I pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish yollari II. Pedagoglarda kreativlikni



Yüklə 44,43 Kb.
səhifə1/12
tarix10.04.2023
ölçüsü44,43 Kb.
#95869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
I. pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish yollari II


Pedagogning kreativ imkoniyatlari.
REJA


KIRISH
I. PEDAGOGLARDA KREATIVLIK SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH YOLLARI
II. PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI
III. XULOSA
IV.FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Nizomova Shaxlo


KIRISH
Kreativlik (lot., ing. “create” –
yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma‟nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning
muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va Ozgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning Ozaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta‟sirchanlikni ifodalaydi. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga
shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari,tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yonaltiradi. Xalq ta‟limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari ularda o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda
fikrlamaslik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, bo’lajak pedagoglarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil
o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy,izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e‟tibor qaratadi.Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogic muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta‟minlanadi.
Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi.

Yüklə 44,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin