I. pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish yollari II
1. Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi ko’p degan so’zga asoslanadi.
2. Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi o’zgartirish degan so’zga asoslanadi.
3. O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab topish ko’nikmasi noyob degan so’zga asoslanadi.
4.Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi qo’shish degan so’zga asoslanadi. Xorijliy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning, ayniqsa, o’qituvchining kreativligi boshqa (talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil etishga ruhlantiradi. “Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga egadir; kreativ bo’lish uchun kishi ko’proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo’lishi lozim. Har qanday kOnikmani shakllantirish mumkin bOlganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko’nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu pedagoglarga ham taalluqli bo’lib, kreativlik ustida ishlash pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo’lishga undash o’qituvchining qay darajada malakali
ekanligiga bog’liq. Kreativlik bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari pedagoglarda kreativlik ko’nikmasini shakllantirishda qo’llanma sifatida xizmat qiladi. Bu auditoriyadagi muhit, pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi, o’qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o’z ichiga oladi”.
pedagoglarda kreativlikni shakllantirish pedagoglarda kreativlikni shakllantirish pedagoglarni ... - qiziqarli; - murakkab vazifalar; - aniq maqsad va vaqt bilan ta‟minlash
pedagoglarga ... - kreativlik muvozanatsizlik xissini yuzaga keltirishini anglatish; - bezovtalik va qo’rquv hissidan xalos bo’lishga yordam berish;
- kreativ fikrlash ko’nikmalarini boshqa ko’nikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish;
- “qutqarib” qolish emas, balki yo’l-yo’riq ko’rsatish
pedagoglarni ... - suhbatlar orqali rag’batlantirish; - konstruktiv sharhlar bilan ta‟minlash;
- yangi ko’rsatmalar bilan tanishtirib boorish
pedagoglar ... – o’zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlari;
- guruhda ishlay olishlari;
- hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlarga ega Bo’lishlari uchun poydevor bo’ladigan muhitni
Yaratish imkonini beradi.