I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Maktabgacha davrdagi bolalarda xayol



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə46/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
болалар психологияси

Maktabgacha davrdagi bolalarda xayol. Yangi tugilgan chaqalok bolalarda xali xam bulmaydi. Xayolning rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasavvurlar zaxirasi xamda juda ko’p bilimlar kerak buladi. Tajriba esa bolaning tashki olamdagi narsa va xodisalarni uzi kursatishi, voqelik xamda turli soxalarga doir tasavvur xosil kilishi, katta odamlar bilan keng munosabatda bulishi natijasida ortib boradi.

Xayol jarayonining dastlabki kurinishlari bolada ikki yoshga tulib, uch yoshga kadam kuyganida kurina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda ko’rinadigan dastlabki xam ma’lum bir maksadni kuzlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.Til chikishi bolalarda xam jarayonining usishiga ta’sir ko’rsatadi. Ana shu davrdan boshlab, bola tevarak-atrofdagi kishilarning suzini yaxshi tushunadigan bulib, uzidagi tasavvurlar zaxirasini bevosita idrok qilingan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar nutki xam tuldirib boradi. Bola uziga tushunarli mavzulardagi xikoya va ertaklarni kizikib tinglaydi. Uzi asosiy kaxramon bulib katnashadigan xikoyalarni jonu-dil bilan eshitadigan buladi. Bunday xikoya bolaga juda tushunarli buladi, chunki bola xikoyani eshitib turib, bevosita, uzining idrokiga tayanadi.

Bu yerda o’ylab chiqarilgan voqea bolaning uzi xaqiqatda ishtirok qilgan vokealarga ulanib ketadi. Bolaning xikoya va ertaklarni eshitishga juda xam qizikishi, xikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalarning tajribasini orttiradigan va xayolini ustirishga yordam beradigan xilma-xil va aniq tasavvurlar xosil bulishini kursatadi.

Bolalar xayolining usishida nutkning axamiyati yana shundaki, nutq bolaning yangi taassurotlar xosil qilishi va uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki nutq miyada xosil bulganliligi obrazlarni suzlar bilan ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi pardalar xilpirab va quyosh nurlarining shu’lalaridan tovlanib turganini kurib, uzini polga tashlaydi va " ... karang, oyi, guyo dengizga uxshaydi. Men chumilayapman ..." deydi. Bola nutqida go’yo suzining paydo bulishi juda xam xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu suz bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalarni bir-biridan ajratadigan buladi.

Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular uyinining roli juda kattadir. Ularning yoshi ulg’aygan sari ular uyinining mazmuni xam uzgarib boradi. Ikki yoshga tulish oldidan bolalar o’yinida muxim o’zgarishlar ro’y beradi. Manipulyatsiya o’yinlari bilan bir katorda tasviriy uyin elementlari xam paydo buladi. Bola turmushda ko’rgan ish xarakatlarini o’z uyinida aks ettiradi. Masalan, bola kugirchogini ovkatlantiradi", yotkizib "uxlatadi", uni "erkalaydi", "argimchoqda" uchiradi. Bola katta bulgan sayin uyinda katta yoshli kishilarning xarakatlariga taklid kilish tobora kup urin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda uyinlar murakkablashib mazmuni xam turli-tuman bula boradi. Masalan, bola uziga gamxurlik qilayotgan onasining xarakatlariga, doktor, shofyor, sartaroshning xarakatlariga taqlid qila boshlaydi.

Bogchagacha tarbiya yoshidagi bolalarning xarakatlarida ta’siriy faoliyat elementlarining paydo bulishi xayolning o’sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalarni qog’ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib kuradi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdagina iborat buladi. Ikki yoshga tulganda bogchagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatidaligi, muxim element paydo buladi. U endi uzi chizayotgan rasmiga nom beradigan buladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bogchagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasavvur xayolini ustirishga yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nixollarigina paydo bula boshlaydi, buni xollarni diqqat-e’tibor bilan doimo parvarish qilib turish tarbiyachi va ota-onalarning vazifasidir.

Bog’cha yoshidagi bolalarda xam bir xilda rivojlanmaydi. Agar kichik yoshdagi bogcha bolalarida asosan tiklovchi xayol usgan bulsa, urta va katta yoshdagi bogcha bolalarida xayolning ijodiy turi xam usa boshlagan buladi.

Bolaning bogcha yoshida xarakat doirasining kengayishi, bilimlarining ortishi, turli xil yangi extiyoj, qiziqishlarning paydo bulishi unda xayol jarayonini birmuncha tez sur’at bilan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog’cha yoshidagi bolalarning xayol qilish kobiliyatlari bog’chagacha tarbiya yoshidagi bolalar xayolidan xar tomonlama ustun turadi.

Bogchayoshidagibolalarningxayoliasosanixtiyorsizvatiklovchixayolbulib, ularningturli-tumanfaoliyatlaridausibboradi. Biroqshunarsadiqqatgasazovorki, agarbogchayoshidagibolalardaxayolqilishkobiliyatibulmagandaedi, ularninguyinlarixamxilma-xilbulmasedi. Demak, bolalarningxayolqilishqobiliyatlariularniturlixiluyinlaruynashgaundasa, uyinuznavbatidaularningxayoliniustiradi.

Bog’cha yoshidagi bolalarning xayoli mashgulotlarda xam usib boradi. Masalan, bolalar loy uynashi, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shujumladan, plastilindan xam) kumdan turli narsalar kurishni, rasm chizishni yaxshi kuradilar. Bu mashg’ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashguloti bolalar xayolini ustirishga juda katta ta’sir ko’rsatadi.

Kichik yoshdagi bog’cha bolalarida xali ijodiy xayolning yuqligi ularning rasm chizishlarida yakkol kurinadi. Masalan, kichik yoshdagi bogcha bolalarining chizgan rasmlari xamma vaqt ro’zg’or mavzularidan nariga o’tmaydi. Chunki bu yoshdagi bolalar xar kuni kurib turadigan narsalari xakidagi xayol qila oladilar. O’rta va xususan, katta gurux bolalarining rasm chizishlarida ijodiy xayolning yuzaga kela boshlagani anik ko’rinadi. Ular rasm chizishda tor uy-ro’zg’or mavzulari bilan cheklanib chizmay, uzoq utmish va kelajakdagi narsalarga oid rasmlar xam chizadilar. Bu yoshdagi bolalar uz uyinlarida va solgan chizmalarida katta odamlarning turli tuman faoliyatlarini mustaqil tasvirlashga intiladilar. Bunday paytda ular fakat xayoliy tasavvur etish yoki taqlid kilish bilan cheklanib qolmay, balki uzlari ijodiy ravishda yangiliklar xam qushib boradilar. Masalan, ular syujetli o’yin uynaganlarida yangi-yangi rollarni uylab chiqaradilar "poezd" yoki "vokzal" uyinida poezdda yoki vokzalda xizmat kiluvchi kishilardan tashkari passajirlarni vokzalga olib keluvchi transport, ya’ni taksi shofyor rollarini qo’shadilar.

Katta yoshdagi bog’cha bolalari uzlarining rasmlarida xayoliy obrazlarni (xatto orzularni) aks ettiradilar. Shuning uchun ular ko’pincha erkin temada uzlarini kiziqtirgan va ayni chogdagi extiyojlari bilan boglik bulgan narsalar xakida rasm chizadilar. Ana shunday erkin temada rasm chizish jarayonida bolalarning ijodiy xayol kilish qobiliyatlari o’sib boradi. Bog’cha yoshidagi bolalar xayolining rivojlanishiga turli xil xikoya va ertaklar xam ta’sir ko’rsatadi. Xalk turli kizikarli, ibratli va ta’limiy ertaklar ijod etishda bog’cha yoshidagi bolalarni xam unutmagan. O’zbek xalkining og’zaki adabiyotida yosh bolalarga tushunarli, sodda til bilan yaratilgan ertaklar mavjud. Bulardan tashkari, rus va boshka xalklarning tillaridan o’zbek tiliga tarjima kilingan ertaklar xam ko’pdir. Bog’cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan ertaklarning ko’pi antropomorfizm xarakteriga egadir. Buning ma’nosi shuki, ertaklarning qahramonlari odamlarga uxshab gapiradigan xayvonlardan iboratdir. Bolalar bunday ertaklarni juda yoktiradilar va xar doim maroq bilan tinglaydilar.

Bog’cha yoshidagi bolalar xayvonlar xakidagi turli ertaklarni eshitganlarida ularda shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat yuzaga keladi. Masalan, doim yovuzlik qiladigan bo’ri obrazini xaddan tashqari ayyor tulki obrazlarini bolalar sevmaydilar. Ularga qo’rqoq quyon, xuroz, goz, echki, beozor xayvonlarning obrazlari yokadi. Turli ertaklar bolalarning xayollariga to’g’ridan-tugri ta’sir etadi. Ular o’z xam kuchlarini ishga solib, eshitayotgan yoki eshitgan ertaklaridagi turli obrazlarning kiyofasiga kiradilar. Boshkacha qilib aytganda, eshitgan ertaklari ular uyinining mazmuniga xam ta’sir etadi.

Bolalar uchun chiqarilgan turli ertaklarning tarbiyaviy axamiyatini nazarda tutib, pedagog-tarbiyachilar bolalarga ertak aytib berish va uqib berishga aloxida e’tibor bilan qarashlari lozim.

Shunday qilib xayol bogcha yoshdagi bolalarning taraqqiy etishlarida katta urinni egallaydi. Shuning uchun xam bog’cha yoshdagi davrda bolaning xayoli yetarli usgan bulishi kerak, chunki maktabdagi ukish birinchi kundan boshlab bolalardan xayol kilish kobiliyatining xususan tiklovchi xayol yaxshi usgan bulishini talab qiladi.


Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin