I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
10metqul

Aldegidlar va ketonlar (3 soat)

Aldegidlar va ketonlarning gomologik qatorlari. Aldegidlar va ketonlarning kimyoviy va elektron tuzilishi. Karbonil guruh, uning xususiyati. Aldegidlar va ketonlarning nomenklaturasi va izomeriyasi. Aldegidlar va ketonlarning umumiy fizikaviy va kimyoviy xossalari. Nukleofil birikish reaksiyalari (vodorod, suv, galogenidlar, sianid kislota, bir atomli spirtlarning birikishi). Aldegid guruhni oksidlash reaksiyalari. Aldegid va ketonlar xossasidagi o‘xshashlik va farq. Chumoli aldegidini polimerlanishi. Formaldegidni fenol bilan polikondensatlash.


Aldegidlar va ketonlarning olinish usullari. Formaldegidning olinishi. Atsetilenni gidratlab va etilenni katalitik oksidlab sirka aldegid olish. Chumoli va sirka aldegidning ishlatilishi. Atseton, uning ishlatilishi.


Karbon kislotalar (4 soat)

Тo‘yingan bir asosli kislotalarning gomologik qatori, ularning nomenklaturasi, tuzilishi, izomeriyasi. Karboksil guruh va uglevodorod radikalining o‘zaro ta’siri. Kislotalarning fizik xossalari. Kimyoviy xossalari: ba’zi bir metallar, ishqorlar, spirtlar bilan o‘zaro ta’siri. Kislotalilikning tuzilishga bog‘liqligi.


Chumoli, sirka, palmitin va stearin kislotalar. Karbon kislotalarning xalq^ xo‘jaligida ish­latilishi. Тo‘yingan uglevodorodlarni oksidlab kislotalar olish.
Тo‘yinmagan kislotalar, ularning tuzilishi va xossalari. Akril kislota. Olein kislota. Тo‘yinmagan kislotalarning ish­latilishi.
Ikki asosli kislotalar. Oksalat kislota.
Oksikislotalar, ularning xossalari va olinishi. Sut kis­lota. Optik izomeriya haqida tushuncha.Aromatik kislotalar: benzoy va ftal kislota. Aromatik kislotalarning ishlatilishi.
Organik kislotalardan konservantlar sifatida foydalanish. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar va kislotalar orasidagi o‘zaro genetik bog‘liqlik.


Murakkab efirlar. Yog‘lar (3 soat)

Murakkab efirlarning tuzilishi. Eterifikatsiya reaksiyalarining qaytarligi. Eterifikatsiya reaksiyalarining mexanizmi. Murakkab efirlarning xossalari, nomlanishi va ishlatilishi.


Тabiatda yog‘lar, ularning tuzilishi va xossalari. Yog‘larni gidrolizlash hamda gidrogenlash. Sovunlar. Sintetik yuvuvchi vositalar va ular­ning ahamiyati haqida tushuncha. Sintetik yuvuvchi vositalar bilan ifloslanishdan tabiatni himoya qilish. Sirt aktiv moddalar va ularning ishlatilishi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin