I o’zbekiston Respublikasi umumiy yer maydoni


II.4 Yer resurslarini muhofaza qilishning ekologik talablari



Yüklə 166,18 Kb.
səhifə11/13
tarix09.10.2023
ölçüsü166,18 Kb.
#153224
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’zbekiston qishloq xo’jaligi

II.4 Yer resurslarini muhofaza qilishning ekologik talablari

Yer yuzasi quruqlik maydonining 100% (14800 mln.ga) desak shuning 43% (6394 mln.ga) yaroqsiz yerlarga, muzliklarga, doimiy qorlarga, qoyali, qurumli toshloq yerlarga, qumliklarga va ichki suv havzalariga, 28% (4060 mln.ga) o’rmonzorlarga, 17% (2600 mln.ga) o’tloq va yaylovlarga, 2% (296 mln.ga) sanoat ob’ektlariga shaharlarga, dam olish zonalariga, faqat 10% (1450 mln.ga) haydab ekin ekiladigan yerlarga to’g’ri keladi.


Тuproqlar suv va shamol eroziyasi tufayli tarkibi buzilib, unumdorligi keskin kamayib ketsa, ifloslanishi tufayli tuproqning kimyoviy va biologik xususiyati o’zgaradi, binobarin modda almashinuvida buzilish yuz beradi, har xil kasalliklar tarqatuvchi patogen mikroorganizmlar tez kamayib ketadi. Dunyo miqiyosida sanoat va shahar maishiy chiqindi axlatlarini yo’qotish jahonshumul masalaga aylandi. Chunki uni yoqish atrof muhitni, yerlarga kumish esa tuproqni ifloslaydi va har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblarning ko’payishiga imkon yaratadi. Yer usti resurslarini ifloslanishida sanoat korxonalaridan, ayniqsa kimyo-metallurgiya, issiqlik elektr stansiyalaridan atmosferaga ko’tarilgan, kul, qurum, zaxarli gazlar va changlar asta-sekin yerga o’zi yoki yog’inlar orqali tushib tuproqni ifloslaydi. Shunday qilib shahar axlati va sanoat chiqindilari tashlangan yerlarda sanitariya zonalari tashkil etilib oldi olinmasa, o’sha joylar tuprog’i o’ta ifloslanib, tabiiy holda tozalana olmaydi.
Yer yuzasida har xil muhandislik kommunikatsiya quvurlarni yotqizish, tuproq holatiga salbiy ta’sir etib, tuproqda biologik jarayonni buzadi va ifloslaydi. Chunki o’sha yotqizilgan quvurlar va kabellar atrofidagi tuproq tarkibi buziladi, tuproqdagi mikroorganizmlar nobud bo’ladi, o’simliklar quriy boshlaydi. Ma’lumotlarga ko’ra gaz quvurlari atrofidagi 100 metrgacha tuproqni zaxarlasa, issiqlik quvurlari 24 martagacha bo’lgan polosada tuproqni quritib, suv rejimini buzib tuproqdagi mikroorganizmlarning o’lishiga, o’simliklarning qurishiga olib keladi. Dunyoda jamiyatning tobora rivojlanib borishi o’z navbatida foydali qazilmalarga bo’lgan talabni kun sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Bu esa qazilma boyliklargni ko’plab qazib olish, uning yangi-yangi konlarini qidirib topishni taqozo etadi. Lekin qazilma boyliklar tugaydigan va qayta tiklab bo’lmaydigan resurslar sinfiga kirganligi sababli undan rejasiz, nes-nobud qilib foydalanish tufayli uning zaxirasi tugab qolishi mumkin.
Dunyoda mineral o’g’itlarning yetishmasligini kamaytirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak: 1) mavjud va miqdori kamaygan qazilma boyliklarning yangi konlarini hozirgi zamon texnik imkoniyatlaridan foydalanib, qidirib topish; 2)okean va dengiz ostidagi qazilma boyliklardan foydalanishga erishish; 3) fan va texnika yutuqlariga asoslanib, yerning chuqurroq qismidagi boyliklardan foydalanishga erishish; 4) okean suvi tarkibida erigan holdagi minerallarni kimyoviy yo’l bilan uning chuchuklashtirishda ajiratib olishga erishish; 5) kelajakda zarur va qimmat baho metallarni dunyoda kup tarqalgan tog’ jinslaridan, xususan granitdan ajratib olishga erishish. Qazilma boyliklarni nes-nobud bo’lishida va ko’plab mablag’larni bekor sarflanishida ba’zi foydali qazilmalarning joylashgan hududlarini yaxshi o’rganmasdan ular ustiga shahar va posyolkalarni qurish, so’ngra ularni boshqa joyga ko’chirish ham sabab bo’lmoqda. Bunga Ohangaron ko’mir koni ustiga Angren shahri qurilganligi, so’ngra boshqa joyga ko’chirilganligini bunga misoldir. Qazilma boyliklardan oqilona foydalanishning yana bir yo’li qazib olingan va qayta ishlangan, xom ashyolarni tashishda isrofgarchilikka kam yo’l qo’yishga erishishdir. Ma’lumki, qazib olingan yoki qayta ishlangan xom ashyolarni ortishda, tushirishda, temir yo’l vagonlari va avtomobillarda tashishida ularning ma’lum qismi nes-nobud bo’ladi. Ko’mirni, sementni, alebastrni, ohakni va boshqa xom ashyolarni vagonlarda ochiq usulda tashilayotganda ularning bir qismini shamol uchirib, temir yo’lni ifloslaydi va nes-nobud bo’ladi. Qazilma boylikalardan oqilona foydalanishda tog’ jinslarining tarkibidagi foydali komponentlarning deyarli hammasini ajratib olishga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki tabiatda faqat bitta metall saqlovchi toza ruda yo’q, balki rudada asosiy komponentdan tashqari yana qimmatbaho yo’ldosh komponentlar ham bo’ladi. Lekin ba’zi korxonalarda asosiy komponentlarni ajratib olib, qolganlarini keraksiz jins sifatida chiqarib tashlanadi.


Yüklə 166,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin