25
V SINF
Matematika fani o‘quv dasturi Xalq ta’limi
vazirligining 2020-yil 10-apreldagi 102-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
natural son tushunchasidan tayanch darajada foydalanib (bu yerga va
kelgusida “tushunchadan tayanch darajada foydalanish” - deganda, tushunchaning
ta’rifi va sodda xossalariga asoslangan holda turli amallarni bajarish va
tushunchani misollar bilan aniqlashtirish tushuniladi),
ular ustida arifmetik
amallarni bajaradi;
bir xil maxrajli oddiy kasrdan tayanch darajada foydalanib, ular ustida
qo‘shish va
ayirish amallarni bajaradi;
o‘nli kasr tushunchasidan tayanch darajada foydalanib, ular ustida arifmetik
amallarni bajaradi va yaxlitlay oladi;
foizlarni kasr
sifatida tasavvur qila oladi, sonning foizini topishga doir
masalalarni yecha oladi;
arifmetik amallarga doir turli mazmundagi matnli masalalar shartini tahlil
qiladi, matematik mulohazalar yuritish orqali masala shartlarini boshqa ko‘rinishda
qayta
ifodalay oladi, matematik timsol va belgilardan foydalanib matematik tilda
ifodalay oladi, masalaning matematik modelini qura oladi;
sxemalar, rasmlar, real predmetlar yordamida matnli masalaning modelini
quradi, arifmetik va tenglama tuzib yechish usullaridan
foydalanib echa oladi;
masalani yechish bosqichlarini ajratadi, topilgan yechimini talqin qila oladi;
ma’lumotlarni yig‘adi, sodda ma’lumotlar qatorini tuzadi, ma’lumotlarni
qator ko‘rinishida, jadval va diagrammalar ko‘rinishida tasvirlaydi;
sonlar
qatorining o‘rtacha qiymati va modasini topadi, foizlar haqida tasavvurga ega
bo‘ladi va ularga doir sodda masalalarni yecha oladi;
ma’lumotlar qatori,
jadvallar, ustunli diagrammalardan tayanch darajada
foydalanadi, ulardan kerakli ma’lumotlarni topa oladi va o‘qiy oladi;
geometrik shakl, nuqta, kesma, to‘g‘ri chiziq, nur, siniq chiziq, ko‘pburchak,
uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, kub va to‘g‘ri burchakli
parallelepiped kabi tushunchalardan tayanch darajada
foydalana oladi;
o‘quv qurollari yordamida uzunlik, masofa, burchaklarni o‘lchay oladi;
ko‘pburchakning perimetrini, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadratning va ular
kombinatsiyalarining yuzini hamda kub va to‘g‘ri burchakli parallelepipedlar
hajmini topa oladi;
asosiy o‘lchov birliklarini biladi va masala shartidan kelib chiqib, bir o‘lchov
birligidan ikkinchisiga o‘ta oladi;
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida berilgan kichik o‘quv-tadqiqot
mavzusi bo‘yicha loyiha ishini bajara oladi.
Dostları ilə paylaş: