Uchburchaklar va toʻrtburchaklar. Uchburchak va uning elementlari.
Toʻrtburchak va uning elementlari. Toʻgʻri toʻrtburchak va kvadrat.
Koʻpburchaklar. Koʻpburchak elementlari (uchi, tomoni, burchagi).
Aylana va doira. Aylana va doira haqida tushuncha.
Simmetriya. Simmetrik shakllar. Simmetriya oʻqi. Bir yoki bir nechta simmetriya
oʻqiga ega shakllarga misollar. Shakllarni buklab simmetrik qismlarga ajratish.
Qismlardan butunni, butundan boʻlaklarni hosil qilish. Qismlardan yaxlit shakl
tuzish, butun shaklni qismlarga ajratish. Qismlardan butunni, butundan qismlarni
hosil qilishga doir masalalar.
Turli shakllar yasash. Namuna boʻyicha shakllarni yasash. Katakli qogʻozda
toʻgʻri toʻrtburchak hosil qilish. Kvadrat va toʻgʻri toʻrtburchak qismlaridan yangi
shakllar hosil qilish. Modellar ustida amallar.
Sodda fazoviy shakllar. Kub va shar haqida dastlabki tasavvur.
V BOB. 11 DAN 20 GACHA BOʻLGAN SONLAR (15 soat) 11 dan 20 gacha boʻlgan sonlar va ularning oʻnlik tarkibi. 10 sanoq birligi
sifatida. 20 gacha boʻlgan ikki xonali sonlar. 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20
sonlarining tarkibi. 20 ichida boʻlgan sonlarni oʻqish, yozish va ular ishtirokidagi
misol va masalalar.
Bir nechta tayoqchalardan har xil shakllar yasash. Rasmlarni oʻzaro farqlash . Rasmlarni taqqoslash, farqlarni topish.
Ketma-ketlikni davom ettirish. Sodda
rasmlar ketma-ketligidagi qonuniyatni
aniqlash, uni davom ettirish va ortiqchasini topish.
VI BOB. 20 ICHIDA OʻNLIKDAN OʻTIB QOʻSHISH VA AYIRISH (20 soat)