55-DARS. Azotli organik birikmalar mavzulari yuzasidan test savollari yechish.
Anilinni suvdagi suyultirilgan eritmasiga mo‘l brom qo‘shiladi. Natijada 3,3 g cho‘kma hosil bo‘ldi. Eritmadagi anilinni miqdori qancha?
a) 0,93 b) 9,3 c) 0,093 d) 1,86 e) 3,72
C4H11N tarkibli birikmalarni barcha ochiq zanjirli izomerlari nechta?
a) 8 b) 7 c) 6 d) 5 e) 4
7,8 g benzoldan nitrolash reaksiyasi natijasida 10,5 g nitrobenzol olindi. Bu nazariy jihatdan olish mumkin bo‘lgan miqdorning necha foizini tashkil etadi?
a) 84,5 b) 96 c) 98 d) 54,5 e) 12,3
Aminlar proton biriktirib olish xususiyatiga ega. Bunga sabab:
Uglevodorod radikali borligi uchun
Aminoguruhdagi azot atomini xususiy juft elektroni borligi uchun
Amin molekulasidagi uglevodorod radikalini azot atomiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikkanligi
Aminlar azotli organik birikmalar bo‘lgani uchun
Uglerod atomi to‘rt valentli, azot atomi uch valentli bo‘lgani uchun
124 g metilaminni yonishi natijasida n.sh.da o‘lchangan qancha litr azot hosil bo‘ladi?
a) 44,8 b) 22,4 c) 11,2 d) 5,6 e) 2,8
C4H9O2N tarkibli aminokislotalarning izomerlari soni nechta?
a) 2 b) 3 c) 4 d) 5 e) 6
Oqsil eritmasiga nitrat kislota ta’sir ettirilsa sariq rang paydo bo‘ladi. Bu qanday reaksiya evaziga sodir bo‘ladi?
Oqsil molekulasidagi peptid bog‘ evaziga
Aromatik aminokislotalar evaziga
Oqsil tarkibida oltingugurt borligi uchun
Oqsilning ikkilamchi tuzilishini hosil qiluvchi vodorod bog‘lanish hisobiga
Faqat to‘rtlamchi tuzilishdagi oqsillar shunday sariq rang beradi
Oqsil denaturatsiyasida:
Birlamchi struktura saqlanib qoladi, ikkilamchi struktura buziladi
Birlamchi struktura buziladi, ikkilamchi struktura saqlanib qoladi
Birlamchi struktura saqlanib qoladi, uchlamchi struktura buziladi
Oqsilning barcha strukturasi buzilib, monomerlarga parchalanib ketadi
Birlamchi struktura saqlanib qolib, qolgan barcha strukturalar buziladi.
Zinin reaksiyasi yordamida nitrobenzoldan anilin olinadi. Bu reaksiyada 0,5 mol nitrobenzoldan necha gramm anilin olinadi va reaksiya natijasida necha gramm oltingugurt ajralib chiqadi?
46,5 g ; 48 g
93 g ; 96 g
9,3 g ; 9,6 g
4,65 g ; 4,80 g
139,5 g ; 144 g
Metilaminning yonish reaksiyasi tenglamasini yozing va koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang?
a) 13 b) 16 c) 29 d) 30 e) 32
Dostları ilə paylaş: |