I sinf I bob. Narsalarning toʻplamlari


Simmetrik shakllar. Simmetriya o‘qlarini topish. Burish simmetriyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/46
tarix30.07.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#137997
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
1,2,4,5,8,9,11-sinf oʻquv dasturlari Matematika

Simmetrik shakllar. Simmetriya o‘qlarini topish. Burish simmetriyasi. 
Simmetrik shakllarning simmetriya o‘qlarini topish. Shakllarni simmetriya o‘qiga 
nisbatan akslantirish. 
Tenglama va tengsizliklarga oid masalalar yechish. 
Bir o‘zgaruvchili 
tenglama tuzish bilan yechiladigan masalalar. Tengsizliklarga oid masalalar. 
Reja tuzish. Ish tartibini muhokama qilish. 
Hayotiy faoliyat uchun zarur 
bo‘lgan rejalar tuzish. 
Shaklni berilgan qismlarga bo‘lish. 
Shaklni berilgan qismlarga bo‘lishga 
doir topshiriqlar. 
Qiziqarli masalalar

MAVZIY REJALASHTIRISH 
№ 
Bo‘limlar nomi 
Jami soatlar taqsimoti 
Jami 
Nazorat ishi, 
xatolar ustida 
ishlash 

3-sinfda o’tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish 



1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlar. raqamlash. 
18 


Tenglamalar. Tengsizliklar. kattaliklar 
18 


Million ichida sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish. Formulalar. 
Shkalalar 
33 


Kasrlar 
28 


Koordinata to‘rini tuzish. Fazoviy figuralar 
20 


Ma’lumotlarni grafik, Diagramma, Jadvallar ko‘rinishda 
ifodalash 
30 

Jami 
150 
20 
Umumiy soat 
170 
 


25 
V SINF 
 
Matematika fani o‘quv dasturi Xalq ta’limi 
vazirligining 2020-yil 10-apreldagi 102-sonli 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
 
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: 
natural son tushunchasidan tayanch darajada foydalanib (bu yerga va 
kelgusida “tushunchadan tayanch darajada foydalanish” - deganda, tushunchaning 
ta’rifi va sodda xossalariga asoslangan holda turli amallarni bajarish va 
tushunchani misollar bilan aniqlashtirish tushuniladi), ular ustida arifmetik 
amallarni bajaradi;
bir xil maxrajli oddiy kasrdan tayanch darajada foydalanib, ular ustida 
qo‘shish va ayirish amallarni bajaradi;
o‘nli kasr tushunchasidan tayanch darajada foydalanib, ular ustida arifmetik 
amallarni bajaradi va yaxlitlay oladi;
foizlarni kasr sifatida tasavvur qila oladi, sonning foizini topishga doir 
masalalarni yecha oladi;
arifmetik amallarga doir turli mazmundagi matnli masalalar shartini tahlil 
qiladi, matematik mulohazalar yuritish orqali masala shartlarini boshqa ko‘rinishda 
qayta ifodalay oladi, matematik timsol va belgilardan foydalanib matematik tilda 
ifodalay oladi, masalaning matematik modelini qura oladi;
sxemalar, rasmlar, real predmetlar yordamida matnli masalaning modelini 
quradi, arifmetik va tenglama tuzib yechish usullaridan foydalanib echa oladi
masalani yechish bosqichlarini ajratadi, topilgan yechimini talqin qila oladi; 
ma’lumotlarni yig‘adi, sodda ma’lumotlar qatorini tuzadi, ma’lumotlarni 
qator ko‘rinishida, jadval va diagrammalar ko‘rinishida tasvirlaydi; sonlar 
qatorining o‘rtacha qiymati va modasini topadi, foizlar haqida tasavvurga ega 
bo‘ladi va ularga doir sodda masalalarni yecha oladi; 
ma’lumotlar qatori, jadvallar, ustunli diagrammalardan tayanch darajada 
foydalanadi, ulardan kerakli ma’lumotlarni topa oladi va o‘qiy oladi; 
geometrik shakl, nuqta, kesma, to‘g‘ri chiziq, nur, siniq chiziq, ko‘pburchak, 
uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, kub va to‘g‘ri burchakli 
parallelepiped kabi tushunchalardan tayanch darajada foydalana oladi
o‘quv qurollari yordamida uzunlik, masofa, burchaklarni o‘lchay oladi; 
ko‘pburchakning perimetrini, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadratning va ular 
kombinatsiyalarining yuzini hamda kub va to‘g‘ri burchakli parallelepipedlar 
hajmini topa oladi; 
asosiy o‘lchov birliklarini biladi va masala shartidan kelib chiqib, bir o‘lchov 
birligidan ikkinchisiga o‘ta oladi; 
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida berilgan kichik o‘quv-tadqiqot 
mavzusi bo‘yicha loyiha ishini bajara oladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin