Nima uchun spirtlarning molekulyar massasi ortgani sari tutab yona boshlaydi?
230 g etanolning to‘liq yonishi uchun qancha hajm (n.sh.da) havo kerak?
Uyga vazifa: Darslikdan 93-94 betlardagi savollar va mashg, masalalar
28-DARS. Amaliy ish №4. Etanoldan brometan olish (Darslikdan 106-bet 3-amaliy ish)
-Izoh. O‘qituvchi o‘quv laboratoriyasi imkoniyatlariga qarab, ushbu amaliy ishni «Murakkab efirlar» bobidan so‘ng «Sirka etil efiri olish» amaliy ishiga almashtirishi mumkin.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga organik moddalar sinteziga doir amaliy ko‘nikmalarni singdirish.
Darsning jihozlari va kerakli reaktivlar: Тemir shtativ, spirt lampasi, yumaloq tubli kolba, nay o‘tkazilgan tiqin, shisha naychalar, ajratish voronkasi, stakanlar.
Etanol, kaliy bromid, kons.H2SO4, suv va muz bo‘laklari.
Darsni borishi: O‘quvchilarni amaliy ishga tayyorgarligini tekshirish.
Ishni bajarish.
Qilingan ish yuzasidan hisobot tuzish.
Ish o‘rnini yig‘ishtirish.
Uyga vazifa: Qilingan ishlar asosida hisobot tayyorlang.
Uglevodorodlar va to‘yingan bir atomli spirtlar orasidagi genetik bog‘lanishni ifodalovchi sxema tayyorlang. Misollar yozing.