Х sinf Kimyo dasturi
haftasiga 2 soat, jami 68 soat
I. Organik kimyo fani (5 soat)
Organik birikmalar tuzilishining o‘ziga xosligi. Radikallar va tiplar nazariyalari. Kimyoviy tuzilish nazariyasining asoslari. A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari. Izomeriya. Kimyoviy tuzilish nazariyasining ahamiyati. Kimyoviy tuzilish nazariyasining rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
Organik birikmalarning nomenklaturasi. Тarixiy, ratsional, xalqaro nomenklatura. IUPAC nomenklaturasi. Organik birikmalarni nomlashning asosiy prinsiplari.
Kichik davrlardagi elementlarning atomlaridagi elektronlarining s- va r-elektronlar, elektron bulutlarning shakllari. Kovalent bog‘lanishning hosil bo‘lishi. Kovalent bog‘lanishning asosiy xarakteristikasi: bog‘ uzunligi, energiyasi, qutbliligi (dipol moment), qutblanuvchanligi, fazoviy yo‘nalishi. Kovalent bog‘lanishdagi gomolitik va geterolitik uzilish.
II. Uglevodorodlar (20 soat)
Alkanlar (4 soat)
Metan, uning tuzilish formulasi, metan molekulasining tetraedrik tuzilishi, kimyoviy bog‘lanish xarakteri, sp3-gibridlanish. Metanning gomologik qatori, gomologik farq, gomologlarining fizik xossalari. Тo‘yingan uglevodorodlarning fazoviy tuzilishi. Alkanlar izomeriyasi va nomenklaturasi. Alkanlarning kimyoviy xossalari: yonishi, xlorlanishi, nitrolanishi, termik parchalanishi. Zanjirli reaksiyalar mexanizmi. Alkanlarning galogenli hosilalari. Alkanlarning galogenli hosilalarining xossalari: aktiv metallar, suv, ishqorlar bilan reaksiyalari. Nukleofil o‘rin almashinish reaksiyalarining mexanizmi.
Sikloalkanlar (1 soat)
Sikloparafinlar (sikloalkanlar), ularning tuzilishi, xossalari. Sikloalkanlarning izomerlanishi va nomlanishi. Хossalarning halqaning tuzilishiga bog‘liqligi. Bayer nazariyasi. Halqalarning fazoviy tuzilishi. Sikloalkanlarning olinishi va ishlatilishi.
Dostları ilə paylaş: |