22
(20 soat)
Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi.
Hisoblashlarda
qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasini qo‘llash. Qo‘shish va
ayirishni o‘z ichiga olgan 2 - 3 amalli ifodalar.
Natijani tekshirish usullari.
Natijalarni tekshirishda to‘g‘ri va teskari
bog‘lanish. Qo‘shish va ayirishda sonlar orasidagi bog‘lanish. Ko‘paytirish va
bo‘lishda sonlar orasidagi bog‘lanish.
Tenglamalar.
Million ichida sonlarni qo‘shish va ayirishga doir tenglamalar.
(20 000+x)-9 720=35 640, (70 020-x)-1 600=53 480
ko‘rinishidagi tenglamalarni
yechish va natijalarini tekshirish. Tenglamalarga olib kelinadigan masalalar.
Tengsizliklar.
3 + x <5, 6 – x >4, 5 ∙ x < 35, 36 : x > 4 ko‘rinishdagi
tengsizliklarda x noma’lumning qiymatini topish.
Miqdorlarni qo‘shish va ayirish.
Miqdorlarni qo‘shish va ayirishga doir
masala tuzib yechish. Ismli sonlar ustida amallar bajarish.
O‘rta arifmetikni topish.
Nomanfiy butun sonlarni o‘rta arifmetigini
topishga doir masalalar.
Massa birliklari orasidagi munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish).
Massa birliklari: gramm, kilogramm, tonna. Bir o‘lchov birligidan ikkinchisiga
o‘tish.
Geometrik mazmundagi amaliy masalalar.
Berilgan perimetrdagi to‘g‘ri
to‘rtburchak (kvadrat) chizish, shakllar yasash. Obyekt va model.
Mantiq elementlari.
Mantiq elementlarini kiritish: mulohaza, mulohazaning
rostlik qiymati, rost va yolg‘on mulohazalarga misollar.
Dostları ilə paylaş: