I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
10metqul

Alkenlar (3 soat)

Etilen uglevodorodlar (alkenlar). Etilen, uning struktura formulasi, qo‘shbog‘, - va - bog‘lanish, sp2-gibridlanish. Etilenning gomologik qatori. Fizik xossalari. Uglerod skeletining izomeriyasi va holat izomeriyasi. Nomenklaturasi. Geometrik izomeriya. Etilen uglevodorodlarining kimyoviy xossalari: yonishi, vodorod, galogenlar, vodorod galogenidlar, suvni biriktirib olishi, oksidlanishi, polimerlanishi. Markovnikov qoidasi. Elektrofil birikish reaksiyasining mexanizmi. Alkenlarning galogenli hosilalari. Alkenlarning olinishi. Al­kenlarning ishlatilishi.




Alkadiyenlar. Kauchuklar (3 soat)

Diyen uglevodorodlar (alkadiyenlar). Oralatma qo‘shbog‘li diyen uglevodorodlarning elektron va kimyoviy tuzilishi, ularning kimyoviy xossalari: birikishi, polimerlanishi va oksid­lanishi. Nomenklaturasi, izomeriyasi. Тabiiy kauchuk, uning tuzilishi va xossalari. Sintetik kauchuklar.


Alkinlar (2 soat)

Atsetilen. Тuzilishi va uchbog‘ning xossalari. sp-gibridlanish. Gomologik qatori. Nomenklaturasi va izomeriyasi, olinishi, xossalari. Ishlatilishi.




Aromatik uglevodorodlar (3 soat)

Benzolning fizik xossalari. Struktura formulasi. Benzol molekulasining elektron tuzilishi. Benzoldagi oralatma bog‘lanish energiyasi. Benzolning olinishi. Benzolning kimyoviy xossalari: o‘rin olish (bromlash, nitrolash) va birikish (vodorod va xlor bilan o‘zaro ta’siri) reaksiyalari. Elektrofil o‘rin olish reaksiyalarining mexanizmi. Alkillash reaksiyalari. Sulfolash reaksiyalari.


Gomologik qatori, nomlanishi, izomeriyasi. Тoluol misolida atomlarning o‘zaro ta’siri haqida tushuncha. Benzol yadrosida oriyentatsiya.
Stirol-benzolning eng muhim hosilasi. Etilbenzoldan stirol olish va uning xossalari, tuzilishini o‘rganish.
Bir nechta benzol yadrolari bor uglevodorodlar (naftalin, antratsen) haqida tushuncha


Uglevodorodlarning tabiiy manbalari (4 soat)

Тabiiy va yo‘ldosh gazlar, ularning tarkibi hamda xalq, xo‘jaligida ishlatilishi.


Neft. Neftning tarkibi va xossalari. Neftdan olinadigan mahsulotlar, ularning ishlatilishi. Neftni fraksiyalab haydash. Kreking. Neftni qayta ishlashda atrof-muhitni muhofaza qilish.Ko‘mir, ko‘mirni kokslash, kokslashda olinadigan mahsulotlar.Neft va gazdan energiya manbasi sifatida foydalanish. Buxoro, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtangaz kimyo kompleksi, Muborak gazni qayta ishlash korxonasi. Ko‘mirdan suyuq yoqilg‘i olish muammolari.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin