2.2.Oquvchilarni I.S.Bax musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga o'rgatishning pedagogik asoslar Umumtalim maktablari musiqa darslarining oziga xos jihatlaridan biri shundan iboratki, maqsad musiqachilar tayyorlashga qaratilmaganligi uchun oquvchi faoliyatining doirasi ancha keng va kop tarmoqliligi bilan ajralib turadi. Uning ichida oquvchining badiiy estetik va madaniy kamolotiga yordam beradigan ishlarni, yani, musiqaning elementar nazariy qoidalarini organish xalq musiqa ijodiyotiga mehr-muhabbat, uning oziga xos janr, uslublari, ijrochiliklaridan xabardor bolish, ijrochilik turlari, cholgu asboblari bilan yaqindan tanishish, yakka va jamoa bolib kuylash, vokal-xor
malakalarini egallash, musiqa tarixi, adabiyoti, qolaversa chet el musiqa madaniyati bilan malum darajada tanishish kabilarni qamrab oladi. Musiqa mashgulotlari jarayonida oquvchilarning estetik va aqliy
kamolotini shakllantirish imkoniyati vujudga keladi. Badiiy idrok va amaliy ijrochilikning eng oddiy shakllarini solishtirish hamda taqqoslashdan chuqur tahlil qilish va umumlashtirishgacha bolgan fikrlash, mushohada qilish kabilar tarkibli boglanadi. Oquvchilarda badiiy-musiqiy bilimlar qancha kop bolsa, ular har xil sanat asarlaridagi obraz, voqelik, mazmun va muallif goyasini shuncha tola va chuqur tushunishlari va anglashlari mumkin. Sanat bilan bevosita amaliy shugullanishning oziyoq juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ijro etilayotgan obrazlarda va ularda mujassamlashgan voqelikdagi hodisalarga, hissiyot va kechinmalarga estetik munosabat oquvchilarni estetik tarbiyalashning eng samarali va faol yolidir desak adashmagan bo’lamiz.
Musiqaning inson ruhiyati, hissiyotiga tasiri bevosita psihologik
omillar bilan bogliq kechishi tufayli, ularni tarbiyaviy-tasirchanlik kasb
etishida uning pedagogik maqsadlarga yonaltirilganligi eng muhim maqsad va vazifa hisoblanadi. Hayotni obrazli bilish, voqea-hodisalarni adabiyot, sanat orqali obrazli tasavvur qilish, ularda aks etgan ozga insonlarga taaluqli hissiy kechinmalarni oziniki sifatida his etish, anglash, ozini o`sha obraz, voqeilikda tasavvur qilishlari, bir soz bilan aytganda oquvchi yoshlarni musiqiy dunyoga chuqurroq olib kirish uchun, musiqiy tarbiya ularda musiqiy eshitish, musiqiy tafakkurni, musiqiy did, dunyoqarashni shakllantirishi zarur. Osib kelayotgan oquvchilarni ilk bolalik davridanoq musiqa madaniyati asoslarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratib bermog`imiz kerak.4 Musiqa tarbiyasida oquvchilar musiqaga shunchaki vaqtini xushchaqchaq otkazish vositasi sifatida emas, balki, oz manaviyati va madaniyati, ichki dunyo va ruhiyatini boyituvchi vosita sifatida qarashlariga erishish muhimdir, toki bu musiqaga bolgan ehtiyojga aylansin. Oquvchilarni extiyojlari, qiziqishlari, his-tuyg`ulari, emotsiyalari, didlarini, musiqiy-estetik tafakkurlarini shakllantirish orqali ularni tom manodagi musiqa madaniyatini rivojlantirishimiz mumkin. Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor manolarda tushunish mumkin. Keng manoda-insonning ruhiy extiyojlarini, hissiyoti, goyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeiliklarni estetik baholash hissini shakllantiradi. Tor manoda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga oshiriladi. Musiqani emotsional his etish, uning mazmun va mohiyatini anglash, har bir shaxsga xos fazilatdir. Musiqa a`loxida shaxsga va kopchilik jamoaga ham tasir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, goyaviy, pedagogik, psihologik, fiziologik va hokazo). Buni musiqa oqituvchisi doimiy ravishda yodida tutmog`i, bir xususiyatni shakllantirish hisobiga boshqasini chetlab otmagan holda dars otmogi lozim. Kundalik hayotimizda biz kopincha har xil fikrlarni eshitamiz:
«Hamma ham musiqa bilan shugullana olmaydi», «hammada ham musiqiy qobiliyat bolmaydi», «musiqa bilan shugullanish vaqtni behuda sarf etadi», «alohida qobiliyati bolmagan bolalarni oqitishdan nima foyda?». «Musiqa bilan shugullanishni istamaganlarni musiqa darslaridan ozod qilish kerak» kabi. Pedagogik nazardan bu fikrlarni maqullab bolmaydi. Faqatgina musiqaga qiziqish va qobiliyati bolganlarnigina darslarga jalb qilish notogri boladi. Tabiatdan berilgan nasliy qobiliyat barchada boladi, faqat u barchada birdek bolmaganligi yoki, har bir inson uni yetarli darajada namoyon qilaolmasliklari mumkin. Shuni aytish joizki, har bir jismoniy sog`lom bolada musiqiy idrok, eshituv kabi qobiliyatlarni yuzaga chiqarish mumkin. Bu jarayonda oquvchining nasliy qobiliyati emas, balki darsda oqituvchi tomonidan qollaniladigan pedagogik yondashuv, metodika muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, bir xil sharoitda, masalan, musiqa darslarida bir sinfda, bir oqituvchida talim tarbiya olgan oquvchilarning ozlashtirish darajasi teng bolmaydi. Shuning uchun, har bir bolaning harakteri, qiziqishlarini shakllanishi ham har xil kechadi. Pedagogika fani shu bois ham har bir oquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni tashkil etishni etirof etadi. Bu individuallik musiqiy tarbiyada ayniqsa alohida etiborni talab qiladi. Pedagogik va psihologik tadqiqotlarga kora oquvchilarda musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish uchun avvalambor, ularda musiqiy eshituv (slux) qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun uning kuy yonalishi, lad-garmonik tuzilishi, eng muhimi qiziqishini uygotish kerak. Hayotda ba`zan musiqani nazariy va amaliy faoliyatlaridan xabardor mutaxasis musiqachilarni uchratamiz, lekin ular musiqa sanatiga nisbatan emotsional loqayd boladilar. Gohida esa, musiqa qonun-qoidalaridan mutlaqo bexabar, ammo, musiqani jonu-dili bilan sevuvchi insonlarni koramiz. Shuning uchun, musiqiy tarbiyaning eng muhim xususiyati oquvchilarda ijobiy munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonning amalga oshirilishida tafakkur, diqqat, xotira, emotsional-kotarinki ruh alohida orin tutadi. Pedagogika va psihologiya fanlarida korsatilishicha badiiy ijodiyotning barcha turlarida bu omillar bevosita aloqador bolib, qolaversa butun talim-tarbiya jarayonini ularsiz tasavvur etib bolmaydi. Musiqa dasrlarida xotirani kuchaytirish va rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri darslarni soddadan murakkabga, quyidan yuqoriga tamoyillariga asoslangan holda uyushtirishdir.
Musiqa darslarini pedagogik va metodik jihatdan togri tashkil
etilishida mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar ham pedagogik-psihologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Sinf xonalarini ozodaligi, yorug`ligi, cholgu sozlarini, ko`rgazmali (bastakor, kompozitorlar suratlari, nota yozuvlari belgilari ifodalangan chizmalar) va texnik vositalar (magnitofon, televizor, proyektor, video yozuvlar, fonogramma), tuvaklarda gullar, chiroyli oq pardalar oquvchilarni musiqa darslariga qiziqishlarini, katta ishtiyoq bilan mashgulotlarga qatnashishlari va oz-ozidan ravshanki, yaxshi bilim, taassurot bilan chiqishlarida muhim psihologik-pedagogik omil bolib xizmat qiladi, oquvchilarni xuddi ozlarini musiqa olamiga kirgandek his etishlarini taminlaydi. Oqituvchi dars jarayonida musiqiy qobiliyati sust, ozlashtirishi past darajada bolgan o`quvchilarni oldingi qatorga, musiqani yaxshi eshitadigan (musiqiy eshituvi yaxshi rivojlangan), ozlashtirishi yaxshi bolgan oquvchilarni orqa qatorlarga joylashtirishi lozim.5 Ayrim hollarda «bo`sh» oquvchilarni «kuchli» o`quvchilar bilan yonma-yon otqazib qo`yish yaxshi samara beradi. Shuningdek, musiqa talimida oquvchilarning yosh xususiyatlariga alohida etibor qaratish talab etiladi. Masalan, boshlang`ich sinf oquvchilarining diqqatlari tarqoq bolishi, tez zerikib, charchab qolishlari tabiiydir. Shuning uchun dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib turish, oquvchilarga dam beruvchi hikoya, mavzuga mos hikoyalar aytib berish, yaxshi musiqalar tinglatish yaxshi natijalar beradi. Ayrim hollarda oquvchilarga mustaqil topshiriqlar berish va baholash ham mumkin. Musiqa pedagogikasida musiqiy talim-tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning psihologik asoslarini organish ota muhimdir. Bizning hayotimizda musiqa keng orin totadi. Har bir musiqiy asar oz mavzu xususiyatiga ega bolib, insonning ichki dunyosi va uni o`rab turgan voqeilikdagi barcha tomonlarni badiiy ifodalaydi va insonda estetik tuyg`u va kayfiyatlar o`ygotadi. Musiqadagi tuyg`ular hayotiy tuyg`ularning aynan ozi bolmay, orzular, malum darajadagi bilim, tushunchalar orqali anglangan boladi. Musiqada ifodalangan mazmun, goya, kechinma, ruhiy holat, voqelik, obrazlar qiyofasini hamma birdek tushunaolmasliklari ham tabiiy holdir. Mana shu jarayonda musiqa asarlarini tahlil qilib borishda oqituvchining ona tili, adabiyot, tarix, musiqa tarixi va boshqa fanlardan tayyorgarligi, keng qamrovli bilimlarga ega bolishligi muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa mos bolgan ruhiy tizim xususiyatlari va voqeilikni idrok etish imkoniyatlari beqiyos ekanligi yaqqol korinadi. Milliy ruhiy xususiyatlarni musiqada aks etishi jarayonida xalq musiqa ijodi katta orin tutadi. Xalq musiqa ijodi katta ummon bolib, unda xalq hayotining turli qirralari, oziga xos betakror holatlari, korinishlari, urfodatlari oz aksini topadi. Bunday asarlarni organish, ular haqidagi ma`lumotlar oquvchilarni ozi mansub bolgan xalqning tarixi, adabiyoti, tili, milliy qadriyatlarini yaxshiroq bilib olishlariga olib keladi. Chunki, musiqani hamma, har joyda tinglashi mumkin. Lekin, darsda tinglangan musiqa shunchaki tinglash bolib qolmasligi lozim. Bu malum bir talimiytarbiyaviy maqsadlarga yonaltirilgan bolishi va ana shu mazmun-maqsadni o`quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli idrok etilishi, ozlashtirishlarida oqituvchining tahliliy suhbatlari asosiy orin totadi.
Bizga malumki musiqa asarlarini bilishda nisbatan qoshiqlar
anchagina qulaylik imkoniyatiga ega boladi. Bunga birinchi navbatda
qoshiqning sheriy matnining mazmuni asarni bilishda muxim orin totadi. Har bir qoshiq oz mavzusi, goyasiga ega bolib, qoshiq matnini organishda oquvchi-yoshlar ana shu goya, fikr, mazmunini tushunib, anglab idrok etishlari asarning tushunib idrok etishining debochasi xisoblanadi. Asakr goyasi va unda ilgari surilgan fikrlar, estetik tasirchanlik vosita tinglovchi xissiyotiga, ruhiyatiga badiiy-chizikcha emosional va tarbiyaviy tasir etadi. Asar goyaviy-badiiy mazmunini ochishda oqituvchipedagokning har tomonlama amaliy va nazariy malumotlarga sinchkovlik bilan etibor berib, uni oquvchilarga yetkazishga harakat qilishi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Biz oz tadqiqotimiz maksadini amalga oshirish yolida musiqa madaniyati darslarida musiqa asarlarini tahlil qili shorqali oquvchilarnimusiqiy-nazariy savodxonligini, shu orqali musiqa madaniyatini shakllantirish yuzasidan Samarkand shaxridagi bir nechta umumtalim maktablarida musiqa mashgulotlarini, shu jarayonda oqituvchilarning musiqaviy faoliyatlar negizida nazariy malumotlar, xususan, asarlar tahliliga munosabatini va bu xolatning kay darajada tashkil etilishini kuzatdik. Shu narsa malum boldiki, biz kuzatgan deyarli barcha maktablardagi musiqa darslarida tinglangan, kuylash uchun tanlangan asarlarni organish jarayonida ularni badiiy va nazariy tahliliga yetarli darajada etibor berilmaydi, qilingan tahliliy suxbatlar ham kerakli malumotlarni toliq qamrab olmasligi bilan ajralib turadi. Musiqa tinglash (kuyni tinglash) qoshiq kuylash juda ham oddiy uslubda ananaviy tarzda orgatiladi.6 Bunda xatto, eng zarur vokal-xor malakalariga ham etibor juda past darajadaligi achinarlidir. Masalan, qoshiq sozi yozdiriladi, kopletma-koplet orgatiladi, oquvchilar oqituvchiga jo'r bolib kuylashadi. Mana shunday uslubda dars boshidan oxirigacha davom etadi. Asar mualliflari, asarni janri, harakteri, olchovi, lad- tonalligi, fakturasi, soz, ansambllik, nafas, dirijerlik elementlari kabilarga ham yetarli etibor berilmaydi. Bu esa bevosita bizning tadqiqotimiz mavzusi bolgan asarlarni tahlil qilish ustidagi ishlarga ham oqituvchining malakaviy tayyorgarligi yoki musiqa oqitish metodikasini yaxshi bilmasligi sababbolishi mumkin degan xulosaga kelishga olib keladi. Musiqa oqituvchilari bilan olib borilgan suxbatlarimizda u haqikatdan shunday bolib chiqdi. Yani, bir maktabda ishlayotgan oqituvchi, sanat kollejini tugatgan u yaxshi cholg`uchi, lekin, xor bilan ishlash, dirijyorlik, musiqa oqitish metodikasidan yetarli tayyorgarlikka ega emas.
Yana shunday bir xolat biz kuzatgan maktablardan birida oquvchilarga orgatish uchun tanlangan qoshiq xozirgi ozbek qoshiqchilik sanatidagi mashhur xonandaga tegishli bolib, u sinf oquvchilarining ovoz diapazoni va yosh xususiyatlariga togri kelmasligi malum boldi. Yana bir maktabda yuqori sinflar (5-6, 7 sinflar) musiqa darslarini kuzatganimizda shu narsa ko'zga tashlandiki, oqituvchining ozi musiqa asbobida yaxshi chalolmaydi, yani, jornavozlik qilaolmaydi. Qoshiq orgatishda oquvchilarni vokal-xor imkoniyatlari xisobga olinmagan. Darsda faoliyat turlaridan orinli foydalanish, dastur talablari yuzasidan mashgulotlarni togri tashkil etilishini ham qoniqarli deb bolmaydi. Maktabda oqituvchining orni va mavqei asosan maktabda otadigan musiqiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni qanday yol, usul va imkoniyatlardan foydalanib bolsa-da otkazib berish bilan baxolanadi.
Mana shunday xolatda biz ozimizning pedagogik amaliyotimiz davrida amaliyot otayotgan maktabda, ozimizga birkitilgan sinflarda darslarni musiqa oqitish metodikasi va dastur talablari mazmuni va mohiyatidan va tadqiqotimiz maqsadini amalga oshirish vazifalaridan kelib chiqib tashkil qilishga kirishdik. Bunda birinchi navbatda oz ishlarimizni aniq maksadga qaratilgan taxminiy rejasini tuzib oldik va asosan quyidagilarga dikkatimizni qaratdik:
1. Oquvchilarning musiqa talimi va tarbiyasi boyicha bilim, ko'nikma
va malakalarini, musiqa asarlarini idrok etish, baxo berish, tavsiflash, tahlil qilish imkoniyatlarini organish;
2.Oquvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqish va kuylash imkoniyatlariga
mos repertuar tanlashga etibor qaratish;
3. Oquvchilarni kuy, uning harakteri, tozilishi, mazmuni, oxang tozilmasi,
qoshiq janri, ijrochilik uslubi, goyaviy-badiiy mazmuni, ifodaviy vositalarini
tushunish kunikma va malakalarini xisobga olish;
4. Musiqa savodidan kay darajada xabardorligi (asosiy nota belgilari,
chozimlari, yozilishi, alterasiya, kaytarish belgilari, olchov, lad-tonalligi);
5. Nota oqish malakalari (varaqdan oqish, solfedjiolash);
XULOSA Xulosa qilib aytganda, Umum talim maktablaridagi «Musiqa madaniyati» darslarida Davlat Talim Standarti va oquv dasturida belgilangan talablar asosida oquvchi-yoshlarni sanat olamiga olib kirish, musiqiy madaniyatini shakllantirish asosiy vazifa xisoblansada, oquvchilarni musiqiy faoliyati bunday nafis va nozik sanat sirlaridan fakat nomigagina, yuzaki xabardor bolib qolmasligi kerak. Har tomonlama barkamol, dunyoqarashi, mushohada qilish kobiliyatiga ega bolgan, badiiy sayoz va yetuk asarlarni farqalay oladigan qobiliyatli yoshlarni shakllantirish oson ish emas.
Bu orinda birinchi navbatda shu soxaga yonaltirilgan talim dargohlarida bolajak mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish lozim. Bunda birinchi galda bolajak musiqa oqituvchilarni va murabbiylarning vokal-xor, amaliy ijrochilik malakalariga ustuvor ahamiyat berish orinli boladi. Lekin bu xususiyatlar qachonki mukammal va tolaqonli boladi bo'lgusi mutaxassis musiqa bastalangan qoshiq ashulalar sheriy matni mazmuni haqida, uning musiqa harakteri bilan unumlilig, tasvirlangan badiiy obrazlar mohiyatiga qanchalik monand ekanligini tushunib yetadigan darajada bolsalar.
Buning uchun musiqa mashgulotlarida har bir organilayotgan va tinglash
uchun tavsiya etilgan asarlar yuzasidan otkaziladigan oqituvchining tahliliy
suxbati jonli xikoyasi, savol-javob, munozara va baxslar uyushtirish, tegishli
malumotlarni qizikarli qilib oquvchilarga yetkazib berishi, fanlararo bogliqlikdan foydalanib, sanatshunoslik, musiqa tarixi va adabiy manbalardan foydalanishi yaxshi samara beradi.
Dars davomida qo`llaniladigan har qanday uslub, pedagogik jarayon
bevosita tarixiy ananalar va kop yillik tajribalar asosida yuzaga kelgandir. Ozbek musiqasining asosini tashkil etuvchi xalq qoshiqlari, lapar, yalla, alla, mavsumiy marosim qoshiqlari, mumtoz ashulalar, maqom asarlari kishilik jamiyati taraqqiyotiga mutanosib ravishda rivojlanib, insonlarning ruhiy xolati, inson va tabiat birligi, shuningdek, ijtimoiy voqea-xodisalarning mohiyatini ozida ifodalab kelgan. Xozirgi kunda mustaqil respublikamizda kechayotgan muxim ozgarishlar, siyosiy, madaniy, marifiy, jamiyat turmush bilan bogliq jarayonlarni matx etuvchi musiqiy asarlar ham oziga kishilarni malum bir goyaga, mafkuraga davat etishi, xalqimiz orzu-intilishlari, xoxish-irodalarini ifoda etishi bilan ahamiyatlidir.
Oquvchi-yoshlarga bunday qoshiqlarni orgatish ikkita asosiy maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladiki, buni musiqa oqituvchilari doimo etiborda tutishlari lozim. Birinchisi musiqa darsida oquvchilarni musiqiy va musiqiy-nazariy madaniyatini amaliy ijrochilik kobiliyatlarini, ko'nikma va malakalarini shakllantirish bolsa, ikkinchisi musiqa asarlarida ifodalangan goyaviy-madaniy mazmunni, obrazlar, tasvirlar, voqea-xodisalar mazmuni va mohiyati his qilishlari, ongli idrok etishlari unga oz munosabatlarini bildirish malakasiga ega bolishlari lozim. Mana shu ikki jixat uygun rivojlangan taqdirdagina musiqiy talim muammolari tolaqonli oz yechimini topgan boladi. Bulardan kelib chiqib quyidagi tavsiyalarimizni ilgari surishimizni lozim topdik: - umumtalim maktablarining musiqa madaniyati darslarida jamoaviy ijrochilik faoliyatining orni va ahamiyatidan kelib chiqib, repertuar tanlashga jiddiy etibor berish; - repertuarga ona-vatanni madx etuvchi, oliyjanob insoniy fazilatlarni uluglovchi, mehr-muhabbat, inson, dostlik, ona-tabiatni kuylovchi, turli tarixiy ijtimoiy voqyealarni oz mazmunida mujassamlashtirgan asarlarni kiritish;
- organilgan-tinglangan asarlar haqida har bir darsda nazariy va badiiy tahlil
uchun vaqt ajratish;
- asarlarni tahlil qilishda nazariy qoidalar, ijrochilik uslublari, ananalari,
qo'shimcha malumotlarni amaliy xolatlar orqali ifodalash, korsatish, tushuntirish lozim.