1.2. I.S.Baxning klavir musiqasi haqida ma'lumotlar XVIII asrning birinchi yarmida klavir saoatining yuksalishi atoqli san'atkorlar Fransua Kuperen, Domeniko Skarlatti, Georg Fridrix Gendel, logann Sebastyan Bax va boshqalarning nomlari bilan bogliq. Iogann Sebastyan Bax klavir ijodiyoti sohasida bu-yuk islohotchi sifatida gavdalanadi.
Osha davrda Germaniyada klavir musiqasining oz milliy maktabi shakllanayotgan edi. Koplab nemis kompozitorlari bu cholgu uchun repertuar yaratish ustida ish olib borishardi. Ular orasida Froberger, Kerl, Muffat, Paxelbel va Bukstexudelar bor edi. Avliyo Foma maktabi kantori vazifasida bevosita Baxdan oldin logann Kunau ishlagan bolib, keng ommalashib ketgan klavir asarlari uning qalamiga mansub bolgan. Uning klavir uchun das-turli asarlari Tavrot lavhalaridan foydalanilgan «Tavrot sonatalari» bizga ma'lum. Kunauning xizmati shundan iborat ediki, u bi-rinchilar qatorida skripka adabiyotidan olingan turkumli sonata shaklini klavir uchun qoiladi. Baxning klavir musiqasini otmishdoshlarining asarlari bilan taqqoslab boimaydi. U mazkur cholguni haqiqiy ijodiy labo-ratoriyaga aylantirib, unda erkin tajriba otkazish, eng dadil reja va goyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega edi. U cholguning badiiy vositalarini kengaytirdi, uni yangi mohirona texnika bilan boyitdi, musiqiy timsollar doirasini kengaytirdi. Klavirda yuksak lirikali va ta'sirchan asarlar ijro etish imkoniyatini yarata oldi. Bax ilgari klavir musiqasiga xos boimagan qator janrlarni amaliyotga kiritdi. U klavir suitasini yangicha talqin qilib, awallari, asosan, organ musiqasida mavjud boigan improvizatsiyali va imitatsiyali shakllardan keng foydalanadi.
Bax skripka saoatining yutuqlaridan foydalanib, klavir kon-serti janrining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yarata oldi. Yangilik yaratuvchi kompozitorning mashaqqatli mehnati tufayli fortepiano musiqasi ajoyib tarzda rivoj topdi, zero, Bax uning asoschisi hisoblanadi.
Klavir uchun Bax butun hayoti davomida asarlar yozdi, lekin faqat Kyoten shahrida bu sohada mukammallikka erishdi. Kyo-tenda fransuz va ingliz sonatalari, ikki va uch ovozli invensiyalar, suitalar, «Yaxshi temperatsiyalangan klavir»ning birinchi jildi, «Xromatik fantaziya va fuga» yaratildi. Butun ijodi davomida Bax doimo mazmunini chuqurlashtirib, shaklini takomillashtirgan holda suita janri ustida tinmay ishladi. Har birida oltitadan uchta klavir suitaiari toplami, ya'ni oltita fransuzcha, oltita inglizcha, oltita partitalar Baxning qalamiga mahsubdir. Fransuzcha suita-larning bunday nomlanishi ularning fransuz klavesinchilari suita-lari turi va uslubiga yaqinligi sabab boigan degan taxminlar mav-jud. Inglizcha suitalar qaysidir inglizning buyurtmasi boyicha yozilgan degan ehtimol bor.
«Suita» sozi fransuzchadan tarjima qilinganda qator, izchillik ma'nosini anglatadi. Bax zamonlarida suita oz ichida qator mus-taqil raqslar allemanda, sarabanda, kuranta va jigani mujas-samlashtirgan. Sarabanda va jiga ortasiga qoshimcha raqs pyesalari: menuet, gavot, burre va boshqalar kiritilgan. Har bir qismning mustaqiUigiga qaramay, suita yagona musiqa asari sifatida qabul qilinadi, uning barcha pyesalari bir tonallik bilan birlashtirilgan. Raqslarning joylashish tartibi qiziqarli: osoyishta va ogir sur'atdagi raqslar tez ijro etiladiganlari bilan almashinib turadi.Fransuzcha suitalar fakturaning oddiyligi va kamtarona klavir uslubi bilan ajralib turadi. Oltita fransuz suitasining hammasi ornatilgan tartib boyicha oldinma-ketin keladi: allemanda, ku-ranta, sarabanda, jiga. Odatdagi airanaviy chizmani inkor et-masdan, Bax oz pyesalarini polifoniya bilan toldiradi, musiqa xarakteri va bayoni boyicha allemendani preludiyaga, jigani fu-gaga yaqinlashtiradi. Sarabanda lirik kcchinmalarning mujassam-ligiga aylanadi. Hissiyot tuygJari tizimi boyicha ozidan oldingi pyesalarga, ayniqsa, sarabandaga nisbatan qarama-qarshi bolgan intermetsoning kiritilishi eng ogir qismdan jadal qismga otishni ta'minlaydi.Fransuzcha suitalarda Baxning barcha suita turkumlari uchun umumiy bolgan yangi yonalish paydo boladi, ya'ni qarama-qarshilik harakati, metr, ritmdagi farqlar bilangina chegaralanil-maydi. Turli his-tuygu mazmunidagi pyesalarni taqqoslash ichki qarama-qarshilikka, obrazlar qarama-qarshiligiga olib keladi.Inglizcha suitalar va partitalarda suita kompozitsiya goyasining bundan keyingi kengayish va chuqurlashuv jarayoni sodir boladi. Bayon etishning usuli, uslublari, yollari yanada mohirona konsert korinishiga ega boIib boradi.Istalgan inglizcha suita va partitalarning boshlanishida raqsona bolmagan muqaddima pyesasi: inglizcha suitalarda preludiya, uvertura, fantaziya, tokkata; partitalarda esa simfoniyalar mavjud. Mustaqil qism sifatida alohida ajratilgan preludiya konsert xusu-siyatiga ega bolib, suita kompozitsiyasida cng muhim boIimlardan biriga aylanadi.Inglizcha suitalarda sarabanda «lirik markaz» vazifasini otay boshlaydi. Jigaga butun turkumni yakunlovchi pyesa vazifasi yuk-lanadi. Inglizcha suita va partitalar bilan Bax suitalarining rivoj-lanish yoli tugaydi. «Nosuita», dramatik qarama-qarshilik ta-moyillari kelajak turkum kompozitsiyalarning asosi bolib qoladi.«Yaxshi temperatsiyalangan ldavir»ni Bax badiiy amaliyotda temperatsiyalangan tovushqatorning barcha tonalliklaridan foy-dalana olish uchun yozgan edi. «Yaxshi temperatsiyalangan klavir»ning har ikki jildi bir xildagi shakl belgilari boyicha joylash-tirilgan. Har bir preludiya va fuga alohida mustaqil turkum bolib, ularni bir tonallik birlashtirib turadi. Xromatik tartibda major va minor ladlarining diyez va bemol tonalliklarini qamrab oladi. «Yaxshi temperatsiyalangan klavir» haqli ravishda Bax obraz-larining oziga xor qomusi hisoblanadi. «Yaxshi temperatsiyalan-gan klavir»ning preludiya va fugalarida Bax insonning murakkab ichki dunyosini, uning badiiy-shoirona tasavvurini, insonning boy tuygularini ochib beradi.Preludiya va fugalarni yozar ekan, Bax oz oldiga ma'lum vazifalarni qoygan va ularni sof instruktiv pedagogik maqsadlarda ijod qilgan.
«Yaxshi temperatsiyalangan klavir» toplamida preludiya va fuga ortasida mavzuiy aloqalar mavjud emas. Shunga qaramay, ularni birlashuvi umumiy tonallik bilan chegaralanilmaydi. Har safar turlicha namoyon boiuvchi, ichki goyaviy mazmun bilan birlashtiriladi. Ammo polifonik musiqa va uning shakl mohiyati-dan kelib chiquvchi umumiy shart-sharoit ham mavjud bolib, bu improvizatsiya xarakteridagi preludiya va qat'iy konstruktiv fu-gani bir-biriga qarama-qarshi taqqoslashdir. Chunonchi, birinchi jilddagi do minor preludiyaning qahramonona, dadil harakatdagi musiqasiga fuganing nafisligi qarama-qarshi qoyiladi; birinchi jilddagi re major preludiyasining skripka fakturali yengil sirga-luvchanligiga esa dabdabali, teatrona bezakli fuga qarshi qoyiladi. Preludiya va fuganing birlashuvi musiqiy obrazlarning umumiyligi bilan ham belgilanadi. Bu narsa birinchi jilddagi mi bemol minor, do diyez minor, si minor preludiya va fugalarida kuzatiladi.
«Yaxshi temperatsiyalangan klavir»dagi goyalar va ular musiqiy talqinining turli-tumanligi preludiya va fugalarni janr bel-gilari, ularning his-tuygu mazmuni oxshashligi boyicha ma'lum darajada guruhlashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, do minor (1-j.), do major (2-j.), do diyez major, sol major (1-j.) fugalarida raqsona korinishdagi mavzu joriy qilingan. Shu fuga-larga skersoli xarakter xosdir. Mi bemol minor, si bemol-minor (1-j.) va do minor (2-j.) fugalariga qoshiq lirikasi tayanch bo'lgan. Birinchi jildning sol minor preludiya va fugasi Baxning klavir uchun yozgan eng yorqin asarlaridan biri. Tiniq, yorqin boyoqli preludiya fuganing qayguli xarakteriga qarshi qoyiladi.
Opera-oratoriya yonalishdagi tantanavor, qahramonona ob-razlar re major fugasi (1-j.), re major preludiyasida oziga xos korinishga ega. Chuqurlashtirilgan lirik xarakterdagi preludiya va fugalar-ning katta guruhi bu yerda asosiy orin egallaydi, ular alohida jiddiy fikr va faol ichki rivojlanish bilan ajralib turadi.Fuganing xarakteri pastoral obrazga tayanib, oziga xos kuy naqshi, ohangdor trellar, kuy va ritmning nay ohanglariga ox-shash nafis burilishlari bilan ta'kidlanadi. Minor ladi boyoqlarni yumshatadi. Harakatning uzluksizligi xos bolgan improvizatsiya tarzi-dagi preludiyali shakllardan farqli olaroq, sol minor preludiyasi aniq boiinuvchi tarkibga ega. U kadensiyalar bilan chega-ralangan uchta tuzilmadan iborat. Har bir tuzilma mavzuni boshqa tonallikda otkazish bilan boshlanadi: birinchi marta sol minorda, ikkinchi marta si bemol majorda, uchinchi marta do minorda. Yorqin major kulminatsiya sifatida yuksaluvchi si bemol major lavhasi preludiyada markaziy orin egallaydi.Sol minor fugasi Baxning gamgin musiqasi misolidir, unda oylar jiddiyligi kuchli lirik hissiyot iliqligi bilan uygunlashib ketadi. Musiqiy obrazning osib borish jarayonida fuganing barcha bolimlari: ekspozitsiya, rivojlov, reprizadan togridan togri otib boruvchi dramatik yonalish yaratiladi. PrestoFuga mavzuiy materialga juda boy. Barcha qarshi tuzilmalar va intermediyalar mavzuning ohang va ritmik aylanmalariga asos-langan, shaklning yaxlitligi sababi ham ana shunda. Do minor preludiya va fugasi (1-j.). Do minor preludiya va fugasining kompozitsiya yaxlitligi undagi obrazlarni qarama-qarshi qoyilishi asosida tuziladi: preludiyada ta'sirchan, dramatik, fu-gada esa nafis va raqsona. Preludiyada polifonik shakllarga xos bolgan bayon etish us-lubi bir-biridan ajratilmagan, toxtovsiz harakat va yalpi tovush oqimi bilan chirmashib ketadi.Preludiya mavzusi yopiq tort taktlikni tashkil etadi. Fuganing muhimligini ta'kidlagan holda Bax preludiyaga kanon uslubini kiritadi, u harakatning alohida jadallashishiga yordam beradi. Bu preludiyaning dramatik nuqtasidir. Kutilma-ganda mazmundor rechitativ kiritiladi va u oldindan kelayotgan faol oqimni qisqa vaqtga sekinlatadi.
Preludiyaning yetakchi ton atrofida kuylash joyidagi yaku-niy jumla borttirib korsatilgan, major uchtovushligi mantiqiy chegara boiib, undan song boshqa dunyo fuganing timsoliy dunyosi ochiladi. Garmoniya bilan toldirilgan faktura, kuy ohanglarining ko-tarinki ifodaviyligi, egiluvchan ritm mavzuga mardona va ta'sirchan xarakter baxsh etadi.Preludiya ikki bolimdan iborat bolib, ushbu boiinish che-garasi shartli tarzda 25-taktga togri keladi. Birinchi boiim ik-kinchisiga nisbatan anchagina keng. Birinchi bolimda mavzuning rivojlanish jarayoni garmonik noturgunlikni asta-sekin toplanib borishi bilan bogiiqdir. Organ punktining kiritilishi va garmonik ustqurilmalar natijasida paydo boiuvchi dissonansli birikmalar, ayniqsa, tuzilmaning yakuniga borib kuchayuvchi keskinlik darajasini birdaniga oshirib yuboradi.Uncha katta boimagan, shakl suratlari siniq uch taktli lavhada anchadan beri tutilib turilgan hayajon otilib chiqadi. Preludiya-ning ikkinchi improvizatsiyali boiimi shu yerdan boshlanadi.
Fuga. Preludiyaning yakuniy jumlasidagi yetakchi ton atro-fida kuylash fuganing kuy magiziga aylanadi. Aksentlarning bir tekisda taqsimlanishi, jamlash tarkibiga yaqinlashuvchi ohanglar takrorlanishi bolgan mavzuning metr-ritmli formulasi mavzuning raqs janri manbayidan darak beradi.
Qarshi tuzilma mavzu bilan mutlaqo birlikda kelib, interme-diya singari mavzu ichidagi faol ibtidoni aniqlashga jadallik bilan yordam beradi. Fuganing orta qismida mavzuni mi bemol major tonalligida otkazilishi yorqin kulminatsiya sifatida namoyon boladi. Repriza preludiyaning ta'sirchanligini tasdiqlaydi. Songgi reprizali otkazilishda mavzu eng past registrda beriladi. Bu fu-ganing dramatik kulminatsiyasidir.
Kichik koda fugaga yorqin ranginlik bagishlaydi. Bu yerda to-nika organ punkti jorligida fuga mavzusining boshlangich ay-lanmasi sifatida sadolanadi. XVIII asrda Germaniyada klavir musiqasining milliy maktabi shakllangan edi.Baxning klavir musiqasini otmishdoshlarining asarlari bilan taqqoslab boimaydi.Bax ilgari klavir musiqasiga xos boimagan qator janrlarni ama-liyotga qaratdi.Baxning aksariyat vokal asarlari diniy mavzularda boiib, bu-ning sababi uning Avliyo Foma maktabida. kantor sifatida ish-laganligi va cherkov musiqachisi boiganligidir. Baxning dunyo-viy asarlari ham bor, ular ichida kantata janri ajralib turadi. Chu-nonchi, «Krestiyancha» kantatasi bilan asl qishloq hayotini tas-virlaydi. Boshqa «Qahvali» kantata dolzarb mavzulardagi «dra-matik satira» sifatida qabul qilinadi. Baxning dunyoviy kantata-lari orasida didaktikaga oid asarlar guruhi ajralib turadi. Ushbu yonalishdagi eng yaxshi asar «Febning Pan bilan musobaqasi» kantatasidir.
Bax vokal ijodining yanada keng va badiiy jihatdan ahamiyatli bo'lgan yonalishi diniy mavzulardagi asarlaridir. «Matfey boyicha iztiroblar» va si minor messasi Bax ijodiy yolini yakunlaydi. Bu asarlarda u ozining boy kompozitorlik tajribasini mukammal san'atkor sifatida umumlashtira oldi. Ushbu hajman katta asarlarni ijro etish uchun kuchli ijrochilar tarkibi talab etiladi: «Matfey
boyicha istiroblar»da uch xor, ikki orkestr, ikki organ, xonandalar va cholguchilar ishtirok etishadi. Si minor messasida orkestrning torli va yogoch puflama cholgular guruhiga mis puflama va litavralar qoshiladi. lso paygambarning qatl etilishidan oldingi kunlari, uning azoblanishi va oiimi tasvirlangan Injilning boblari «Matfey boyicha istiroblar»ning she^riy asosi boiib xizmat qildi.
Bu lsoga shogirdi ludaning sotqinlik qilishi tarixi va keyingi lavhalar: Isoning posbonlar tomonidan qoiga olinishi, boshqa shogirdi Pyotrning yuz ogirishi va tavbaqilishi, Golgofa(qatl joyi)ga yurish. 1738-yilda yozilgan si minor messasi Baxning eng ulugvor asarlaridan hisoblanadi. Messa kunduzgi ibodat vaqtida ijro etish uchun katolik cherkovi tomonidan tanlab olingan diniy qoshiqlar turkumi. Bu diniy qoshiqlar lotin tilida kuylangan va muayyan tartibda joylashtirilgan. Har bir diniy qoshiq ibodat-ning birinchi sozi'bilan nomlangan: 1. «Kirie eleison» («Rahm qil tangrim»); 2. «Gloria» («Shon-sharaf»); 3. «Gredo» («Ishona-man»); 4. «Sanctus» («Muqaddas»); 5. «Benediktus» («Mag'firat qilingan»); 6. «Agnus Dei» («Tangri qozichog'i»). Bax katolik marosim musiqasi ornatgan chegaralarni ken-gaytirdi va messa qismlarini har birini qator raqamlarga ajratib, ularning sonini yigirma torttaga yetkazdi (on beshta xor, oltita ariya, uchta duet).
Diniy matn va an'anaviy shaklga qaramasdan, messani sozsiz ravishda cherkov asarlari safiga qoshish mumkin emas. Bax hayot-ligi vaqtida va undan keyingi davrlarda bu asar biror marta ham ibodat vaqtida ijro etilmagan. Buni asarning murakkabligi va juda keng mazmuni, ulkan hajmi va oddiy cherkov xorining ijrochisi bunday texnik qiyinchiliklarni bajarishga ojizlik qilishi bilan tushuntirish mumkin. Si minor messasi konsert yonalishidagi asar bolib, uni yuksak mahoratli musiqiy jamoa ijro etishi lozim. Bu asarda Bax oz oldiga ibodat sozlarini batafsil talqin qilish vazifasini maqsad qilib qoymagan edi. Alohida sozlar, qisqa iboralar kuchli hissiyot va anglash qiyin bolgan tuygularni ifodalaydi. Bax «Kirie elesion» sozlariga besh ovozli fuga yozgan (matn sifatida faqat ikki soz «Kirie elesion» ishlatilgan). Ucn nomer (besh ovozli xor, duet, tort ovozli xor)dan tashkil topgan birinchi qismning hammasi tortta soz: «Kirie eleison» va «Christe eleison»ga asoslangan. Messaning asosfy dramaturgiya tamoyili doimo chuqurlashib boruvchi obrazlar qarama-qarshiligiga qurilgan.
Messaning nafaqat «Kirie cleison», «Gloria», «Gredo», «Sanctus» kabi katta qismlari bir-biriga qarshi qoyilgan, balki qismlar ichida ham va hatto, alo-hida nomerlar («Gloria»)da ham ziddiyatlarni kuzatish mumkin.Messada inson intilishi va kechinmalarini ifodalovchi turli-tuman obrazlar korsatilgan. «Kirie eleison»ning birinchi va ikkinchi xorlari uchun fojiaviy ta'sirchanlik va qayguli oychanlik xosdir, «Agnus Dei» ariyasida yorqin gamginlik eshitiladi, «Glo-ria» va «Sanctus» tantanali xorlarida quvonch va hayotga intilish kabi hislar hukm suradi. «Crucifixus»da oziga xos kuch bilan korsatilgan musiqiy obrazlarning barcha harakati fojiaviy unsurlarning osishiga olib keladi. Bu olim va insonning dahshatli musibati lavhasidir. «Et ressurexit» tinglovchida ulkan dramatik taassurot qoldirib, qoq-qisdan kelgan quvonch va hayajonli «portlashni» ifodalaydi. Ha-yot va olimni ushbu qarama-qarshilikda butun turkum tuzilishi-ning mohiyati mujassamlashtirilgan. Si minor messasi Baxning butun ijodini yakunlovchi eng murakkab va ajoyib asardir. Messa kunduzgi ibodat vaqtida ijro etish uchun katolik cherkovi tomonidan tanlab olingan diniy aytimlar turkumi. Bu diniy aytimlar lotin tilida kuylangan va muayyan tartibda joylashtirilgan. Har bir diniy qoshiq ibodatning birinchi sozi bilan nomlangan.