Tashkilotchilik malakalari: - bo’lajak pedagoglarning o’quv-bilish faoliyatini boshqarish;
- - bo’lajak pedagoglarda ilmiy bilimlarni o’zlashtirish ko’nikma, malakalarini shakllantirish;
- dars jarayonida vaqtni to’g’ri taqsimlash va rejani samarali bajarish;
- bo’lajak pedagoglar bilan individual ishlarni tashkil etish;
- guruh jamoasi bilan jamoaviy yoki guruhli ishlarni olib borish;
- bo’lajak pedagoglarda ta‟lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya etish ko’nikmalarini shakllantirish;
- bo’lajak pedagoglarga o’quv va ijtimoiy topshiriqlarni berish;
- o’quvchilarning diqqatini boshqarish;
- bo’lajak pedagoglar o’rtasida bahs-munozara tashkil etish va uni boshqarish;
- darslarda o’yin texnologiyalaridan foydalanish;
- bo’lajak pedagoglarning o’quv faolliklarini oshirish, ularning mustaqilligini ta‟minlash;
- kichik guruhlarni shakllantirish asosida topshiriqlar bajarilishini ta‟minlash;
- bo’lajak pedagoglar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar ro’yxatini ishlab chiqish.
Izchillikni ta‟minlovchi (protsesssual) malakalar: - o’quv materiali mazmunini bayon qilishda nutqiy izchillikni ta‟minlash;
- og’zaki va yozma nutqni bayon qilishda o’zaro izchillikni qaror toptirish;
- bo’lajak pedagoglarning mavjud bilimlari bilan yangi o’zlashtiriladigan bilimlar o’rtasida muayyan izchillikni yuzaga keltirish;
- bo’lajak pedagoglarning mavjud hayotiy qarashlarini yangi g’oyalar bilan boyitish;
- darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlaarda pedagoglarni faol faoliyatga undovchi metodlardan foydalanishda muayyan izchillikka erishish;
- pedagoglar BKM darajasining DTS talablariga muvofiq kelishida ma‟lum izchillikka erishish;
- guruh jamoasining ijtimoiy-psixologik holatini o’rganish metodlaridan foydalanishda pedagogik faoliyat izchilligini ta‟minlash;
- pedagoglarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholashda doimiy izchillikka erishish