Maktabgacha davrdagi bolalarda obrazli xotira. Ya’ni eshitganlaridan ko‘ra ko‘rganlarini yaxshi eslab qoladi. Emotsional xotira ham rivojlana boshlaydi.
Maktabgacha davrdagi bolalarda tafakkur. Tashqi muxitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida ko‘z bilan ko‘rib quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar bor. Ana shularni biz tafakkur yani fikr yuritish orqali aks ettiramiz. Bog‘cha yoshida tafakkur tez rivojlanadi. Birinchidan, turmush tajribalari oshadi, ikkinchidan nutq rivojlanadi, uchinchidan, mustaqil, erkin harakatlar qila olish imkoniyatlari va x.k. Tafakkur realligi nutqda ko‘rinadi. Bu nima? Qanaqa? Savollarga javob oladi.
Konkret obrazli tafakkur, yani ular ko‘rgan va idrok qilgan real narsalarni ustida fikr yurgizadilar. Abstraklashtirish jarayoni ham kerak bo‘lishi shunga bog‘liq. Taqqoslash, analiz va sintez qilish yaxshi kechadi. Ekskursiyalar roli g‘oyat katta. Didaktik va ijodiy o‘yinlarda turli topshiriqlar berish orqali tafakkur rivojlanadi. Tafakkur bolaning borcha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bogcha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining anchagina kupayishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutkining nisbatan yaxshi usgan bulishi, uchinchidan esa, bogchada xarakatlar kilish imkoniyatiga ega bulishlaridir. Bogcha yoshidagi bolalar uzlarining mustakil xarakatlari davomida atroflaridagi turli xil narsalar bilan bevosita takkoslash, analiz kilish va nixoyat umumlashtirish kabi fikr kilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi.
Bolaning bogcha yoshidagi davrida uning erkin xarakat kilish maydoni yasli yoshidagi davrga nisbatan juda xam kengayib ketadi. Bu esa tafakkurning rivojlanishi uchun juda katta axamiyatga egadir. Bogcha yoshidagi bolalar o’z tajribalarida ancha narsalarni bilib olganlaridan sung narsalarning ichki xususiyatlari bilan xam kizika boshlaydilar. Shu sababli ularda juda kun savollar (bu nima? Nega bunaka? Kim kilgan? Kaerdan kelgan? Nima kiladi? kabi) paydo buladi. Bu, shubxasiz, tafakkurninng faol va jadal rivojlanishi uchun zamin xozirlaydi.
Bogcha yoshidagi bolalarda xar xil soxalarga doir savollarning tugilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalarning savollariga doimo axamiyat bilan karash kerak. Bola o’z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlaruning savoliga axamiyat bermasalar, undagi kizikuvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Lekin bogcha yoshidagi bolalarning xamma savollariga javob berish kiyin, chunki ular uzlari xali mutlako tushunmaydigan narsalar va xodisalar xakida xam savol beraveradilar. Tarbiyachi bolalarning oson-sanoksiz savollariga ularning yosh xususiyatlarini xisobga olgan xolda javob berishi va tushuntirishi lozim.
Odatda, xar kanday tafakkur protsessi biron narsaga tushuna olmaslik, biron narsadan taajjublanish, xayron kolish natijasida xosil buladi. Juda kup ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortikcharok savol bersalar, ularni «kup maxmadona bulma» , «sen bunday gaplarni kaerdan o’rganding» , deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand yegandan so’ng, kattalarga savol bermaydigan, ayrim murakkab narsalarni uz bilganicha yoki afsonalardagi kabi xatto tushunadigan bulib koladi. Masalan, 7 yoshli katta gurux bolasi «yomgir kaerdan yogadi?» degan savol berdi. Bu bolaga yomgirning yuzaga kelishi juda sodda va tushunarli kilib gapirib berildi (xatto sovuk oynaga issik par bilan ta’sir kilganda, suv zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib kursatildi). Bola biroz qarab turib, yuk unaqa emas deb javob berdi. Bulmasa, kani tez tushuntirib ber, deb suraldi. Shunda bola quyidagicha tushuntirib berdi: «yomgir osmonda yashaydi, uning uyi bulutlardan xam balandda. Bulutlar ochilib ketgan paytda yomgir yigilib ketadi...» deb tushuntirdi. Bolaning ana shunday afsonaviy tushunchasidan voz kechib, to’g’ri, ilmiy tushunchani yuzaga keltirguncha ancha vaqt ketadi. Ana shuning uchun bogcha yoshidagi, xali turmush tajribasi oz bulgan bolalarga tabiat xodisalarini bunday yolgon afsonaviy tarzda tushuntirish yaramaydi.
Bolalar beradigan savollarining juda kiziq bulishiga bir necha sabablar bor. Birinchidan, bogcha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va xodisalarni qanday bulsa, shundayligicha ya’ni yaxlit xolda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar, ikkinchidan, ularda katta odamlardagidek idrok qilayotgan narsa va xodisalarni chukur analiz va sintez kilish xususiyati xali usmagan buladi, uchinchidan ularda turli tabiat va jamiyat xodisalariga doir ilmiy tushunchalar xali tarkib topmagan vanixoyat, turtinchidan, ularning turmush tajribalari juda oz buladi. Bogcha yoshidagi bolalarning beradigan savollaridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakterga ega ekanligi xam ko’rinib turadi. Masalan, bogcha yoshidagi bolalar quyidagi savollarni berishlari mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osman kattami, yer kattami? Yulduzlar nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun kunduzi ko’rinmaydi? Daraxtlar nima yeb usadi? Qorbobo odammi? Xozir qorbobo kaerda? Nimauchunqorboboyozdakelmaydi? Elektr toki kaerdan keladi? Nega simda olov kurinmaydi? Bogcha yoshidagi bolalarni tabiat va jamiyatdagi narsalarning sababiy boglikligi xamda ichki taraqqiyot konunlari emas, balki shu narsalarning uzi kiziktiradi. Ular xamma narsani bilishga intiladilar.
Ayrim bolalar xaddan tashqari kup savol beradilar, Boshqa bir bolalar esa deyarli xech savol bermaydilar. Bolalarning juda kuplab savollar berishlari ijobiy xarakterga ega bulib, bu ularning kiziquvchanligi, faolligi va mustaqilligidan darak beradi. Odatda juda passiv va tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashgulotlar ekskursiyalar vaktidat arbiyachining uzi savol berishi, shu bilan ularni aktivlashtirib borishi lozim.
Bogcha yoshidagi bolalarning tajribalari orta borgan sari narsa va xodisalar uptasidagi uzaro bogliklik xamda ayrim tabiiy sabablarni tushuna boshlaydilar. Masalan, katta gurux bolalarining gaplariga diqqat kilsak, ular shunday xodisalar xakida muloxaza yurgizishayotganlarining guvoxi bulamiz. «Temir ogir narsa bulgani uchun suvda chukadi, yogoch yengil shuning uchun u oqadimi», «ichi bush banka yengil, shuning uchun u chukmaydi», «urug’ni yerga eksa kukarib chiqadi» shu kabilar.
Bogcha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida ayni shu chogda idrok kilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok kilgan narsalariga xam tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bulgan biron topshirik yoki savol berilsa, u uz tasavvuriga asoslanib, kiynalmay, darxol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bir boladan «yongoq suvda chukadimi yoki oqadimi?» deb so’ralganda, u «oqadi» deb javob bergan. Bolaning tugri javob berganligiga sabab shundaki, u uz tajribasida yongokni suvga tashlab kurgan. Ana shu tarzda bogcha yoshidagi bolalarda induktiv va deduktiv xulosa chikarishning eng sodda formalari yuzaga kela boshlaydi.
Bogcha yoshidagi bolalar tafakkurining xarakterli xususiyatlaridan biri ular tafakkurining xamon konkret obrazli bogliklikdir. Ular uzlarining muloxazalarida abstrakt tushunchalarga emas, balki konkret faktlarga asoslanadilar. Shuning uchun ular abstrakt tusda berilgan oliy vazifalarni xal qila olmaydilar. Birok bogcha yoshidagi bolalarda, xususan katta gurux bolalarida, ayrim narsa va xodisalarning muxim belgilariga qarab, umumlashtirish kobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Masalan, katta gurux bolalari olma, o’rik, nok, olcha, olxuri, uzum, anor, bexi va anjirlarning rasmlarini tuplab, meva deb ataydilar. Ular endi meva degan umumiy tushunchadan uz nutklarida erkin foydalana oladigan buladilar. Bogcha bolalari xilma-xil rasmli lotolar bilan uynash jarayonida ana shunday umumlashtirishga o’rgana boshlaydilar. Bunday uyinlarda ba’zan tarbiyachining aralashuvi va bolalarga umumlashtirish yuzasidan (masalan, xayvon»lar, xasharotlar, gullar, qushlar, uyinchoqlar va xokazolar xaqida) turli vazifalar berishi yaxshi natijalarga olib keladi. Bolalar bu narsalarning eng muxim belgilariga qarab ularni guruxlarga ajratadilar. Bogcha yoshidagi bolalar uchun narsalarning eng muxim belgilari ularning nima uchun kullanishidir. Chunonchi, ularga «sigir qanday xayvon?» deb, savol berilsa, ular - «sigir sut beradigan xayvon» deb javob beradilar. Bogcha yoshidagi bolalar xar bir narsaning nima uchun kerakligini shu narsaning asosiy belgisi qilib oladilar. «Ot kanday xayvon?» deb savol berilsa, ular «ot minadigan xayvon» deb javob beradilar.
Ma’lumki, bogcha yoshidagi bolalar juda qiziquvchan buladilar. Kupgina narsalarni bilishga kurblari yetmasa xam, atroflaridagi turli narsa va xodisalarning moxiyati paydo bulishi xamda sababiy boglanishlariga qizikadilar. Ular xamma narsaning siridan xabardor bulgilari keladi. Bu ularning bilish jarayoni bilan bogliq bulgan intellektual qiziqishlaridir.
Bogcha yoshidagi bolalar tafakkurini rivojlantirishda turli didaktik va ta’limiy mashgulotlarning roli g’oyat kattadir. Masalan, katta gurux bolalari bilan utkaziladigan son-sanoq (xisoblash) mashg’ulotlari, nutkni ustirish mashg’ulotlari ularda tafakkurning taqqoslash, analiz va sintez qilish xususiyatlarini ustirishga yordam beradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bolalar ana shunday ta’limiy mashg’ulotlarda narsa va xodisalarni shunchaki passiv o’zlashtirib, fakat ularning nomlarini esda olib kolish bilan cheklansalar, tafakkur kilish kobiliyati yaxshi rivojlanmaydi.
Shunday kilib, bog’cha yoshidagi davrda bolalarning tafakkuri jadal rivojlanadi va uning bundan keyingi usishi maktab yoshida, ya’ni sistemali ta’lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |