I qism. Samarqand viloyati va narpay tumaniga tabiiy geografik tavsif


-rasm .Samarqand viloyati Narpay tumani



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/5
tarix22.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#119414
1   2   3   4   5
2 5375124929261875348

1-rasm .Samarqand viloyati Narpay tumani.

1. 1. Geologik tarixi va relyefi
Samarqand viloyati Pomir Olay togʻlarining gʻarbiy chekkasida, Zarafshon daryosining oʻrta qismida joylashgan. Relyefi, asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan va shim. dan Turkiston togʻ tizmalarining tarmoqlari (Nurota togʻi, balandligi 2169 m), Oqtogʻ, 2003 m, janubdan Zarafshon tog tizmalari bilan oʻralgan Zarafshon daryosi vodiysidan iborat. Vodiy sharqdan (750—800 m) gʻarbga qarab (350 m) pasayib boradi. Vodiydan shimolga va janubga tomon qiya tekisliklar joylashgan va toglarga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon tizmasi (gʻarbiy qismi) janubida Qashqadaryo viloyati bilan boʻlgan chegara boʻylab choʻziladi. Bu tizma (2388 m), asosan, paleozoyning kristalli slaneslari va ohaktoshlaridan tarkib topgan. Gʻarbga tomon tizma asta-sekin pasayadi va Kattaqoʻrgʻon janubida past-baland tepaliklardan iborat tekislik bilan qoʻshilib ketadi. Asosan, qumtosh, slanes va magmatik jinslardan tashkil topgan Nurota togʻi bir nechta yirik orografik birliklarga parchalanib ketgan. Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram rudasi (Ingichka), flyuorit, kvars, ohaktosh, granit, mergel, gips, bentonit gili, abraziv materiallar, mineral boʻyoklar, marmar (Omonqoʻton, Gʻozgʻon, Jom), korund konlari (Nurotaning jan. sharkida); mineral buloqlar bor.
Narpay tumani hududining janubi-gʻarbi Qarnob choʻli, markaziy qismi va Shimoli-sharqida Ziyovuddin-Zirabuloq togʻlari, togʻ oralaridagi soylik va botiqlardan iborat.Yer yuzasi, asosan, uchlamchi davr choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Bu yer neogen davrigacha dengiz boʻlgan. Neogen davridagi alp orogenetik jarayoni taʼsirida vodiy quruqlikka aylangan. Geologik jihatdan Zarafshon tizmasining shimoli-gʻarbiy davomi. Sharqda Jom choʻli, gʻarbda Ziyovuddin togʻlari bilan chegaradosh. Janubida Qarnob choʻli tekisligidan tik pogʻona bilan ajralgan, shimolida Zarafshon daryosi vodiysiga tutashgan. Eng baland joyi 1120 m. Shimoliy qismining balandligi 930- 1100 m, markaziy qismi 830-890 m. Janubiy qismida Ayribel, Qoʻshdara, Jalqir, Alyomiy (1054 m), Piyoztogʻ, Mahmudtogʻ (962 m), shimolida Beshtogʻ va b. togʻ tizmalari mavjud. Ularning janubiy va janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari tik koʻtarilgan qoyali, tub jinslari yalangʻoch, turli nurash shakllari bilan murakkablashgan, chuqur va tor daralar hamda soylar bilan kuchli parchalangan. Shimoliy va shimoli-sharqiy yon bagʻirlari yotiqroq va astasekin togʻ etagi tekisligiga qoʻshilib ketadi. Prolyuvial shleyflar togʻlardan boshlangan soylarning konus yoyilmalaridan iborat. Shimoliy yon bagʻirlarida tepaliklar va ular oraligʻida soyliklar mavjud. Quruq soylar (Jinichkasoy, Koʻksoy, Ustungusoy, Chalquduqsoy va b.)da erta bahor va yoz boshida sel suvlari oqadi.Ziyovutdinning shimoliy tizmalari quyi silurning qumtoshslanets yotqiziklari, barcha qoyali togʻ tizmalari yuqori silurning ohaqtoshlaridan tashkil topgan..Ziyovutdinning markaziy plato qismida silur yotqiziqlarini intruziv jinslar (granit) yorib kirgan. Togʻ etaklarini boʻr, paleogen va neogenning choʻkindi jinslari tashkil qilgan. Markaziy qismi platosimon relyef shakliga ega, paleozoyning intruziv qatlamlaridan iborat. Kisqa, lekin chuqur vodiylar (Daraitut, Tim, Sipki, Kattasoy, Mullaburhon, Devonasoy, Juzumlisoy va b.) qalin ohaktosh qatlamlarini kesib oʻtgan. Ular bahorda toʻlib oqib, yozda deyarli qurib qoladi. Togʻlarda tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Shimoliy yon bagʻirlarining quyi qismlarida efemerlar, shirach, markazida oqkuray aralash usadi. Qad. denudatsiya yuzalarida tragantli astragal, bodom, togʻ etaklarida qoʻziquloq, oqquray, shuvoq oʻsadi. Z.t.da qurilish materiallari, ohak ishlab chiqarish uchun gips hom ashyosi konlari bor. Kdlay va simob konlari (Ingichka) ishlab turibdi. Togʻ etaklarida Oqtosh sh., Ingichka shaharchasi, Karnob qishlogʻi joylashgan.Ziyovuddin togʻlari - Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi togʻlar. Zarafshon tizma togʻlarining eng chekka gʻarbiy qismi. Kenglik boʻyicha yoʻnalgan. Eng baland joyi 866 m. Ziyovuddin ning ayrim qismlari sharqda Katarmaya (807 m), Qoratov (723 m), Qizbibi (818 m), markaziy qismida Tusitov (866 m), Turekbobo (841 m), Qirtov, gʻarbda Qoratov, Xoʻja Boltatogʻ (740 m), Azkamar platosi deb ataladi. Ziyovuddin sharqda Qarnob beli orqali Zirabuloq togʻlari, shimoli-gʻarbda Azkamar platosi orqali Zarafshon vodiysi, shimolida Malik choʻli va janubida Qarnob choʻli bilan chegaradosh.Ziyovuddin shimoliy va nisbatan balandroq (670–860 m) janubiy tizimlardan iborat. Janubiy yon bagʻirlari tik koʻtarilgan va qisqa soy va oʻzanlar bilan kuchli parchalangan. Qoyali, yalangʻoch tub jinslar qatlamlari Qarnob choʻliga tik tushgan. Tor va chuqur togʻ daralari jinslar qatlamlarini kesib oʻtgan. Suvayirgʻich qismlarida kuesta relyef shakllari uchraydi. Togʻlarning suvayirgʻich kismi oʻtkir qirrali va nayzasimon shaklda. Ziyovuddin yirik antiklinaldan iborat, uning zamini quyi silurning kristalli slanets, oqaktosh, gilli qumtoshli slanetslaridan iborat. Yogʻin miqdorining kamligi (yiliga oʻrtacha 200–225 mm) va togʻlar baland boʻlmaganligidan soylarda faqat baxrr va yoz boshlarida suv oqadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlari nuragan jinslarning parchalari bilan band. Tuproqlar yaxshi rivojlangan yon bagʻirlarda efemerlar (rang, qoʻngʻirbosh), togʻ shuvogʻi, toshlok tuproqlarda turli oʻt butalar (tikanli bodom) tarqalgan. Ziyovuddinning shimoliy etaklarida Navoiy va Ziyovuddin sh. lari, janubiy etagida Qarnob qishlogʻi joylashgan. 3. t.da sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo, qurilish materiallari manbalari mavjud.
1. 2. Iqlimi va ichki suvlari.
Samarqand viloyati asosiy daryosi — Zarafshon. Viloyat hududidagi qismining uzunligi 193 km. Tevarak atrofdagi togʻlardan oqib tushgan soylar sugʻorishga sarflangani uchun Zarafshonga yetmasdan tugaydi. Dargʻom, Narpay (54 km), Oʻng qirgʻoq (64 km), Chap qirgʻoq (169,3 km), Markaziy magistral (39,5 km), Zarafshon, Eski Anhor kanallari va Kattaqoʻrgʻon suv omboridan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyatning janubi gʻarbiy qismida oqadigan soylar yezda qurib qoladi. Dargʻom, Narpay (54 km), Oʻng qirgʻoq (64 km), Chap qirgʻoq (169,3 km), Markaziy magistral (39,5 km), Zarafshon, Eski Anhor kanallari va Kattaqoʻrgʻon suv omboridan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyatning janubiy gʻarbiy qismida oqadigan soylar yezda qurib qoladi.Viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon­ daryosi suvni muz va qorlardan oladi. Shunga ko‘ra Zarafshon daryosi sug‘orishga ehtiyoj katta bo‘lgan yoz oylarida to‘lib oqadi. Suvdan yanada samarali foydalanishni ko‘zlab, daryoning o‘rta oqimida Kattaqo‘rg‘on suv ombori barpo etilgan. Shu bilan birga Eski Anhor kanali orqali Zarafshon suvi (Darg‘om kanalidan) Qashqadaryo viloyatiga oqizilmoqda. Xullas, suvdan xo‘jalikda to‘la foydalanish bo‘yicha O‘rta Osiyoning bironta daryosi Zarafshonga tenglasha olmaydi. Uning 90 foiz suvi sug‘orishga sarflanadi. Adirlar qisman haydalgan, unga g‘alla ekiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik yetarliligidan o‘tloqlar ham ko‘p. Chorva yozda shu yerlarda boqiladi. O‘simliklarning o‘sish davri cho‘l bilan adirda bir vaqtga to‘g‘ri kelmasligidan qorako‘l qo‘ylarini yil bo‘yi yaylovda boqish mumkin. Viloyatning tabiiy sharoiti mevali daraxtlar o‘stirish uchun ham qulay. Bu yerda shirindan shakar gilos, o‘rik, shaftoli erta pishadi.

Samarqand viloyati Iklimi kontinental, quruq iqlim. Bulutli kunlar kam boʻladi. Tekisliklarda qish iliq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —2°, togʻlarda —4,8°. Yozi issiq. Iyulningoʻrtacha t-rasi 25,9° — 27,8°, eng past tra —32°, eng yuqori tra 42° (Kattaqoʻrgʻon). Oʻrtacha yillik yogʻin 282— 459 mm. Yogʻinning 80% kish va bahorda yogʻadi. Qor 16—20 kungina saqlanadi. Vegetatsiya davri 324—334 kun. Baland koʻtarilgan sari tra pasayadi. Iklim sharoiti va sugorish Samarqand viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, oʻrik, uzum, anjir, anor yetishtirish uchun qulay.
Narpay tumani Iklimi keskin kontinental. Yozi jazirama issiq va quruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura yanvarda — 1,9°, iyulniki 27,2°. Eng yuqori temperatura 44°, eng past temperatura —35°. Vegetatsiya davri 200 kun. Yillik yogʻin miqdori 200 mm. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda tushadi.
Shimoliy chegarasi boʻylab Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Soy va jilgʻalar yozda qurib qoladi. Zarafshon daryosiga Oʻzbekiston hududida bir qancha soy suvlari quyiladi, ulardan eng muhimligi Urgutsoy, Omonqoʻtonsoy, Oqsoy, Toʻsinsoy, Kattasoy va Tasmachisoylardir.Narpay kanali tuman hududidan oʻtgan.Narpay kanali - Zarafshon vodiysidagi qadimiy va yirik kanallardan biri. Qoradaryo (Zarafshon tarmogʻi)dan toʻgʻonsiz suv oladi. Suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s. Sugʻorish maydoni 42,2 ming ga; Samarqand viloyatining Narpay tumanida 18,6 ming ga, Paxtachi tumanida 17,9 ming ga, Kattaqoʻrgʻon tumanida 4 ming ga, undan quyiroqda 1,7 ming ga yerlarni sugoradi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining gʻarbiy tarmoklari etaklari boʻylab oʻtgan. 370 shoxobchasi bor. 1929-yilgacha uning uz. 30 km, suv oʻtkazish imkoniyati 8–10 m³/s boʻlgan. 1929—32 yillardagi rekonstruksiyada uzaytirildi, suv oʻtkazish imkoniyati 48 m³/s yetkazildi. Ortiqcha suvni tashlab yuboradigan 4 shoxobcha qurildi. 1950-yilda Narpay kanali Kattaqoʻrgʻon suv omboriga ulandi. Qayta rekonstruksiya qilingandan keyin suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s ga yetdi.
1. 3. Tuproqlari, oʻsimliklari va hayvonot dunyosi
Samarqand viloyati tuprogʻi asosan, boʻz tuproq. Tekisliklar va 500 m gacha balandliklardagi togʻ etaklarida surqoʻngʻir och boʻz tuproklar (sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi boʻz tuproqlar), 1500—1700 m balandlikda toʻq boʻz tuproklar, choʻl zonasida qumoq, taqir, boʻzkoʻngʻir tuproklar va shoʻrxoklar tarqalgan. Yongʻoqzorlar va archazorlarda qoʻngʻir tuproklar, yanada balandroq qoramtir tuproklar boʻlib, undan yukrrida togʻoʻtloki tuproklar uchraydi.
Yovvoyi oʻsimliklardan chala choʻl va choʻl oʻsimliklari asosiy oʻrinni egallaydi. Togʻ yon bagʻirlariga yaqin tekisliklarda shuvok, efemerlar (rang, koʻngʻirbosh va b.) oʻsadigan oʻtloqlar bor. Dare vodiylarida, dashtlarda, shoʻragalofit oʻsimliklar usadi; Zarafshon daryosi vodiysida terak, jiyda, tol, turangʻil, maymunjon, yulgʻun, oqgikan toʻqayzorlari bor. Togʻlarda 1100—2700 m balandlikda pista, bodom, toshloq yon bagʻirlarida archazorlar uchraydi. Samarqand yaqinidagi Omonqoʻtonda yongʻoqzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, boʻri, tekisliklarda jayran, togʻlarda qoʻngʻir ayiq, daryo suvsari, qushlardan tustovuq, tuvodogʻ, togʻlarda kaklik, daryolarda baliklar uchraydi.
Narpay tumani tuproqlari sugʻoriladigan boʻz tuproq, baʼzi joylarda shoʻrlangan tuproqlar, togʻ etagi qiya tekisliklarida och boʻz tuproq, asl boʻz tuproqlar uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan pashmakshoʻra, oqshoʻra, bugʻdoyiq, qamish, roʻvak, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayra, jayran va boshqa uchraydi. Qushlardan soʻfitoʻrgʻay, loy-xoʻrak, chugʻurchiq, zargʻaldoq, qirgʻovul; sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqa bor.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin