I qism. Samarqand viloyati va narpay tumaniga tabiiy geografik tavsif



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/5
tarix22.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#119414
1   2   3   4   5
2 5375124929261875348

II. QISM. SAMARQAND VILOYATI NARPAY TUMANI IQTISODIY GEOGRAFIK RAYONLARIGA UMUMIY TAVSIF
Samarqand viloyati O‘zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida qadimgi karvon yoilari (Buyuk Ipak yo‘li) kesuvchan hududda joylashgan. Mintaqa Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy munosabatlami olib borishda katta mavqega ega qadimiy sivilizatsiyaning asosiy markazi bo‘lgan. Hozirda bu hududdan mahalliy va xalqaro avtomobil hamda temir yo‘llaming o‘tganligi shaharlar geografiyasining shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Biroq viloyat tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy resurslarining notekis taqsimlanganligi, orografik hamda boshqa to‘siqlaming mavjudligi aholi manzilgohlarini qulay geografik o‘ringa ega bo‘lgan Zarafshon vodiysida joylashishiga zamin yaratgan. Mamlakat geourbanistik tizimida mintaqa shaharlar to‘ri va tizimi zichligi, funksional xususiyati, sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyasi bilan yuqoriroq o‘rinda turadi. Jumladan, 1970-yilgi aholi ro‘yxati davrida mintaqada 13 ta shahar manzilgohlari, shu jumladan, 3 shahar va 10 ta shaharchalar ro‘yxatga olingan bo‘lsa (1959-yilda 3 va 6 ta;), 2008-yilda 11 ta shahar, 12 ta shaharcha hamda 2022-yilda 11 ta shahar, 88 ta shaharcha qayd etilgan.Viloyat shaharlar to‘ri va tizimi bu yerda rayon hosil qiluvchi tarmoqlaming, xususan, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining keng rivojlanganligida o‘z ifodasini topadi.
Qadimgi Sharq jannati” - Samarqand (eramizgacha IV asr) Zarafshon daryosi chap sohilida joylashgan, dunyodagi eng ko‘hna shaharlardan biridir. Hozirda ham Samarqand shahri nafaqat 0 ‘zbekiston, balki 0 ‘rta Osiyodagi eng yirik sanoat, fan va madaniyat markazidir. Ushbu shahar o‘zining yuksak ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan holdarespublikadagi yirik Samarqand aglomeratsiyasini shakllantiradi.Zamonaviy Samarqand hozirda respublikaning birinchi darajali turizm va haqiqiy muzey shahri sanaladi. Samarqandning me’moriy-tarixiy yodgorliklari 2001-yilda YUNESKOning Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Amerikaning nufuzli “Xafington post” internet nashri Samatqandni inson o‘ z umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta borib ko‘rishi albatta, zarur bo‘lgan dunyodagi 50 ta shahaming biri sifatida e’tirof etdi va mazkur shaharlar ro‘yxatiga kiritdi
2.1.Iqtisodiy geografik oʻrni
Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridan biri hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.Samarqand viloyatining yirik shaharlari-Samarqand, Kattaqoʻrgʻon.Maydoni 16,8 ming km.kv. Aholisi 4077ming kishidan ortiq (2022-yil 1-yanvar holati). Oʻzbekiston Respublikasida demografik salohiyati boʻyicha 11,4 % ni tashkil qilib, 1-oʻrinni egallab turibti. Samarqand viloyatida 14 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha mavjud.Iqtisodiy ­geografik­ o‘rni­ va­ tabiiy­ boyliklariga taʼrif beradigan boʻlsak, bu viloyat O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan. Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha Samarqand viloyati mamlakatimizda yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Tabiiy geografik o‘rniga ko‘ra Zarafshon vodiysining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari bilan o‘ralgan. Tog‘ tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250–800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok maydonlar deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-allyuvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadii. Viloyatda mineral boyliklar ham ko‘p. Bu yerda nodir­metallar, binokorlik­ materiallari (marmar, ohak, granit, mergel, grafit), mineralbo‘yoqlar,­asbest­konlari topilgan. Xullas, viloyatning yuksalishida uning tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulayliklar qatori tabiiy sharoiti va boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi.
Narpay tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubida joylashgan. Sharq va gʻarbdan viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, shimolidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, janubidan Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km². Aholisi 220,0 (2022 ).ming kishi . Tumanda 1 shahar (Oqtosh), 1 shaharcha (Mirbozor), 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Islomshoir, Kosagaron, Olti-oʻgʻil, Chaqar, Yangirabot, Yangiqoʻrgʻon, Qadim, Qorakoʻl, Qorasiyrak) bor. Markazi — Oqtosh shahri

2.2.Aholisi va qishloq xoʻjaligi.
Samarqand viloyat aholisining 3/5 qismi qishloqda yashaydi. Butun aholi sonida mehnatga yaroqli kishilar salmog‘i mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lsa-da, lekin ishchi kuchlari iqtisodiyotni yuksaltirish uchun keragicha topiladi. Tabiiy sharoit va xo‘jalik yuritishdagi tafovutlarga muvofiq aholi joylashuvida ham tafovut yaqqol ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyati uchun eng qulay Zarafshon vodiysida aholi nihoyatda zich yashaydi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, ozarbayjon, arman, koreys, belorus, tatar, mesxeti turklari, yahudiylar, loʻlilar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 168 kishi. Aholi viloyatning sugʻoriladigan yerlarida zich (1 km2ga 340—512 kishi) joylashgan, choʻl va togʻ hududida siyrak (1 km2ga 20—40 kishi). 732,3 ming kishi shaharda, 2092,6 ming kishi qishlokda yashaydi.Aholi soni 2022-yil holatiga koʻra, 4 mln 077 ming 400 kishi. Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin