I qism. Samarqand viloyati va narpay tumaniga tabiiy geografik tavsif


FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.......................................................................41



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/5
tarix22.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#119414
1   2   3   4   5
2 5375124929261875348

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.......................................................................41


KIRISH


Ishlab chiqarish amaliyot dasturi oliy o‘quv yurtlarining geografiya yo‘nalishi toʻrtinchi kurs talabalariga kompleks geografik amaliyotni o‘tash uchun ishlab chiqilgan amaliyot. Ishlab chiqarish amaliyotda biz oliy o‘quv yurtida tahsil olishi davomida to‘plagan nazariy bilimlarini mustahkamlash shuningdek, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan rejali va maqsadli o‘quv jarayoni shakli hisoblanadi. Kompleks amaliyot davomida men Samarqand viloyatining tabiiy geografik xususiyatlari. Tabiiy geografik o‘rni. Geologik tuzilishi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Iqlimi, rel’yefi, ichki suvlari, o‘simlik va xayvonot dunyosi. Tabiiy landshaftlarning o‘zgarishi, ekologik muammolari. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarining xo‘jalik ixtisoslashuviga ta’siri. Rekreasiya resurslariga baho berish. Samarqand viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy geografik xususiyatlari. Iqtisodiy geografik o‘rni, transportgeografik o‘rni, tabiiy va iqtisodiy salohiyati va ularning mintaqaning rivojlanishiga ta’siri. Aholisi, uning dinamikasi, tabiiy va mexanik o‘sishi, demografik vaziyati. Mehnat resurslari. Iqtisodiyotining ixtisoslashgan tarmoqlari. Viloyatning respublikada tutgan o‘rni, ichki tafovutlari.O‘zim yashayotgan Narpay tumanining Samarqand viloyatida tutgan o‘rni. Tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Iqlimi, rel’yefi, suv havzalari. Aholisi Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari tarixiy yodgorliklari iqtisodiy ijtimoiy jihatdan ustuvor bo’lgan tarmoqlari va bevosita sanoatni qishloq xo’jaligi bilan bog’liq holatda rivojlantitish haqida ko’nikmalarga ega bo’ldim. 2 ta qismdan va kichik bo’limlardan iborat:
I.QISM. SAMARQAND VILOYATIGA VA NARPAY TUMANIGA TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF
Tabiiy geografik o‘rniga ko‘ra Zarafshon vodiysining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari bilan o‘ralgan. Qoʻshi davlatlardan Tojikiston bilan viloyatlardan esa Navoiy,Qashqadaryo va Jizzah viloyatlari bilan chegaradosh.Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.Samarqand viloyati Pomir Olay togʻlarining gʻarbiy chekkasida, Zarafshon daryosining oʻrta qismida joylashgan.Vodiy sharqdan (750—800 m) gʻarbga qarab (350 m) pasayib boradi. Vodiydan shimolga va janubga tomon qiya tekisliklar joylashgan va toglarga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon tizmasi (gʻarbiy qismi) janubda Qashqadaryo viloyati bilan boʻlgan chegara boʻylab choʻziladi.
Narpay tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubida joylashgan. Sharq va gʻarbdan viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, shimolidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, janubidan Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin