I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə50/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
10metqul

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 56-DARS
V. GEТEROTSIKLIK BIRIKMALAR.
(56, 57, 58-darslar)

Ushbu darslarda o‘quvchilarga uglerod atomidan tashqari kislorod, azot kabi elementlar ham ishtirok etadigan siklik birikmalar haqida nazariy bilimlar beriladi.


Siklni hosil bo‘lishida uglerod atomi ishtirok etgan benzol, toluol, fenol, anilin kabi organik birikmalar haqida o‘quvchilarga ma’lum. Kislorod, oltingugurt, azot ishtirok etgan geterotsiklik birikmalar haqida ushbu darslarda o‘quvchilar bilim oladilar.
Geterotsiklik birikmalarning quyidagi vakillari haqida ma’lumotlar beriladi.

Shuningdek nuklein kislotalar RNK va DNK haqida umumiy tushunchalar beriladi.


Nuklein kislotalarni tirik organizmlardagi ahamiyati haqida ma’lumotlar, tuzilishi va xossalari haqida nazorat bilimlar beriladi.


56-DARS- Geterotsiklik birikmalar. Furan. Pirrol.
57-DARS- Purin va pirimidin.
O‘quvchilar xalqali uglevodorodlardan sikloparafinlar va aromatik uglevodorodlar bilan tanishgan. Siklogeksan, benzol va uning gomologlari, hamda hosilalarida xalqani faqat uglerod atomlari hosil qilgan.
56, 57-darslarda o‘quvchilarga xalqalarida uglerod atomlari bilan birga azot, kislorod, oltingugurt va boshqa elementlarning atomlari ham ishtirok etgan birikmalar haqida tushuncha beriladi.

  • Хalqalarida uglerod atomlari bilan birga boshqa elementlarning atomlari ham mavjud bo‘lgan moddalar geterotsiklik birikmalar deb ataladi.

Geterotsiklik birikmalarning furan, pirol, purin va pirimidin kabi vakillari, ularning tuzilishi hosilalari bilan tanishiladi.




Furan-besh a’zoli geterotsiklik birikma bo‘lib, 31S da qaynaydigan xloroform xidini beruvchi rangsiz suyuqlik. Suvda erimaydi. Besh a’zoli geterotsiklik birikma tarkibiga kislorodning o‘rniga oltingugurt kirsa tiofen, azot kirsa pirrol deyiladi.
Pirrol-130S da qaynaydigan, rangsiz suyuqlik, suvda erimaydi; spirtda, efirda eriydi.
F
uran, tiofen va pirrol molekulalari 450S hamda Al2O3 ishtirokida bir-biriga aylanib turadi.
Pirrol kuchsiz asos xossasiga ega. Aromatik xossani namoyon etadi. Pirrolning hosilalari gemoglobin va xlorofil tarkibiga kiradi.


Olti a’zoli azotli geterotsiklik birikmalar


Piridin-rangsiz suyuqlik bo‘lib, qo‘lansa hidli, 115S da qaynaydigan, suvda va organik erituvchilarda oson eriydigan modda. Kimyoviy formulasi:

Aminlar kabi asosli xossaga ega bo‘lib, benzol kabi aromatikdir. Piridin RR, V1, V6 kabi vitaminlar va ko‘pgina biologik aktiv moddalar tarkibiga kiradi.


P
irimidin
-olti a’zoli ikki geteroatomli geterotsiklik birikma bo‘lib, formulasi quyidagicha:
Pirimidin rangsiz kristall modda bo‘lib, 21S da suyuqlanadi, 124S da qaynaydi. Suvda oson eriydi. Pirimidinning hosilalari timin, sitozin va uratsil nuklein kislotalar tarkibiga kiradi.
Purin-azotli geterotsiklik birikma bo‘lib, nuklein kislotalar tarkibiga kiradigan hosilalari adenin va guanindir. (9-sinf darsligidagi 100-betga qarang)



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin