I o’zbekiston Respublikasi umumiy yer maydoni


II.5. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari



Yüklə 166,18 Kb.
səhifə12/13
tarix09.10.2023
ölçüsü166,18 Kb.
#153224
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’zbekiston qishloq xo’jaligi

II.5. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari
Yerdan va suv samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan zaruratdir. Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
Eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho`rlangan yerlarga joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo`ladi. Albatta, mamlakat oziq – ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilanadi. Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish ma`lum salbiy oqibatlaga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho`rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho`rlanishni yanada kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo`lishi mumkin. Chunki kuzga donli ekilgan maydonlarda sho`r yuvish ishlarini amalga oshirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarga qaraganda 2004 yilda Respublikada mavjud qishloq xo`jaligi yerlarining 47,2 foizi sho`rlanmagan, 17,2 foizi o`rtacha sho`rlangan va 4,2 foizi kuchli sho`rlangan. O`zbekiston qishloq xo`jaligi yerlari meliorativ holatiga ko`ra, 38 foizi yaxshi, 53,4 foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat yomonlashib ketishining oldini olish kerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o`tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o`tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o`tishi) bo`ladi. Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo`l qo`ymaslik lozim. Yer islohotlarini to`g`ri o`tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo`jaliklarga berilishi kerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to`g`ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib bo`lmaydi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta`minlashdir.
Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyani buzmasdan bajarish, melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o`z vaqtida samarali o`tkazish qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ilg`or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog`liq. Masalan, suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg`ir usulida sug`orishda oddiy bostirib sug`orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. O`zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo`lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg`iziston va tojikiston davlatlari hududidan keladi. O`zbekistonda 50 daryo bo`lib, shulardan faqat 10tasigina 150km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug`doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo`la oladi.
Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta`sir etadi.
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridir.
XULOSA

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta va bug‘doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo‘jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.


Mazkur yerlarni yanada daromadli ekinlar ekishga qanchalik tez o‘tkazish kerak? Bu jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi va qo‘shni tarmoqlardagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Masalan, meva va sabzavot yetishtirish uchun yerni qayta taqsimlash davlatning ichida va uning bojxona chegaralarida agrologistikani takomillashtirish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi zarur. Bu, o‘z navbatida, tez ayniydigan meva-sabzavot mahsulotlarini fermerlardan mahalliy iste’molchilarga va xalqaro bozorga tezkor ravishda yetkazishni ta’minlaydi.
Aks holda meva va sabzavotlarni qayta ishlab chiqarishdan olingan foyda bug‘doy va paxta sotishdan olingan foydadan kam bo‘lib qoladi.
Hozirgi zamon fan va texnikasining rivojlanishi eng yuqori darajasiga ko`tarilganligi bilan amalda sanoat korxonalarining biosferaga zaharli ta`sirini butunlay yo`q qilish mumkin bo`lmay qoldi. Qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish korxonalaridan tarqalayotgan zaharli chiqindilar miqdorini kamaytirish, faqatgina katta quvattdagi texnik tozalash uskunalari yordamida bajarilishi mumkin. Texnologiyani o`zgartirish, texnik tozalash, shaharsozlik va huquqiy tadbirlar hozircha atrof-muhit muhofazasi muammolarini oxirigacha hal etolmaydi.


Yüklə 166,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin