100 ichida sonlarni xonadan oʻtib qoʻshish usullari. 100 ichida xonadan oʻtib
qoʻshish usullari. Sonni yigʻindiga qoʻshish va yigʻindiga sonni qoʻshish. Sonlarni
ustun shaklida xonadan oʻtib qoʻshish (64+26, 29+37 kabi misollar).
Qoʻshishga doir masalalar. Noma’lum qoʻshiluvchi yoki yigʻindini topishga doir
(tarkibli) masalalar.
II BOB. 100 ICHIDA AYIRISH (20 soat) 100 ichida sonlarni xonadan oʻtib ayirish usullari. 100 ichida xonadan oʻtib
ayirish usullari. Sondan yigʻindini ayirish va yigʻindidan sonni ayirish. Hol bilan
tugaydigan (yaxlit) sondan ikki xonali sonni ayirishning ustun shakli.
Ayirishga doir masalalar. Noma’lum kamayuvchi, ayriluvchi yoki ayirmani
topishga doir (tarkibli) masalalar.
Qoʻshish va ayirishga doir masalalar .
Qoʻshish va ayirishga doir (tarkibli)
masalalar. Noma’lum qoʻshiluvchini topish.
Qoʻshish va ayirish amali natijalarini tekshirish. Qoʻshish natijasi - yigʻindini
ayirish bilan, ayirish natijasi - ayirmani qoʻshish bilan tekshirish.
Sonlar va shakllar ketma-ketligini mantiqiy davom ettirish. Sonlar va shakllar
ketma-ketligini tuzilish qonuniyatini aniqlash, ularni toʻldirish va mantiqan davom
ettirishga doir masalalar.
III BOB. GEOMETRIK SHAKLLAR (15 soat) Yassi geometrik shakllar. Sodda yassi geometrik shakllarni tasavvur etish, tanish
va nomlash: kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, uchburchak, doira.
Sodda geometrik
11
shakllardan murakkab shakllar hosil qilish. Toʻgʻri toʻrtburchak, kvadrat,
uchburchak, doiradan
murakkab shakllar hosil qilish. Naqshlar tuzish.