III SINFDA O‘TILGAN MATERIALLARNI TAKRORLASH VA UMUMLASHTIRISH (5 soat) 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar. 10 000 ichida nomanfiy butun sonlarni taqqoslash, qo‘shish va ayirishning
usullari, 10, 100, 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol va masalalar
. 10 000
ichida sonni bir xonali songa ko‘paytirish yoki bo‘lishni o‘z ichiga olgan tarkibli
masalalar.
Tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechish . Tengsizliklarni tanlash usuli
bilan yechish (natijada tengsizlik to‘g‘ri bo‘ladigan barcha qiymatlarni topish).
Ikki amalli (qadamli) masalalar. Ikki amalli (qadamli) masalalar yechish va
yеchimlarni taqqoslash (arifmetik amallarning xossalariga doir masalalar)
I bo‘lim. 1 DAN 1 000 000 GACHA BO‘LGAN SONLAR. RAQAMLASH (20 soat) Birlar, minglar sinfi. Birlar va minglar sinfida I, II, III xonalar. Yangi
sanoq birligi – million. Ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish, ular orasidagi
munosabat.
Million ichida ko‘p xonali sonlarni taqqoslash. Sonni uning xona
qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash. Million ichida ko‘p xonali
sonlarni taqqoslash.
Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Sonlarni yozishda raqamning
o‘rin qiymati (amalda ishlatilishi). Rim raqamlari.
Million ichida qo‘shish va ayirish amallari. Million ichida qo‘shish va
ayirish amallarini bajarishning o‘g‘zaki va yozma usullari.
Sodda fazoviy figuralar. Sodda fazoviy figurani uning yassi ko’rinishi
(yoyilmasi) bilan bog’lash.
Geometrik figuralar ko‘rinishdagi ma’lumotlar. Ma’lumotlarni grafik
ko‘rinishida tasvirlash. Raqamli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni grafik
ko‘rinishida tasvirlash.