Zahira yerlar.
Har bir qishloq xo'jaligi korxonasi ma’lum yer maydoniga ega bo'lib mavjud talab va taklifga ko'ra, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanadi. Korxonaning umumiy yer maydoni tabiiy sharoitlari hamda xo'jaligida foydalanish xususiyatiga ko'ra bir xil emas. Bundan tashqari korxonaning hamma yeridan ham qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanilmaydi. Shuning uchun korxonaning umumiy yer maydonidan qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar ajratilgan.
Yerlarni tabiiy sifati hamda xo'jaligida foydalanilishiga qarab tabaqalashtirish bozor iqtisodiyotining hozirgi sharoitida juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Chunki bu xususiyatlarga ko'ra, yer solig'i, ijara haqi, yer bahosi singari masalalari ko'lami va darajasi belgilanadi. Busiz yer kadastrini tashkil qilib bo'lmaydi.
Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar deganda bevosita qishloq xo'jaligiga taalluqli bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun surunkali foydalaniladigan yerlar tushuniladi.
Qishloq xo'jaligi yerlariga ekinzorlar, ya’ni doimo don va boshqa dalachilik ekinlari ekiladigan yerlar, bog'lar, ya’ni doimo ko'p yillik mevali daraxtlar ekiladigan yerlar, yaylovlar - doimo chorva mollari boqiladigan yerlar, pichanzorlar - doimo pichan o'rib olish uchun foydalaniladigan yerlar kiradi.
Xo'jaliklarning yer maydonlari tarkibi va o'zaro nisbati doimo bir xil bo'lmaydi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojlarining o'sib borishi bilan u ham o'zgarib boradi.
1-jadval O’zbekiston Respublikasining yer fondi va uning foydalanuvchilar bo’yicha taqsimlanishi.
Yerlarning bir turdan boshqa turga o'tib borishiga yer transformatsiyasi deb ataladi. Bunda yer tranformatsiyasining asosiy qonuni yerdan unumli foydalanish uning unumdorligini muttasil oshirib borish, kam unumli yerlardan yuqori unumli yerlarga o'tib borishdir. Chunki yuqorida qayd etilgandek, yer miqdor jihatidan (makon jihatidan) cheklangan, undan to'g'ri foydalanilgandagina unumdorligi oshib borishi mumkin.
Respublikada jami yer fondining 56,3 foizidan qishloq xo’jalik korxonalari va tashkilotlari, 18,9 foizidan esa o‟rmon xo’jaligi korxonalari foydalanmoqdalar. Respublika yer fondining 7,2 foizidan hozirgi davrda yuqoridagi maqsadlarni hal etishda foydalanilmoqda. Shuning bilan birga kelajakda mamlakatimiz xalq xo’jaligini rivojlantirish uchun imkoniyatlar, jumladan, zahiradagi yerdan foydalanish imkoniyati mavjud. Hozirgi davrda shunday yerlarning umumiy maydoni 7.5 mln. gektarga yaqin. Bu jami yer maydonining 16.8 foizini tashkil yetadi.
Ularning tarkibi quyidagicha: