6
Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 30-dekabrdagi
335-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
I SINF
I BOB. NARSALARNING TOʻPLAMLARI.
(10 soat)
Narsalarning oʻzaro joylashuvi.
Narsalarning toʻplamlari,
Ustida-ostida,
ichida-
atrofida, orasida, yuqorida-pastda, oldida-orqasida, chapda-oʻngda va hokazo.
Narsalarni taqqoslash.
Uzun-qisqa,
keng-tor,
baland-past, yoʻgʻon-ingichka
(qalin-yupqa), ogʻir-yengil. Narsalarni rangi, shakli boʻyicha taqqoslash.
Narsalarni xossalari boʻyicha toʻplamlarga ajratish.
Narsalar toʻplami: bir xil,
har xil. Narsalardan berilgan xossaga ega boʻlgan (rangi, oʻlchami, shakli,
materiali va vazifasiga koʻra) bitta yoki bir nechtasini ajratish.
II BOB. 1 DAN 10 GACHA BOʻLGAN SONLAR.
(20 soat)
1 dan 10 gacha boʻlgan sonlar.
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonining tartibi va tarkibi.
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonining oʻqilishi va yozilishi.
0 soni. 10 soni.
0 soni va uni belgilash. 10 sonining tarkibi, oʻqilishi va yozilishi.
10 ichida toʻgʻri va teskari tartibda sanash.
Juft va toq sonlar.
Juft va toq sonlarni farqlash. Oralatib sanash.
“+”, “–”, “=” belgilari.
10 ichidagi sonlarning tarkibini “+”, “–”, “=” belgilaridan
foydalanib rasm va modellarda ifodalash.
Toʻplamlarni taqqoslash.
Toʻplamlarni undagi narsalar soni boʻyicha taqqoslash:
„teng“, „koʻp“, „kam“ tushunchalari.
1 dan 10 gacha boʻlgan sonlarni taqqoslash
. Katta (“>”), kichik (“<”), teng (“=”)
munosabatlari va ularga mos belgilar. Sonlarni taqqoslash.
Hafta. Hafta kunlari.
“oldin”, “keyin” tushunchalari. Hafta kunlari.