari yo’qligi bolani tushkinlikka solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib quyishi mumkin. Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy munosabatni shaklantirishi, ularni yakkalanuvchanlikka moyil qilib quyishi xam mumkin.

Bordi-yu, guruxda bolaga faqat bir odam simpatiya (yoqtirish, ijobiy munosabatda bulish) munosabatini bildirsachi? Unda nima buladi? Bunda simpatiya munosabatining bir tomonlama yoki ikki tomonlamaligi muxim axamiyatga ega buladi. Agar bu munosabat ikki tomonlama bulsa, bola kimgadir ijobiy munosabatda bo’lsa-yu, ijobiy javob ololmasa, bola og’ir kechinmalarni kechirishi mumkin. Shuning uchun bog’cha yoshidagi bolalarni o’zaro munosabatlari ijobiy bulishi lozim. Bolalar munosabatlarining xarakteri va bolalarni uch guruxdagi mavkqei nafakat uning shaxsiy xususiyatlari bilan, ayni vaqtda bolalarga nisbatan guruxda shakllangan talablar bilan baxolanadi. Odatda ko’pchilik orasida xar xil uyinlarni o’ylab topa oladigan, "xushchakchaq, chiroyli rasmlar chiza oladigan, akliy jixatidan yaxshi rivojlangan, mashg’ulotlarda faol ishtirok etadigan, ancha mustaqil bulgan, saramjon-sarishta bolalar shuxrat qozonadilar.

Ko’p bolali oilalarda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni kursatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa – singilar xam kuchli ta’sir kursatadi. Aka-ukalar va opa – singillar bolaga eng yaqin bulgan mikromuxit tarkibiga kirib, unda markaziy o’rinni egallaydi. Ba’zi tadqiqotchilar, xatto, shunday fikrdaki, oila a’zolarining soni ko’paygan sari bolalarga ota-onaning ta’siri susayib, aka-ukalar opa-­singillar ta’siri kuchayib boradi. Katta akalari va opalari davrasida bola o’zini emotsional ximoyalanganday xis qiladi. Aka-opalar esa o’zlarini mexribonlik xis-tuyg’ularini, tashkilotchilik qobiliyat­larini namoyon etish imkoniyatiga ega buladilar. Ular o’rtasida bola uzining tashvishlari, qizikishlari bilan o’rtoklashishi mumkin. Akalaru, opalar esa uning extiyojlari, jumladan, muloqotda bulish extiyojini kondirishlari mumkin.

Demak bog’cha yoshdagi bolalarning boshqa bolalar bilan bulgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma’lum miqdorda uning shaxs shakllanishini belgilab beradi.

O’z tengdoshlari bilan muloqotda bulishiga qiynalayotgan, mulokotda bulish extiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalarning tengdoshlari bilan bulgan munosabatlarini aktivlashtirmaslik lozim. Yaxshisi, dastlab umumiy qizikishlarga ega bulgan 1- 2 ta sherikni topish, keyinchalik asta-sekin mulokot doirasini kengaytirib borish maqsadga muvofikdir. Bolalarda notug’ri shakllanib ulgurgan mulokot motivlarini qaytadan qurish avvalo,boshqalarning fikri bilan xisoblashishga urgatish anch afoydalidir.

Kattalarning bog’cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri bolaning boshqa faoliyat rasm chizish, turli narsalar yasashi, applikatsiyalar tayyorlashi, o’quv vazifalarini bajarishi vaqtida xam amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlarni bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy baxoga sazovor buladigan narsani yaratishga yo’nalganlik qaror topadi, ijtimoiy yo’nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari va boshqa shaxsiy xususiyatlari tarkib topib boradi.

Muloqot deganda o’zaro munosabatlarning shakllanishi, ro’yobga chiqarilishi va namoyon bulishini ta’minlovchi informatsion emotsional va predmetli o’zaro ta’sir jarayoni tushuniladi. Bola shaxsining shakllanishida muloqotning roli benixoya kattadir.

Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada qanday shaxsiy sifatlarning tarkib topishi kun jixatdan uning atrofdagilar bilan bulgan o’zaro munosabati xarakteriga bog’liqdir. Bolaning kattalarga munosabati ishonchli yoki ishonchsiz, yoqimli yoki yoqimsiz va xokazo bulishi mumkin. Xush bolalarning kattalarga bulgan munosabati nima bilan belgilanadi? Bu munosabat asosida nimalar yotadi? Bunday masalalar xozircha kam tadqiq qilingan. Ularga nisbatan yondoshuvlar mavjud. Neofreydistlar (Freydning davomchilari) bolalarning kattalarga bo’lgan munosabati shakllanishida onaning o’rni xal qiluvchi axamiyatga ega deb xisoblaydilar. Ularning fikricha, bunga sabab shundaki, ona bolaning "orol extiyoji"ni qondiradi.

Biroq nega bo’lmasa onasidan ayrilib qolgan bolalarning xam jismoniy va psixik jixatdan normal rivojlanishi xolatlari uchraydi. Bolaning uni oziqlantirmagan u bilan fakatgina uynagan yoki muloqatga kirishgan kattalarga qattiq bog’lanib qolishini neofreydistik pozitsiyadan turib qanday qilib tushuntirish mumkin? Biologik omilning rolini mutlaqlashtiruvchi psixoanalitik yondashuvush bu savollarga javob berolmaydi.

"Impirinting" – qayd etish nazariyasining tarafdorlari xam atrofdagilarga bo’lgan munosabatining shakllanishida ilk tajriba muxim birinchi darajali axamiyatga ega, deb xisoblaydilar. "Impirting" gipotezasiga muvofiq ilk bolalik davridagi bolalarda ular bilan doimiy muloqotda buluvchi kishining xususiyatlari – tashqi qiyofasi, ovozi, kiyimi, xidi qayd etib qolinadi.

Boshka bir yo’nalish – neobixevioristik yunalishga muvofiq bolaning katta kishiga bulgan munosabati bu kishi bolaning birlamchi organik extiyojlari (oziq-ovqat, issiqlik, qulaylikka bulgan extiyojlarni) qanchalik qondirishi bilan belgilanadi.

M.I.Lisina boshchiligidagi eksperimental tadqiqotlar shuni kursatdiki, inson extiyojining dastlabki 7 yili davomida bolalar va kattalar o’rtasidagi muloqotning bir necha shakli ketma-ket paydo buladi xamda bir-birining urnini almashtiradi.

Muloqot shakllarining asosiylari quyidagilardir: bevosita­ emotsional muloqot, biror bir ish yuzasidan vujudga keluvchi muloqot (ishchan muloqot) , ayni paytdagi vaziyatga bog’liq bulmagan va bilishga yunaltirilgan muloqot (bilish muloqot) , odam bilan bog’liq masalalar yuzasidan buladigan muloqot (shaxsiy muloqot).

Dastlab, bevosita – emotsional muloqot paydo buladi. Muloqotning bu shakli asosida bolaning unga nisbatan diqqat­e’tiborli va mexribon bulishlariga extiyoj xis etishi yotadi. Keyinchalik muloqotdagi tashabbusni bola o’z quliga oladi.

Yilning ikkinchi yarmidan boshlab, nafaqat mexribonlikka extiyoj, balki kattalar bilan xamkorlik qilishga bulgan extiyoj xam kiritiladi. Bunday extiyoj ishchan mulokot davomida qondiriladi. Bola ishchan muloqotga kirishganda, kattalardan yordam surashi, ularni ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanishga taklif etishi va boshqalarni amalga oshirishi mumkin. Lekin u bilan bitta bola biror ish bilan mashg’ul bulmagan vaziyatda bilishga yunaltirilgan yoki odam bilan bog’lik masalalar yuzasidan buladigan muloqotga xam kirishadilar.

Bilish muloqotida bola kattalar bilan atrof olamdagi narsa va xodisalarni muxokama kiladi. Bunda bola biror bir narsa xakida aytib berishi, savollar bilan murojaat kilishi, kattalardan biror narsa aytib berishlarini iltimos kilishi mumkin.

Bunday turdagi muloqotga kirishishdan maqsad kattalardan zarur bulgan axborotni olishdan iborat, shaxsiy muloqotda esa bola kattalar bilan odam xaqida suxbatlashadi, Bunda u uzining emotsional xolatini ta’riflab berishi, kattalarni uzlari xakida gapirib berishlariga undashi mumkin. Bolaning emotsional qullab kuvvatlashiga bulgan extiyoji atrof olamga bulgan munosabati va unga berayotgan baxosi kattalarning munosabat va baxosiga mos kelishiga intilishi shaxsiy muloqotning asosini tashkil etadi. M.I.Lisinaning fikricha, aynan shu narsalar bolaning ijtimoiy extiyojlari tarkibida markaziy urinni egallaydi.




Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin