I. O`zbek she`riyati vaznlari va ular ichida sarbastning o`rni



Yüklə 109,79 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü109,79 Kb.
#200518
1   2   3   4   5   6   7
sarbast (2)

Mavzuning o`rganilishi. Sarbast muammosi sarbast she`rlar paydo bo`lgan 20-30-yillardayoq turli bahs-munozaralarga sabab bo`lgan. A.Fitrat she`riy vaznlar masalasiga oid alohida asarlar yaratgan bo`lsa-da, sarbast haqida gapirmagan. Ammo o`sha davrdayoq sarbastning alohida she`riy tizim ekanligi haqida fikrlar mavjud bo`lgan (Miyon Buzruk Solihov, Arabnajot). O`zbek she`riyatidagi sarbast tajribalari birinchi marta I.Sulton tomonidan umumlashtirildi. 1939 yilda e`lon qilingan «Adabiyot nazariyasi»da erkin vazn masalasiga maxsus to`xtalinadi. Rahmat Majidiy «O`zbek she`r tuzilishining ba`zi masalalari haqida»1 maqolasida sarbastni mustaqil she`riy tizim ekanligini e`tirof etadi. Prof. Ummat To`ychiyev esa erkin vaznni barmoqning bir ko`rinishi deb hisoblaydi. A.Abduqodirov, T.Boboyev kabi olimlar ham shunday fikrdadirlar. B.Sarimsoqov, N.SHukurov, E.Xudoyberdiev kabi olimlar esa sarbast- mustaqil she`riy tizim deb hisoblaydilar.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, sarbast mustaqil vazniy tizim sifatida e`tirof etilish-etilmasligidan qat`iy nazar, sarbast vaznida yozilgan she`rlar adabiyotshunoslar nazaridan chetda qolgan emas, ular adabiy tanqidchilar, nazariyotchi olimlar tomonidan turli darajalarda tahlil etib kelinmoqda. SHu asosda sarbastning o`ziga xos xususiyatlari, unda badiiy tasvir vositalarining qo`llanishi, sarbast she`rning mavzu-mundarijasi xususida ayrim bir mulohazalar aytilgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishidan ko`zda tutilgan maqsad hozirgi o`zbek she`riyatida yaratilgan sarbast she`rlarni yaxlit holda, qiyosan tahlil etish, shu asosda erkin vazndagi she`rlarning o`ziga xos xususiyatlari, bunday she`rlarning milliy she`riyatimizdagi o`rni, milliy she`riyat rivojidagi ahamiyatini belgilashdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo`yiladi:

  • sarbastning mustaqil she`riy tizim sifatidagi o`ziga xos xususiyatlarini belgilash;

  • sarbastning o`zbek she`riyatidagi shakllanish va taraqqiyotini tahlil etish;

  • sarbast vaznida yozilgan she`rlarning badiiy xususiyatlarini aniqlash;

  • o`zbek shoirlarining sarbast borasida erishgan yutuqlarini umumlashtirish;

  • sarbast she`rning zamonaviy o`zbek she`riyatidagi o`rnini belgilash.


Yüklə 109,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin