Shishaplast- fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va presslangan shisha tola.
Karbolit- fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va presslangan yog‘och kukuni (qirindisi).
Uyga vazifa: Darslikdan 184-190 betlardagi nazariy materialni o‘rganish.
63-DARS. Sintetik kauchuklar
Darsning maqsadi: O’quvchilarga kauchuklar haqida ilmiy tushunchalar berish. Sintetik kauchuklarning turlari, olinishi, xossalari va xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida ma’lumot berish.