I qism. Samarqand viloyati va narpay tumaniga tabiiy geografik tavsif


Narpay tumani aholisi, asosan, oʻzbeklar; qozoq, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² 345 kishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/5
tarix22.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#119414
1   2   3   4   5
2 5375124929261875348

Narpay tumani aholisi, asosan, oʻzbeklar; qozoq, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² 345 kishi.. Aholisi 220,0(2022 ).ming kishi . Tumanda 1 shahar (Oqtosh), 1 shaharcha (Mirbozor), 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Islomshoir, Kosagaron, Olti-oʻgʻil, Chaqar, Yangirabot, Yangiqoʻrgʻon, Qadim, Qorakoʻl, Qorasiyrak) bor.
O’zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2022- yil aprel holatiga ko’ra 35 433,8 ming kishini tashkil etgan. Hududlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak eng ko’p aholi soni Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lib, 4 049,9 ming kishinidan iborat.Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 2022- yil 1-iyul holatiga ko‘ra 4 069,3 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 38,0 ming kishiga yoki 0,9 foizga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 496,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,8 %), qishloqaholisisoni 2 572,4 ming kishi (63,2 %)ni tashkil etdi.
2-rasm .Doimiy aholi soni.(2022-1iyul)

Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 2022- yil 1-iyul holatiga ko‘ra 4 069,3 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 38,0 ming kishiga yoki 0,9 foizga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 496,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,8 %), qishloqaholisisoni 2 572,4 ming kishi (63,2 %)ni tashkil etdi.
Narpay tuman qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik. Umumiy ekin maydoni 21962 ga, shu jumladan, sugʻoriladigani 20640 ga. 1322 ga lalmikor yerlar, 802 ga bogʻlar, 779 tokzorlar, 515 ga tutzorlar bilan band. 5364 dehqon xoʻjaligi mavjud.Hududiy ishlab chiqarish majmuyida qishloq­ xo‘jalik alohida o‘rin tutadi. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 75 foizini beradi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i bu rayonda ham paxtachilik va g‘allachilikdir. Boshqa texnik ekinlardan tamaki, kunjut, zig‘ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlari yuksak taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi xo‘jaliklarda, aholining tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.Bu viloyatda mevali daraxtzorlar va tokzorlar ko‘p. Chorvachilik agrosanoat majmuyining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoramollar soni jihatidan viloyat mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi, qorako‘lchilikda esa uchinchi o‘rinda turadi. Bu yerda qorako‘lchilikni rivojlantirish choralarini tadqiq etuvchi ilmiy tadqiqot instituti bor.Asosiy yerlarning maydoni – 261 373 gektar. Shundan: yoshlarga vaqtincha ajratilgan yerlar – 18 400 gektar; texnik ekinlar – 80 383 gektar (paxta – 75 356 gektar, tamaki – 5 027 gektar); g‘alla ekinlari (bug‘doy) – 94 230 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 6 115 gektar; dukkaklilar – 5 528 gektar (no‘xat – 5 000 gektar, loviya – 528 gektar); moyli ekinlar – 15 140 gektar (soya – 6000 gektar, kungaboqar – 5 090 gektar, kunjut – 4 050 gektar); sabzavotlar – 23 114 gektar, shundan: piyoz – 450 gektar, sarimsoq – 345 gektar (avgust-sentyabrda ekish); piyoz – 453 gektar, sabzi – 238 gektar, lavlagi – 167 gektar, ko‘katlar – 925 gektar (selder – 225 gektar, ukrop – 247 gektar, petrushka – 85 gektar, ko‘kpiyoz – 227 gektar, karam – 103 gektar (gulkaram – 45 gektar, kolrabi – 49 gektar, karam – 9 gektar) (to‘qsonbosti usulida); pomidor – 142 gektar, bodring – 79 gektar, ko‘katlar – 35 gektar, bulg‘or qalampiri – 27 gektar, qalampir – 9 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 4 301 gektar, bodring – 1 107 gektar, sabzi – 2 507 gektar, piyoz – 2 331 gektar, sarimsoq – 481 gektar, karam – 1 081 gektar (gulkaram – 610 gektar, brokkoli – 175 gektar, karam – 296 gektar), ko‘katlar – 610 gektar (selderey – 43 gektar, ukrop – 297 gektar, petrushka – 88 gektar, koriandr – 77 gektar, ko‘kpiyoz – 105 gektar), bulg‘or qalampiri – 3 607 gektar, qalampir – 120 gektar, baqlajon – 134 gektar, lavlagi – 3 753 gektar, qovoqcha – 101 gektar (bahorda asosiy ekin yerlarida); poliz ekinlari – 1 014 ga(tarvuz – 424 gektar, qovun – 590 gektar); kartoshka – 8 122 gektar; ozuqabop ekinlar – 11 384 gektar; past bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 16 343 gektar (mevali daraxtlar – 6 368 gektar (danaklilar – 4 585 gektar, mevalilar – 1 783 gektar), uzumzorlar – 9,975 gektar).Takroriy ekin uchun yer maydoni – 87 966 gektar. Shundan: sabzavot – 3 782 gektar (sabzi – 1 087 gektar, bodring – 630 gektar, sholg‘om – 860 gektar, turp – 860 gektar, karam – 400 gektar); kartoshka – 9 806 gektar; poliz ekinlari –20 gektar (tarvuz – 10 gektar, qovun – 10 gektar); moyli ekinlar – 3 700 gektar (kungaboqar); ozuqabop makkajo‘xori – 7 806 gektar; dukkaklilar – 34 833 gektar (mosh – 24 009 gektar, loviya – 10 824 gektar, ozuqa ekinlari – 28 019 gektar.Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 54 270 gektar maydonda (mevali bog‘lar – 23 853 gektar, uzumzorlar – 30 417 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 450 gektar; sarimsoq – 404 gektar. To‘qsonbosti uslubida: piyoz – 750 gektar, sabzi – 331 gektar, lavlagi – 269 gektar, ko‘katlar – 1 887 gektar, karam – 91 gektar. Bahorgi: pomidor – 400 gektar; bodring – 350 gektar; sabzi – 227 gektar; piyoz – 392 gektar, karam – 300 gektar; ko‘katlar – 103 gektar; poliz ekinlari – 400 gektar; dukkaklilar – 700 gektar.
2022- yilning yanvar - iyun oylarida Samarqand viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 12 875,3 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil qildi. Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 11,0 %ni tashkil etdi.Viloyat bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 35,8 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 64,2 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.2022–yilning yanvar–iyun oylari yakuniga ko‘ra yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Oqdaryo tumanida (32,7 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,2 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Samarqand tumanida (19,7 %) qayd etildi.Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida (0,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Samarqand tumanida (51,4 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Urgut tumanida (0,1 %) qayd etildi. Viloyat yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha Toshkent shahri, Fargʻona, Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyin 5oʻrinni egallaydi. Samarqand viloyati Oʻzbekiston sanoati mahsulotining 5%, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 1,3% taʼminlaydi. 2.3.Sanoati va tashqi iqtisodiy aloqalari
Viloyat sanoati koʻp tarmoqli boʻlib,oziq-ovqat, yengil, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarish ham salmoqli oʻrin tutadi. Oziq-ovqat sanoati viloyat yalpi sanoat mahsulotining 31,8%, yengil sanoat mahsuloti 22,6%, aralash em ishlab chiqarish 18,9%, mashinasozlik va metallsozlik 8,4% ni tashkil kiladi.Viloyatda liftsozlik, kinoapparatura ishlab chiqarish, choy qadoqlash, sovitkich, avtomobilsozlik, tamaki fermentatsiya korxonalari bor. Keyingi yillarda ipgazlama ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Mustaqillik yillarida viloyat iqtisodiyoti oʻz yoʻnalishini tubdan oʻzgartirdi. Mavjud barcha korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Aksariyat yirik va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 80 ta asosiy sanoat korxonasi bor, ularda 41,6 ming ishchi va muhandistexnik xodim ishlaydi. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat mahsulot ishlab chiqarish hajmi (solishtirma narhda) 1,5 marotaba koʻpayadi. Viloyatda 2002-y. da 2,1 mln. m2 shoyi gazlama, 113 ming m ipgazlama, 14—15 mingtoʻsimlik yogʻi, 72 ming t paxta tolasi, 12 — 13 ming t tamaki mahsulotlari ishlab chiqarildi. Asosiy sanoat korxonalari Samarqand sh. da joylashgan. Bunga ʻ ogʻir sanoat korxonalaridan: traktorlar uchun gilzaporshenlar ishlab chiqaradigan «Alpomish» mashinasozlik zavodi, «Samarqand tajribamexanika» zavodi (burgʻilash mashinalari), «Kinap» zavodi (kinoapparatura, avtomobillar uchun elektr asbobuskunalari), liftsozlik, uyroʻzgʻor sovitkichlari, marmar, gʻisht, asfaltbeton zavodlari kiradi. Samarqandning Xishrov yoʻldosh shaharchasidagi superfosfat zavodida fosfat va ammofos oʻgʻitlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqariladi. Samarqanddagi yengil sanoat korxonalaridan: pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal fabrikalari va chinni zavodi mavjud; oziq ovqat sanoati korxonalaridan: un-tegirmon, aralash em, makaron, choy qadoqlash, sutmoy, konserva, vino, konyak, spirt-araq va alkogolsiz ichimliklar hamda qandolatchilik korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Kattaqoʻrgʻon shahrida paxtachilik mashinasozligi (paxta tozalash korxonalari uchun asbobuskunalar ishlab chiqariladi) zavodlari, Jomboy sh. da viloyatdagi eng yirik don mahsulotlari k-ti, «Samjinteks» ip gazlama qoʻshma korxonasi, Bulungʻurda vino va gʻisht zavodlari ishlab turibdi. 1991—2022-yillar davomida Samarqand viloyatida jahon andazasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 135 qoʻshma korxona tashkil etildi. Bu korxonalarda 7,8 mingdan ortiq ishchi va xizmatchi ishlaydi. Birgina 2003-y. da 19 ta koʻshma korxona ishga tushirildi. Qoʻshma korxonalardan eng yiriklari: Oʻzbekiston — Turkiya hamkorligida qurilgan «SamKochAvto», Amerika—Angliya bilan hamkorlikda ishlayotgan «UZBAT» aksiyadorlik jamiyati korxonalari (tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladi), «Samplastik», Jomboydagi «Samjinteks», Oʻzbekiston— Germaniya «Muliyon» (pivo ishlab chiqariladi), «Samarqand parranda», Chelak shahridagi Oʻzbekistan — Rossiya «Baltimor» (tomat pastasi va ketchup kaylasi ishlab chiqariladi), Oʻzbekistan—Chexiya «Praga» (mineral suv qadoqlash) korxonalaridir.
«SamKochAvto» qoʻshma korxonasida yiliga 400 dan ortiq zamonaviy avtobuslar va yuk avtomashinalari ishlab chiqariladi. Yaqin kelajakda bu koʻrsatkich yanada koʻpayadi. Viloyatda 2822 ta kichik korxona faoliyat koʻrsatmoqda .Samarqand viloyati qadimdan oʻzining xunarmandchiligi bilan mashxur. Bu yerda shoyi va gilam, soʻzana toʻqish, zargarlik, kulolchilik, yogʻoch, ganch, tosh oʻymakorligi va b. xalq amaliy sanʼati turlari taraqqiy etib kelmoqda. Samarqand nonlari, ayniqsa, Samarqand qogʻozi butun dunyoga mashhur.Samarqand qogʻozi qogʻoz vatani boʻlgan Xitoyda ham mashhur boʻlgan. Qurʼon, Hadis, Xamsa, Shohnoma kabi asarlar oliy nav qogʻozda bitilgan. Samarqandda tayyorlangan qogʻozning eng sarasi — qogʻozi sultoniy deb yuritilgan. Qogʻozgar ustalar (qogʻoz tayyorlovchi bosh usta — qogʻozgar, ohorlovchi usta — muhrkash deb atalgan) muayyan tashkilotga birlashgan holda ishlashgan. Masalan, shunday tashkilotlardan biriga Xoja Ahror boshchilik qilgan. Samarqand bozorlarida «qogʻoz bozori» deb yuritiladigan rastalar boʻlgan. Hunarmandlar oʻz bilimlarini sir saklashgan. Ular sodda ishlangan asbob uskunalari va bilimlarini avloddan avlodga qoldirib kelganlar. Hoz. kunda Samarqand hunarmandlari qadimiy Samarqand qogʻozi shuhratini yangidan tiklash maqsadida ilmiy izlanishlar va tajriba ishlarini oʻtkazmoqdalar.Kattaqo‘rg‘on viloyatda Samarqanddan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan sanoat tuguni va madaniyat markazidir. Shahar yonidan Samarqand–Buxoro temiryo‘li o‘tadi. Shaharda Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash mashinasozligi zavodi, motor tuzatish, paxta va g‘isht zavodlari hamda mahalliy sanoat korxonalari bor. Moy eritish va go‘sht kombinatlari hamda yiliga 2 million jo‘ja ochiriladigan broyler fabrikasi oziqovqat sanoatining respublikadagi yirik korxonalari hisoblanadi. Moy eritish kombinati mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biridir. Sanoat korxonalarini katta IEM elektr energiya bilan ta’minlaydi.Urgut Sаmаrqаnddаn tахminаn 50 km jаnubi shаrqdа, Qаshqаdаryo vilоyati chеgаrаsidа jоylаshgаn shаhаr. Urgutdа bir nеchtа gilаm fаbrikаlаri, tаbаk-fеrmеnt vа shifеr zаvоdlаri fаоliyat yuritаdi. Sаmаrqаnd vilоyatining eng yirik shаrq bоzоri shu shаhаrdа jоylаshgаn.Sanoatning­ asosiy­ tarmoqlari: rangli metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik), yengil va oziq-ovqat hisoblanadi. Samarqand viloyatida metallurgiya sanoati Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-mart oylarida metallurgiya sanoati ulushi 8,9 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 203,2 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023- yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 10,7 % gacha ko‘tarilib, fizik hajm indeksi esa 137,9 % ni va ishlab chiqarish hajmi 719,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022-yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 106,6 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,1 foizini tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasi.2022 yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 551,0 mln. doll. bo‘lib, respublika tashqi savdo aylanmasining 4,2%ni (Toshkent shahar, Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyingi 4 o‘rinda) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan mos davrga nisbatan 170,2 mln.dollarga yoki 44,7% ga oshgan.Viloyat miqyosida jami eksport qilingan mahsulotlar hajmi 142,8 mln.doll. (2021 yilning mos davriga nisbatan 142,0%ga o‘sgan) bo‘lib, respublika tashqi savdo aylanmasining 25,9%ni (hududlar bo‘yicha 5 o‘rinda) tashkil etadi.Shu bilan birga jami import qilingan mahsulotlar hajmi 408,2 mln.dollar (2021 yilning mos davriga nisbatan 145,7%ga oshgan) bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining 74,1%ni (hududlar bo‘yicha 3 o‘rinda) tashkil etadi.Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi eng yuqori ulushga ega sbo‘lgan davlatlar Rossiya Federatsiyasi bilan 92,1 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 16,7%i), Xitoy Xalq Respublikasi bilan 88,0 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 16,0%), Qozog‘iston Respublikasi bilan 79,8 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 14,5%), Turkiya Respublikasi bilan 42,3 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 7,7%) ini va boshqalar tashkil etgan.
3-rasm.2022 yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyati tashqi savdo aylanmasida tuman (shahar)lar ulushi (%)



Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Samarqand shahri 47,3 % ulush bilan 76,2 mln. AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Qo‘shrabot tumani 0,1 % ulush bilan 0,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.Viloyat tumanlari kesimida tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand shaharga tegishli bo‘lib 264,1 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 47,9%ini), Jomboy tumanida 68,8 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 12,5%ini), Urgut tumanida 56,3 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 10,2%ini), shuningdek Samarqand tumanida 45,6 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 8,3%ini) tashkil etgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti va importi 2022 yil yakunlari bo‘yicha hududda oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti 52,2 mln.dollarni (jami eksportni 36,5%i) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 128,7%ga o‘sgan, importi esa 58,6 mln dollarni (jami importni 14,4%i) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 146,3%ga o‘sgan. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 20,1%ni tashkil etdi.Viloyat miqyosida jami eksport qilingan mahsulotlar hajmi 142,8 mln.doll. (2022 yilning mos davriga nisbatan 142,0%ga o‘sgan) bo‘lib, respublika tashqi savdo aylanmasining 25,9%ni (hududlar bo‘yicha 5 o‘rinda) tashkil etadi.Shu bilan birga jami import qilingan mahsulotlar hajmi 408,2 mln.dollar (2022yilning mos davriga nisbatan 145,7%ga oshgan) bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining 74,1%ni (hududlar bo‘yicha 3 o‘rinda) tashkil etadi.2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda sanoat mahsulotlarining eksporti 53,3 mln.dollarni (jami eksportni 37,2%i) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 188,8%ga o‘sgan, importi esa 99,4 mln.dollarni (jami importni 24,4%ini) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 2,2 martaga o‘sgan. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida sanoat mahsulotlarining ulushi 27,7% ni tashkil etdi.2022 yil yakunlari bo‘yicha viloyatda mashina va transport asbob-uskunalarning eksporti 9,6 mln. dollarni (jami eksportni 6,8 %ini) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 105,9%ga o‘sgan, importi esa 119,6 mln.dollarni (jami importni 29,3%ini) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 145,6%ga o‘sgan. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida mashina va transport asbob-uskunalarning ulushi 23,5% ni tashkil etdi.Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 30 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi, Singapur, Afgʻoniston, Ozarbayjon va Italiya shular jumlasidandir. Qolgan 24 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishda, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida, eksport tarkibida sezilarli o‘zgarishga erishildi.
2.4. Transporti va xizmat koʻrsatish sohalari .
Viloyatda barcha turdagi transport vositalari yaxshi rivojlangan. Oʻzbekiston hududida birinchi temir yoʻl 1888-y. Forob stansiyasidan (Turkmaniston) Samarqandgacha qurilgan. Samarqand viloyati hududidan Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Dushanba, Samarqand—Qarshi, Toshkent— Uchquduq — Qoʻngʻirot temir yoʻllari oʻtgan. Viloyat hududidan oʻtgan temir yoʻlining (jami uz. 287,7 km) 50 km elektrlashtirilgan. 2003-y. 30 dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektrpoyezdi qatnovi yoʻlga koʻyildi. Samarqand viloyati hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Zarafshon— Samarqand—Buxoro—Turkmanobod avtomobil yoʻllari oʻtadi. Viloyatdagi qattiq qoplamali yoʻllarning uz. 4,1 ming km.Samarqand shahridagi xalqaro aeroportti Toshkent shahri orqali dunyoning turli mamlakatlari bilan bogʻlangan.Tuman hududi orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy sh.laridan Toshkentga qatnovchi avtobuslar oʻtadi. Kattaqoʻrgʻon tumani markazidan viloyat ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.Samarqand viloyati hududidan ikkita temiryo‘l o‘tadi. Toshkent–Turkmanboshi, Toshkent–Dushanbe temiryo‘lida, asosan, tranzit yuklar tashiladi. Viloyatda avtomobil yo‘llari ko‘p, ular orqali temiryo‘lga va bir viloyatdan boshqa viloyatga yuklar tashiladi. Havo transporti mamlakatning barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni bog‘laydi. Quvur transporti va elektr uzatkich liniyalari ko‘p tarmoqli. Rossiyaga paxta tolasi, paxta moyi, ho‘l meva, uzum, mayiz va qorako‘l terilari yuboriladi. Mineral o‘g‘it, tamaki, choy, poyabzal, shoyi va boshqa iste’mol mollari barcha qo‘shni viloyatlarga va O‘rta Osiyo davlatlariga ham chiqariladi. Viloyat, asosan, yog‘och-taxta, g‘alla, shakar-qand, mashinalar, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari hamda keng iste’mol mollari oladi. Viloyatda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on sanoat tugunlari tarkib topgan.Samarqand shahrining shimoliy qismida xalqaro aeroport mavjud. Samarqand Xalqaro aeroporti yirikligi boʻyicha Oʻzbekistonning ikkinchi aeroportidir (Toshkent xalqaro aeroportidan keyin). Aeroportdan mamlakatimizning Toshkent, Buxoro, Urganch, Nukus, Fargʻona shaharlariga, chet el mamlakatlari shaharlaridan Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Ukrainaning Kiyev shaharlariga parvozlar amalga oshiriladi.Samarqand shahrida Oʻzbekistonning eng yirik temir yoʻl stansiyalaridan biri joylashgan. — Samarqand vokzali mavjud.Shahar ichki transporti 1924-yilning noyabr oyidan 1930-yilga qadar Samarqand shahrida bugʻli tramvay harakatlanar edi. 1947-yilning may oyida shaharda elektrli tramvay liniyasi ochildi. Ushbu tramvay liniyasi 1973-yilning avgust oyigacha shahar aholisi va mehmonlariga xizmat qildi. 1957-yilda Samarqandda trolleybus liniyalari ochildi. Trolleybus qatnoviga 2005-yilda barham berildi. SSSR paytida shaharda shuningdek avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi. Hozirgi paytda Samarqand shahrida jamoat transportidan avtobuslar, marshrutli taksilar, davlat va xususiy taksi xizmatlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 2016-yilning oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqandda yangitdan tramvay liniyalari qurilishi boshlandi. Shaharda metropoliten qurish rejalari mavjud.Samarqand viloyatida transport xizmatlari (yanvar-mart) 2023- yilning yanvar-mart oylarida transport xizmatlari hajmi 1 394,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yil yanvar-mart oylariga nisbatan ushbu xizmat turining o‘sish sur’ati 100,1 %ni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 465,7 mlrd. so‘mga oshib, 1 055,0 mlrd. so‘mga yetdi. Ushbu xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 17,3 % ni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning jami o‘sish sur‘ati 116,6 %ni tashkil etdi .2022- yil III chorak yakunlariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 1 836 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 856 (46,6 %)tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi. 854 (46,5%) ta subektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholadi. Qolgan 125 (6,9%) ta sub'ektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholagan. 2022- yil III chorak bo‘yicha tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning taqsimlanishi (ulushi) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 5,4 foiz (99 ta), sanoatda – 17,0 foiz (313 ta), qurilishda – 6,8 foiz (124 ta) , savdoda – 45,0 foiz (825 ta), xizmatlar sohasida – 25,8 foiz (474 ta) ni tashkil etdi.Viloyatdagi eng yuqori o‘sish sur'atlari moliyaviy xizmatlar (145,1 foiz) ta'lim sohasidagi xizmatlar (120,8 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (118,8 foiz) va sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (115,3 foiz) qayd etildi. Yuqori bo‘lmagan o‘sish shaxsiy xizmatlarda (0,4 foiz), shuningdek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarda (1,3 foiz) belgilandi.
Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi aholining hududiy va ijtimoiy harakatchanligini, yangi xo‘jalik hududlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va moddiy mahsulotlar iste'molini oshirishni ta'minlaydi Viloyatda 2021 yil yanvar–mart oylariga nisbatan aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 128,0 ming so‘mga oshdi va 830,0 ming so‘mga teng bo‘ldi, uning o‘sishi 7,5 foizni tashkil etdi.Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. Shunday qilib, 2022 yil yanvar–mart oylarida ularning ulushi 28,4 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari 23,9 foiz, moliyaviy xizmatlar 14,3 foiz, ta'lim sohasidagi xizmatlar 5,9 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha 5,2 foiz darajasida qayd etildi. 2022 yil yanvar–mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi savdo xizmatlarining ulushi 28,4 foizni tashkil etib, bu 916,8 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. Chakana savdo xizmatlari umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uchini, aniqrog‘i 77,6 foizga to‘g‘ri keladi.
2022yil yanvar–mart oylarida ta'lim sohasidagi xizmatlar hajmi 188,2 mlrd. so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 20,8 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning o‘sish sur'ati 105,4 foizni tashkil etdi, hajmi esa 20,1 mlrd. so‘mga oshdi va 103,9 mlrd. so‘mga yetdi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta'minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 77,2 foiz bilan ustunlik qiladi. 2022-yil yanvar–mart oylarida yashash bo‘yicha xizmatlar ulushi 22,8 foizni tashkil etdi. Ushbu turdagi xizmatlarning o‘sishiga dam olish uylari, kottejlar va boshqa dam olish maskanlari xizmatlariga bo‘lgan aholining talabi o‘z hissasini qo‘shdi. Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiyalar va davolash usullarini keng joriy etishga katta e'tibor qaratilmoqda.2022yil yanvar–mart oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning hajmi 49,0 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 115,3 foizni tashkil etdi..Yuqoridagilarni inobatga olgan holda shuni ayta olamizki, xizmatlar sohasi mamlakat rivoji, kelajagi va xalqning ertasini yaxshilanishida muhim sohalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.


XULOSA.
Xulosa shuki , Samarqand viloyati iqtisodiy jihatdan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tabiiy sharoitining qulayligi iqtisodiyotining rivojlanishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa foydali qazilmalarida iqtisodiyotni rivojlantirish uchun katta axamiyatga ega bo’lgan tabiy resurslar ko’plab uchraydi. Samarqand viloyatida asosan Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram rudasi (Ingichka), flyuorit, kvars, ohaktosh, granit, mergel, gips, bentonit gili, abraziv materiallar, mineral boʻyoklar, marmar (Omonqoʻton, Gʻozgʻon, Jom), korund konlari (Nurotaning jan. sharkida); mineral buloqlarni uchratish mumkin. Bu konlari orqali nafaqat respublikaiznig balki qo’shni respublikalarni foydali qazilmalarga bolgan ehtiyojini qondirishda katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu bois boshqa viloyatlar bilan bir qatorda tashqi respublikalar bilan iqtisodiy aloqalar olib boradi. Samarqand viloyati aholisi qadimiy hunarmandchilik bilan ham shug’ullanib keladi. Samarqand viloyati ushbu hunarmandchilik buyumlari bilan nafaqat turmish tarzida balki chet elliklarni etiborini ham jalb qilib kelmoqda. Samarqand viloyati maorif sohasida ham boshqa viloyatlar singari zamonaviy va hozirgi davr talabiga to’la qonli javob bera oladigan maktab, kollej, litsey va oily o’quv yurtlari mavjud bo’lib u yerda o’quvchi va talaba yoshlar taxsil olmoqdalar. Viloyatda talaba yoshlarning taxsil olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Aholisini turmish darajasini oshirishda manaviy va marifiy sohalarda juda katta ishlar olib borilmoqda. Hususan, sog’liqni saqlashda ham bu jadal harakatlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Aholini manaviy dam olishda san’atning ham o’rni katta. Shuning uchun ham ushbu viloyatda ham teatir binolari, muzeylar, kino zallar, madaniyat saroylari barpo etilgan. to’plangan materiallarni komplekis tahlil qilish jarayonida viloyatning tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishi boshqa viloyatlar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ma’lum bo’ldi va ushbu viloyatlardan alohida jihatlari qulayliklari noqulayliklari bilan ham bog’liq bo’lmagan taraflari ham mavjud. Mavzuni yoritish jarayonida ushbu viloyatni boshqa viloyatlar bilan taqqoslab uning iqtisodiyotining boshqa viloyatlarga qaraganda rivojlanayotganligiga guvohi bo’lamiz. Samarqand viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilgan boʻlib,qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirishi keng yoʻlga qoʻyilgan.Agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirilgan.Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini salohiyatini oshirilishi keng yoʻlga qoʻyilgan.Viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirilgan va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashgan va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanishva eksport qilishning zamonaviy tizimlari shakllantirilgan ,mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etib va rivojlantirilganligi viloyat iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshadi.Men ushbu ishlab chiqarish amaliyotimda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumaniga oid ham tabiiy, hamiqtisodiy geografik maʼlumotlarga hamda ularning xizmat koʻrsatish sohalari , hududiy lshlab chiqarish,sanoatdagi ulushi, demografik holati ,tashqi iqtisodiy aloqalari haqida maʼlumotlarga ega boʻldim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. Soliyev A , Nazarov M , Qurbonov Sh O’zbekiston iqtisodiy ijtimoiy
geografiyasi.
2. Komilova N., Soliyev A. Tibbiyot geografiyasi. – T.: Istiqlol, 2005.
3. Vahobov H., Tillaboyeva M.. “Iqtisodiy geografiya asoslari”. T. O'qituvchi,
2001.
4. Ro'ziyev A.N. Qishloq xo'jaligida ixtisoslashtirish va fan texnika taraqqiyoti. –T.: O'qituvchi, 1981
5. Qubonniyozov R.«Geografiya ta'limi metodikasi». Urganch, 2001 y.
6. G'ulomov P. “O'zbekiston tabiiy geografiyasi” 7-sinf darsligi T. “O'qituvchi”
2008 y

7. Soliyev A., Mahamadaliyev R. Iqtisodiy va sosial geografiyaning asosiy


muammolari. Toshkent. 2002.
8. Атлас составлен Государственным научно – произдровдственным
предприятим “Картаграфия” в 2002 г.
9. Исправлен и подготовлен к печати в 2019 г. Редакторы: Р.Х. Галиулина. А.Н.Тихонина.
10.E. Sariqov , B.Xatdarov. Iqtisodiy bilim asoslari. Toshkent-2019
11.Asanov G. Sosial iqtisodiy geografik lug'at. Toshkent, “O'qituvchi” 1990 y
12.Дьяконов К.Н., Касымов Н.С., Тикунов В.С. Современные методы
географических исследований. М.: Просвещение: АО «Учебная литература», 1996. - 207 с.
13.Internet manbalar: yellowpages , wikepedia
14.Saytlar: aniq.uz , stat.uz , samstat.uz ,samarqand uz..uz nasafnews, ziyonet.uz , arxiv.uz
15.O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi K harfi
16.Telegram kanallari: samarqand ahli , iqtisodiyot va siyosat, geografiya24





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin