Umumiy pedagogika fanidan 1-kurs sirtqi ta’lim talabalari uchun 2-mustaqil ish topshirig’i Topshiriq: Jeyms Klirning “Atom odatlar” asarini o’qing va quyida berilgan savollarga javobyozing. I.Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar: Yaxshi odatlarni shakllantirishning to’rtoddiy bosqichi haqida kitobda qanday mulohazalar mavjud? Atom odatlar kitobi (inglizcha Atomic habits) James Clear tomonidan 2018-yilda nashr etilgan. Kitob oʻzida yaxshi va yomon odatlar kuchi, muvaffaqiyat sabablari, odatlar va muvaffiyatning oʻzaro bogʻliqligi haqida empirik va nazariy taʼlimotlarni aks ettiradi. Kitob New York Times bestselleri hisoblanib, dunyo boʻyicha 8 milliondan ortiq nusxadan ortiq sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilinganAtom - zarra, odat - biror holatga javoban o'ylamasdan avtomatik bajariladigan harakat.
Odat yaqqol bo’lishi uchun intizom siri nimada? Bu boʻlimda muallif odat nimaligi, dastlabki tajribasi va eng muhim boʻlgan nega aynan „atom“ odatlar aslida nimaligi ahaqida soʻz yuritadi. Dastlab, oʻz maqsadiga erishishda toʻgʻri oʻzgaruvchilarni tanlash (funksiyadagi noʻmalumlar), omad kabi boshqaruv boʻlmaydigan oʻzgaruvchilarni ishlatmaslik haqida soʻz boradi. Bundan tashqari, natijaga taʼsir qiluvchi har qanday kichik oʻzgarish yakunda natijada hisashi kattaligi koʻriladi. Bunga yorqin misol sifatida Buyuk Britaniya velosiped federatsiyasida 2003—2008-yillarda yangi tayinlangan murabbiy Dave Brailsford tomonidan amalga oshirilgan kichik taʼsir koʻrsatuvchi omillarni ozgina yaxshilash bir omilga bor fokusni berishgan afzalligi keltiriladi. Yaʼni 1908-2008 yillardagi natijalardan koʻra, 2008-2017 yillardagi natijalar ancha yuqori edi. Buni matematik isboti sifatida kuniga 1 foizga yaxshilanish va kuniga 1 foizga yomonlanish masoli koʻrsatiladi[2]. Unga koʻra kuniga 1 foizga yomonlashish tufayli bir yilda inson yil boshiga nisbatan 97 % qobiliyatini yoʻqotadi (0,99^365=0,03). Aksincha, 1 foizga yaxshilanish 37 barobardan ortiqroq oʻishga sabab boʻladi (1.01^365=37,78). Bu qisqa muddatda arzimas boʻlgan jarayonlar uzoq muddatda oʻrni kattaligi taʼkidlaydi[3][4]. Bu boʻlimda muallif odatning oson, aniq va eng muhimi yaqqol boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi. Bunda psixolog Edward Thorndikening hayvonlar bilan oʻtkazgan tadqiqotlari yaqqol misol boʻla oladi[5]. Edward Thorndike oʻz tajribasida mushuklarni maʼlum harakatni amalga oshirsa chiqib ketuvchi qutiga solgan. Qutidan chiqib ketgan mushuklarni baliq kutib turgan. Tekshiruv natijalariga koʻra 10-chi urinishdan soʻng mushuk qutidan 3 barobar tezroq chiqib ketishni uddalagan[